Biologiya online maktab deb qidiring muqaddima-1


MAVZU: Ildiz tukchalariga doir nazariya


Download 0.57 Mb.
bet33/37
Sana03.12.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1799602
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
2020 yil botanika kitobcha

MAVZU: Ildiz tukchalariga doir nazariya
1)Makkajo’xorining ildizi poyadan atrofga 2 m gacha tarqaladi
2) Osh piyoznig ildizi poyadan atrofga 50-60 sm gacha taraladi
3) Makkajo’xorining 1mm2 satxida 700 ta ildiz tukchasi mavjud


1-masala . Makkajo’xorining 8 mm2 ildiz satxi tekshirilganda, ildiz tukchasidagi uzun hujayralar soni 3528 ta borligi ma’lum bo’lsa, makkajo’xorining 3 mm2 ildiz satxidagi nobud bo’lgan ildiz tukchalari soni 8 mm2 satxidagi nobud bo’lmagan ildiz tukchalarini necha foizini tashkil qiladi?
A) 37,5% B) 75% C) 42% D) 18%
Ishlanishi:
1)1 mm2------------700 ta ildiz tukchasi
8 mm2-----------x= 5600 ta ildiz tukchasi
2) Demak 5600 ta ildiz tukchasi mavjud ekan endi qqancha ildiz tukchasi nobud bo’lganligini topib olamiz 5600-3528=2072 tasi 8mm2 satxidagi nobud bo’lganlari
3) Endi 3mm2 satxida qancha ildiz tukchasi nobud bo’lganini topib olamiz
8mm2--------2072 ta ildiz tukchasi nobud bo’lgan
3mm2-------x=777 ta ildiz tukchasi nobud bo’lgan
4) 777:2072 x100= 37,5 % Demak javob 37,5 %


2-masala Kanop o’simligini 2 mm2 satxidagi ildiz tukchalari soni makkajo’xorining 1 mm2 satxidagi ildiz tukchalari sonidan 2,8 martta ko’pligi ma’lum. Agar kanop va makkajo’xorining 3 mm2 satxidagi ildiz tukchlari 4494 tani tashkil qilsa, makkajo’xorining va kanopning nobud bo’lgan ildiz tukchalarini foiz ayirmasini toping.
A) 2,7% B) 5,67 % C) 15 % D) 6,25%


Ishlanishi:
1)Demak birinchi navbatda, makkajo’xorini 1mm2 ildiz satxidagi ildiz tukchalari soni 700 tani tashkil qiladi.
2) 700 x 2,8= 1960 demak kanop o’simligini 2 mm2 satxidagi ildiz tukchalari soni
3) Endi kanop va makkajo’xorining 3mm2 satxidagi jami ildiz tukchalarini topib olamiz
Makkajo’xoriniki 1mm2--------700 ta ildiz tukchasi
3mm2--------x= 2100 ta ildiz tukchasi
Kanopniki 2mm2-------1960 ta ildiz tukchasi
3mm2-------x= 2940 ta ildiz tukchasi
4) Endi jami qancha ildiz tukchalari nobud bo’lganligini aniqlab olamiz:
2100+2940=5040 ta ildiz tukchasi 5040-4494 ta ildiz tukchasi=546 jami nobud bo’lgan ildiz tukchalari soni
5) Endi kanopdan qancha va makkajo’xoridan qancha foiz ildiz tukchalari xalok bo’lganini topamiz 546:2,8=195 ta makkajo’xorining halok bo’lgan ildiz tukchalari soni
546-195= 351 ta kanopni halok bo’lgan ildiz tukchalari soni
195:2100 x100= 9,286 % makkajo’xoriga tegishli
351:2940 x 100=11,94 %
6) Endi foiz farqini topamiz 11,94-9,286= 2,7% demak javob A



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling