67. Qaysi gapda mazmuniy munosabatni ro’yobga chiqarishiga ko’ra turli guruhga oid bo’lgan teng bog’lovchilar qatnashgan?
A)Agar havoda chang va tutun bo’lmasa edi, odam ming yil yashagan bo’lardi.
B)Daraxtni gullata bilishgina emas, balki undan mo’l va shirin hosil yetkaza bilish ham san‘atdir.
C)Bu xabar unda hech qanday norozilik tug’dirmadi, chunki ertaroq qaytishga juda ham orzumand emas edi.
D)Oqmoya ozg’in va chayir, oyoqlari
uzundan kelgan, qarilig-u og’ir yukdan
hali toliqmagan bebaho tuya edi.
68. Hamma qushlar baland ovozda yayrab-yayrab, to’lib-toshib sayrashmoqda. Mazkur gapda qatnashgan fe‘llar haqidagi to’g’ri ma‘lumotni toping.
A)Gapda fe‘llar hol va kesim vazifasini bajargan.
B)Gapda ham tub, ham yasama fe‘llar qatnashgan.
C)Gapda fe‘lning tuzilishiga ko’ra to’rtta turi qatnashgan.
D)Gapda ham bo’lishli, ham bo’lishsiz fe‘llar qatnashgan.
6 9. Quyida berilgan qaysi gaplarda shakl yasovchi qo’shimcha ta‘sirida tovush o’zgarishi bilan yozilgan so’z yasovchi qo’shimcha qatnashgan?
1. Sayroqi qushlar makoni bo’lgan bu bog’ endi xunuk manzara kasb etgan edi.
2. Unsin xola ko’rpaning chiroyli qavig’iga qarab o’z ishidan mamnun bo’lardi.
3. U mayda tishli taroq bilan sochini avaylab taradi.
4. U do’stiga qaynoq tilaklarini izhor qilmoqchi edi.
5. Nursultonning quvnoqligi atrofdagilarning ham kayfiyatini ko’tardi.
A) 2, 4 B) 1, 3, 5 C) 2, 5 D) 2, 3, 4
70. Qaysi javobda o’zaro zid ma‘noli iboralar berilgan?
A)ko’kka ko’tarmoq, yerga urmoq
B)tilining uchida turmoq, ko’z qorachig’iday asramoq
C)tepa sochi tikka bo’lmoq, qovog’idan qor yog’moq
D)do’ppisini osmonga otmoq, ko’kka ko’tarmoq
71. Millatlarni elatlarni deydi ijodkor
buyuk do’stlik birlashtiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |