Biologiya-ona-tili pdf


Download 214.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi214.3 Kb.
#1549593
1   2   3
Bog'liq
biologiya-ona-tili

ONA TILI VA ADABIYOTI
61. Qaysi gapda imloviy xatolikka yo’l qo’yilgan?
A) Bugun yumushlarim ko’payib ketdi, siz aytkan joyga bora olmadim.
B) O’g’il bolalar ariqlarni tozaladilar, qizlar esa hovlini supurdilar.
C) Sap-sariq qovunlarning xushbo’y hidi anqib turardi.
D) Onam qo’y go’shtini o’z yog’iga qovurib berdilar.


62. Qaysi gap tarkibida qaratqich kelishigi shaklidagi so’zga qo’shilib kelgan ko’makchi 
qatnashgan?
A) Ertalabki choy ustida biroz hangomalashgach hammamiz yo’lga otlandik
B) Kozimbek mashinani yo’lga chiqarib, qishloq tomon yurdi.
C) Dard ila g’amdan qiz bechoraning rangi somon yanglig’ sarg’aygan edi.
D) Axir baliq ham suvga intiladi, ko’kat yorug’lik sari bo’y cho’zadi.
63. Ko'p tilni bilish bitta qulfni ocha oladigan bir nechta kalitga ega bo'lishdir. Ushbu gapdagi 
tarkibida jarangsiz lab undoshi qatnashgan so'zlar qaysi turkumga oid?
A) ravish, ot B) ravish, fe'l, ot
C) fe'l, ot, olmosh D) ot, olmosh
64. Yaxshi kitoblarni o'qish o'tmish zamonlarning dono kishilari bilan hamsuhbat bo'lishdir. 
Ushbu gap haqida berilgan qaysi ma'lumot to'g'ri emas?
A) gapda hokim qism hol vazifasida kelgan aniqlovchili so'z birikmalari qatnashgan
B) gapda hokim qismi kesim vazifasida kelgan to'ldiruvchili so'z birikmasi qatnashgan
C) gapda hokim qismi to'diruvchi vazifasida kelgan aniqlovchili so'z birikmasi qatnashgan
D) gapda hokim qismi ega vazifasida kelgan to'ldiruvchili so'z birikmasi qatnashgan
65. Qaysi gapda hokim qismlari ega va to'ldiruvchi vazifasida kelgan aniqlovchili so'z birikmalari 
qatnashgan?
A) Ora-chora uzoqdan kelgan bola yig'isi bu tinchlikni buzar edi.
B) Shiroq shohning ishonchsizlik ko'zi bilan qarayotganini fahmlab, o'z so'zining to'griligini
isbotlashga kirishdi.
C) Kimdir shunday kichkina teshikdan ho'kiz sig'ishiga aql ishonmasligi to'g'risida kishilarga gap 
ma'qullaydi.
D) So'z - inson qudratining qo'mondoni, u - hayotning buyuk quroli.
66. Tarkibida sifat, ot, va fe'l turkumiga oid yasama so'zlar ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Ertalabki choy ustida picha hangomalashgach hammamiz yo'lga otlandik.
B) Shoirning qalbi samimiy beg'ubor tuyg'ulardan oziqlansa, unig ijodi daraxt kabi gurkirab bo'y 
cho'zadi.
C) Tal'at shimining cho'ntagidan taroq olib, sochini tekislarkan tag'in jilmaydi.
D) Endi uni harbiy mashq va ta'limning mashaqqatli sinovlari, yangi kasb, yangi do'stlar 
kutmoqda edi.
67. Faqat hokim qismigina yasama so'z bilan ifodalangan boshqaruvli so'z birikmasi qatnashgan 
gapni aniqlang.


A) Kitob bilan do'stlashgan insondan yomonlik chiqmaydi.
B) Mevali daraxtga tosh otadilar.
C) Darhaqiqat, shoirning yuragi sof tuyg'ulardan oziqlanadi.
D) Sezgir kitobxon kichik soxtalikni ham darrov fahmlaydi.
68. Shunchaki sevilmoq - baxtiqarolik. 
To'la tole uchun bu kemtik, bu kam.
Mening qalbim shunday sevgiga molik:
Bir charsillab yonay, so'ngra so'nsam ham.
Ushbu she'riy parchada qatnashgan yasama fe'l qaysi gap bo'lagi vazidasida kelgan?
A) Hol B) Kesim C) Aniqlovchi D)Ega
69. Quyidagi berilgan so'zlardan qaysilari to'g'ri yozilgan?
1) chehra; 2) saxna; 3) xovuz; 4) tuhfa; 5) muxtoj; 6) suhbat
A) 1,4,6 B) 2,3,5 C) 1,2,5 D) 1,3,6 
70. Bilimdonlikning sir-u asrori g'ayrat hamda matonat bilan o'qish va
o'rganishdadir.Ushbu gapdagi yordamchi so'zlar haqidagi qaysi ma'lumot to'g'ri?
A) Gapda ko'makchi va bog'lovchilar ishtirok etgan.
B) Gapda 2 ta ko'makchi ishtirok etgan
C) Gapda faqat bog'lovchilar ishtirok etgan
D) gapda 2 ta vazifadosh bog'lovchi ishtirok etgan
71. Qaysi gapda holatga taqlidni bildirgan so'z qatnashgan?
A) Olisda yilt-yilt nur sochayotgan chiroqlar tunga o'zgacha shukuh berardi.
B) Tongda ari gulga so'zlar g'uv-g'uv, Guljonim asaling ber, sog'indim-ku!
C) Allakim ship-ship qadam bosib, ayvon labiga kelayotgandek bo'lardi.
D) Jimjirlab oqayotgan suvga tikilib xayollarga berildi.
72. Qaysi gaplar juftligidagi ajratib ko’rsatilgan so’zlar o’zaro shakldosh so’zlar sanalmaydi?
A) Maktabda “O’tkir zehnlilar” musobaqasi bo’lib o’tdi Uning o’tkir boltasi bo’lsa-yu, shu 
qarigan daraxtni chopib tashlasa.
B) Hech bo’lmagandan ko’ra kech bo’lgani yaxshi. Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning.
C) Raqib darvozasiga ketma-ket to’p kiritildi. Ayol stoldagi bir to’p xatni olib, ko’z yugurtirdi.


D) Bir yil ichida yigitning bo’yi anchao’sdi.Bag’dagi gullarning muattar bo’yi kishiga huzur 
bag’ishlaydi.
73. Qaysi gapda uchta yasama so’z qatnashgan?
A) Qiz cholga yaqinlashib salom berdi. U loqaydgina alik oldi.
B) Usta temirni cho’g’ga solib bolg’alaydi, cho’zadi, yassilaydi.
C) Dunyoda pok odamlar ko’payaversa, nopok odamlar shunchalik kamayadi.
D) Izg’irindan ko’zlar yoshlandi, oyoqostidagi qor g’irchillaydi.
74. “Ravshan” dostoni haqida berilgan ma’lumotni aniqlang.
A) Dostonda Buvraxon degan podshoh va uning ikki vaziri qatnashadi. Vazirlarining biri Shoir 
vazir, ikkinchisi Tohir vazir edi.
B) Ushbu dostonda Qosim ismli yosh, insofli, diyonatli yigit ishtirok etadi. U bosh qahramonning
omon qolishi uchun astoydil harakat qiladi.
C) Ushbu dostonda tasvirlanishicha, ota va o‘g‘il bir kuni saxiylik va baxillik haqida 
suhbatlashadi.
D) Ushbu doston qahramoni o‘lib ketgan olti o‘g‘li o‘tida kuyib yurgan kampirga o‘g‘il tutinadi.
75. Qaysi ma’lumot Odil Yoqubov haqida emas?
A) Ijodkor Mo‘g‘ilistonning cheksiz Gobi cho‘lini piyoda bosib o‘tib, Yaponiyaga qarshi olib
borilgan urushda ishtirok etgan.
B) Ijodkor ma’lum muddat Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasining vitse-
prezidenti vazifasini ham ado etgan.
C) Ijodkorniing dastlabki yirik asari “Tengdoshlar” qissasidir.
D) Ijodkorning birinchi marta respublika matbuotida “Xatingni kutaman” nomli asari bosilib 
chiqqan.
76.Fitratning forsiy tilda yozilgan she’riy to‘plami qaysi javobda berilgan?
A) "Arslon" B) "Chin sevish" C) "Sayha" D) "Rahbari najot"
Bulbul o‘qug‘och yig‘lab, subhidam xazon faslin,
77.G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar.Baytda g‘unchaning gul bo‘lib ochilishi 
jarayoni o‘ziga xos tarzda tasvirlangan. Ko‘klamning shundoq farahli ertasi(tongi)da bulbul 
xazon faslini eslab nola qilgach, u qo‘ngan gulning g‘unchasi ham qon yutib, yoqasini yuz 
joyidan yirtib yuboradi. Yoqasi yirtilgan g‘uncha yozilib ketadi, ya’ni ochiladi. Ushbu parchada 
qaysi ijodkor g‘azalidan olingan bayt va uning tahlili berilgan?
A) Ogahiy B) Mashrab C) Muqimiy D) Furqat
78."Oygul bilan Baxtiyor" ertak-dostonidagi xon zulmiga qarshi bosh ko‘targan xalq 
qo‘zg‘oloniga boshchilik qilgan, kuchlar teng emasligi uchun mag‘lub bo‘lib, qizining ko‘z 
o‘ngida xon tomonidan qatl etilgan qahramon nomini aniqlang.


A) Qoraxon B) Darxon C) Baxtiyor D) Tarlon
79.Qaysi javobda Saida Zunnunovaning birinchi kitobi nomi berilgan?
A) "She’rlar" B) "Gullar vodiysi" C) "Sodiq va Anor" D) "Qizingiz yozdi"
80.Ijodkor she’rida she’riyatdagi jonlantirish san’atidan mahorat bilan foydalanib, dunyodan 
o‘tib ketgan yaqin odamining sog‘inchi, xotirasini qalamga oladi. She’rda: “Mana, qimmatligim,
yana bahor kelib, Seni izlab yurdi, kezdi sarsari. Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni, Ul ham 
yosh to‘kdi-yu, chekildi nari” kabi ta’sirchan misralar o‘rin olgan. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor 
haqida?
A) Zulfiya B) Saida Zunnunova
C) Muhammad Yusuf D) To‘ra Sulaymon
81.Qaysi javobda Cho‘lpon tarjima qilgan asarlar nomi berilgan? (eski)
A) Pushkinning "Bog‘chasaroy fontani" va V.I.Kirshonning "Ulug‘ kun" asarlari
B) M.Sholoxovning "Tinch oqar Don", S.Borodinning "Yeldirim Boyazid" romanlari
C) Gogolning "Tergovchi", I.Frankoning "Feruza" asarlari
D) Lermontovning "Maskarad" asari, arman xalq eposi "Sosunli Dovud" dostoni
82.. "O‘tkan kunlar" romanida: ". . . Yaxshi deb yo‘lida jon berganing Azizbek bu kun senlarga
yaxshilig‘ingni o‘ttuz ikki tanga soliq bilan qaytarmoqchi bo‘ldi. Hozir senlarga ikki yo‘l: o‘g‘ul, 
qizingni sotib bo‘lsa ham o‘ttuz ikki tangani Azizbek xazinasiga to‘lash yoki es borida etakni 
yopib Azizbekni oradan ko‘tarish. . . Uying kuydi, musulmonlar!"− deya xalqqa xitob
qilgan,"Soliqni bermangiz demayman, chunki sizning itoatingiz menga bundog‘ to‘nlar 
berar!"−deya istehzoli so‘zlagan qahramon kim?
A) Ziyo shohichi B) Otabek C) Mirzakarim qutidor D) Yusufbek hoji
83.Gahi topdim falakdin notavonlig‘,
Gahi ko‘rdim zamondin komronlig‘,
Base issig‘, sovug‘ ko‘rdum zamonda,
Base achchig‘, chuchuk totdim jahonda.
Ushbu misralar muallifini aniqlang.
A) Ogahiy B) Bobur C) Navoiy D) Furqat
84.Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” majmuasi haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu majmua “Chor devon” nomi bilan ham mashhur.
B) Ushbu majmuaning uchinchi devoniga jami 100 ta g‘azal kiritilgan.
C) Ushbu majmua shoirning Husayn Boyqaro iltimosi bilan tuzilgan ilk she’riy devonidir.
D) Ushbu majmuaning birinchi devoni “Navodir ushshabob” deb nomlanadi.


85. 
“Padarkush” asarida boyning qotili kim?
A) Tangriqul B) Toshmurod C) Xayrulla D) Davronbek
86. 
Berilgan qaysi gapda noto’g’ri yozilgan so’z qo’llangan?
A) Sirdaryo qirg’og’ida Mingbuloq degan so’lim bir qishloq bor
B) Ayovsiz jangda dushman ko’p talofat ko’rdi
C) Ob-havo noqulayligi shunday yol tutishni taqozo qilardi
D) Terim sur’ati keskin pasayadi
87. 
Berilgan gaplardan nechtasi aralash murakkab qo'shma gaplar hisoblanmaydi?
1) Agar traktor berilsa, yerlar traktor bilan haydalsa,menhat unumli bo'ladi va hosil mo‘l bo‘ladi.
2) Bilim shundayki, u yalang'och bo'lganingda ham o‘zing bilan qoladi, uni suv bilan ham yo'qota
olmaysan.3) Reja bajarilsa, dasturxon mo‘l bo'lsa, yor-u do‘st,birodarlar qalin bo‘lsa, tantanalar 
qishgacha davometaveradi. 4) Shuni ta’kidlashlash lozimki, miyada jismoniy harakat yuzaga 
keladi, mushakchalar bilan boyitib boradi. 5) 0‘ziga aytgisi keladi- yu, singlisi iymanadi, xafa
qilib qo‘ysa-chi.
A) 3 tasi B) 2 tasi C) 4 tasi D) 1 tasi
88. 
“Alpomish” dostonida “kulaband” so‘zining ma’nosini toping.
A) Chandib bog‘lash B) yuk tashiydigan tuya C) chorvadorlar D) erkak tuya
89. 
“Baxt tongotari”, “Muborakbod”, “Bola dostoni”,
“Qanotlan, qo‘shiqlarim”, “Tanlangan asarlar”,
“Oromijon”, “Gulyor ” , “Oftob nayzada” she’r va
dostonlar to‘plamlarining muallifi kim? 
A) T.Murod B) E.Vohidov
C) T.To‘ra D) T.Sulaymon
90 
Sintaktik sinonimlar berilgan qator toping.
A) esi chiqib ketdi – qo’rqdi, yog’ tushsa yalagudek top toza, lom-mim demadi – gapirmadi
B) xat yozdim, xat yozildi
C) kuz shamoli, kuzgi shamol; ishni boshlash, ishga kirishish; kitobni o’qish, kitobdan o`qish
D) kelyapti, kelayotir, ishlamoqda

Download 214.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling