Biologiya-ona-tili pdf
Download 214,3 Kb. Pdf ko'rish
|
biologiya-ona-tili
MAJBURIY FANLAR BIOLOGIYA 31.Hujayra organoidlari va ularning ta’rifi to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. a) ribosoma; b) mitoxondriya; c) lizosoma. 1) proteaza, nukleaza va karbogidrazalar saqlaydi; 2) proteaza; nukleaza va karbogidrazalarni sintezlaydi; 3) prokariot va eukariot hujayralar tarkibida uchraydi; 4) faqat eukariot hujayralar tarkibida uchraydi; 5) lipoprotein, xolesterol sintezida qatnashadi; 6) hayot faoliyati jarayonlarini energiya bilan ta’minlaydi. A) a - 2, 6; b - 1, 5; c - 3 B) a - 1, 3; b - 2, 6; c - 4 C) a - 1, 6; b - 2, 4; c - 3 D) a - 2, 3; b - 4, 6; c – 1 32.Karakatitsa (a), krevetka (b), ko‘k kit (c) uchun mos ta’riflar berilgan javobni aniqlang. A)a - bosh oyoqli molluskalar tipiga mansub; b - mozaik ko‘rish qobiliyatiga ega; c - eng yirik sutemizuvchi B)a - tana bo‘shlig‘i g‘ovak to‘qima bilan to‘lgan; b - ikki bo‘lmali oshqozonga ega; c - oldingi suzgichlari bilan suzadi, keyingi suzgichlari bo‘lmaydi C)a - tana bo‘shlig‘i g‘ovak to‘qima bilan to‘lgan; b - tanasi xitin qobiq bilan qoplangan; c - tishli kitlarga mansub D)a - chuchuk suvlarda keng tarqalgan; b - yopiq qon aylanish sistemasiga ega; c - oqbiqin kasatka bilan bir turkumga mansub 33.Evolutsiya natijasida organik olamda ogohlantiruvchi rang (a), himoya rangi (b) orqali moslashgan organizmlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1) qovog‘ari tana rangi ko‘zga yaqqol tashlanadi; 2) xonqizi qo‘ng‘izi tana rangi bilan ko‘zga yaqqol tashlanadi; 3) ildam kaltakesak qum rangida bo‘ladi; 4) kuropatka yozda bir qishda boshqa rangda bo‘ladi; 5) kallima kapalagi qanotlari shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘ladi. A) a - 2; b - 5 B) a - 5; b - 2 C) a - 3; b - 1 D) a - 1; b – 3 34.Mitozga tayyorgarlik davrida xromosomalar to‘plami qanday holatda bo‘ladi? a) bir DNKli xromosomalarning diploid to‘plami; b) bir DNKli xromosomalarning gaploid to‘plami; c) ikki DNKli xromosomalarning diploid to‘plami; d) bir DNKli xromosomalarning tetraploid to‘plami. A)a - G1; c - S; c - G1 B)a - G1; c - S; c - G2 C)c - S; d - S; c - G2 D)b - G1; c - G1; b - G2 35.Quyida berilganlardan to‘g‘ri fikrlarni aniqlang. 1) somatik hujayra mitoz siklining S davrida DNK miqdori ikki hissa ortadi; 2) somatik hujayra mitoz siklining anafaza bosqichida hujayrada xromosoma soni ikki hissa ortadi; 3) meyozning anafaza I bosqichida xromosomalar bir DNKli holatda bo‘ladi; 4) somatik hujayra mitoz siklining G2 davrida xromosoma va DNK 1:1 nisbatda bo‘ladi. A) 3, 4 B) 2, 4 C) 1, 2 D) 1, 3 36.Exinokokk (a), qoramol tasmasimon chuvalchangi (b), jigar qurti (c) ga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1) lichinkalik davrida ham ko‘payadi; 2) oziqni tana yuzasi orqali shimib oladi; 3) qoramollar uning oraliq xo‘jayini hisoblanadi; 4) oraliq xo‘jayinga ega emas; 5) hazm qilish organlari rivojlanmagan; 6) it va boshqa yirtqich hayvonlar uning asosiy xo‘jayini hisoblanadi; 7) urg‘ochisining jinsiy organi ikkita tuxumdondan iborat. A)a - 2, 7; b - 6; c - 3 B)a - 1, 5; b - 4; c - 3 C)a - 2, 6; b - 5; c - 1 D)a - 1, 4; b - 3; c – 7 37.Odamlarda sepkillarning bo‘lishi (P) sepkilsizlik (p) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Qon guruhini belgilovchi genlar autosomada joylashgan va mustaqil irsiylanadi. I0I0 - birinchi, IAIA va IAI0 - ikkinchi, IBIB va IBI0 - uchinchi, IAIB - to‘rtinchi qon guruhiga ega bo‘ladi. Ota IV qon guruhiga, ona II qon guruhiga ega (ota-ona digeterozigotali) oilada nazariy jihatdan tug‘ilishi mumkin bo‘lgan farzandlarning necha foizida agglutinogen A va B bo‘lib, sepkilli bo‘ladi? A) 6,25% B) 18,75% C) 12,5% D) 75% 38.Dengiz tulkisining qon aylanish sistemasida qon harakati to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. a) jabralarga keladi; b) yurak bo‘lmachasiga keladi; c) yurak qorinchasidan chiqadi; d) organlarga keladi; 1) arteriyalarda venoz qon; 2) yurak venasida arterial qon; 3) qorin aortasida arterial qon; 4) yurak venasida venoz qon; 5) orqa aortada venoz qon; 6) qorin aortasida venoz qon; 7) orqa aortada arterial qon; 8) venalarda venoz qon. A) a - 1, b - 4, c - 6, d - 7 B) a - 2, b - 5, c - 7, d - 8 C) a - 1, b - 3, c - 5, d - 7 D) a - 2, b - 3, c - 6, d – 8 39.Aromorfozlarning sodir bo‘lishi proterozoy → paleozoy → mezozoy eralari ketma-ketligida to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A)suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining dastlabki turlarini vujudga kelishi → Download 214,3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling