Biologiya online maktab deb qidiring muqaddima-1
-6 botanika mustaqil ishlash uchun masalalardan namuna
Download 0.57 Mb.
|
2020 yil botanika kitobcha
5-6 botanika mustaqil ishlash uchun masalalardan namuna
1. Ma`lum bir daraxtni bargli novdasini suvli idishga solib va shu suvga moy tomizilib tarozini pallasiga qo`yib ikkinchi pallaga qadoqtosh qo`yib tenglashtirildi.10 kundan so`ng pallalarni tenglashtirish uchun qodoqtosh 400 gr ga kamaytirildi.Shu novda kesilmagan paytda daraxtdan bir kunda bug`lanayotganni suvni 0,8% i shu novdadan ajralsa u holda shu daraxtni 3 kun davomida bug`latgan suv miqdorini aniqlang.(har kuni bir xil miqdorda suv bug`langan deb hisoblansin) A.15 l B.5000 ml C.4000 ml D. 50 l 2.Olma o`simligida o`rta hisobda bitta bargining ostki tomonida 40 juft og`izchalar bo`lib ustki po`st bilan ostki po`stdagi og`izchalar nisbati 1:2 ni tashkil qiladi.Har bir loviyasimon hujayrada xlorofillar soni 20 tani tashkil qilsa u holda 10 juft bargining ustki tomonidagi og`izchalardagi jami xlorofillar sonini toping. A.32000 B.64000 C.16000 D.800 3.Sekvoyadendron o`simligini 196 ta qubbasidagi urug`lar og`irligini(gr) aniqlang. A.1000 B.196 C.0,05 D.200 4.Rayxon o`simligini usti po`st va ostki po`stdagi og`izchalar nisbati 2,5;1 bo`lib 4 juft bargidagi og`izchalar soni 560 ta bo`lsa u holda 3 ta bargidagi ustki po`stdagi og`izchalarni hosil qilishda ishtirok etgan hujayralar sonini aniqlang. A.210 B.420 C.300 D.40 5.Agar rovoch o`simligining 1 mm2 barg sathida 11 juft barg og`izchalari bo`lsa, shu bargning 3 mm2 sathidagi og`izchalarni hosil qilish uchun nechta loviyasimon hujayralar ishtirok etadi? A.132 B.66 C.33 D.1 juft 6.Agar qarag`ayni bitta qubbasida 30 ta urug` yetilsa u holda 3 ta qubbadagi tangachalar sonini aniqlang. A.30 B.60 C.45 D.15 7.Kichik probirka(1024 ta bakteriya sig`adigan)ga agar-agar solib unga bitta bakteriya solib qo`yilsa va shu probirka yarim bo`lishi uchun 225 daqiqa ketsa u holda bakteriyalar har necha daqiqada bo`linib ko`payganini aniqlang(nazariy jihatdan) A.30 B.20 C.1 D.25 8.Agar ulotriksning bitta hujayrasidan 11 juft ikki xivchinli hujauralar hosil bo`lsa,shu hujayralardan nechta ulotriks ipi hosil bo`ladi? A.44 B.22 C.88 C.11 9. Makkajo’xorining 3mm2 satxidagi uzun hujayralar soni 1mm2 satxidagi ildiz tukchalarini 60 foizni tashkil qilsa, makkajo’xorini ildiz tukchalarini necha foizi nobud bo’lgan? A) 20 foiz B) 60 foiz C) 80 foiz D) 40 foiz 10. Makkajo’xorining 3mm2 satxidagi uzun hujayralar soni 1mm2 satxidagi ildiz tukchalarini 60 foizni tashkil qilsa, makka jo’xorini nobud bo’lmagan ildiz tukchalari sonini aniqlang A) 840 B) 420 C) 1680 D) 1260 11. Chinor daraxtini ostki barg og’izchalari soni ustki barg og’izchalari sonidan, 2,5 martta ko’p, bargidagi jami loviyasimon hujayralar esa, 700 tani tashkil qiladi. Agar chinor daraxtini har bir ostki barg og’izchasi bir kecha kunduzda 2 l suv bug’latsa, va 5 kunda jami 3250 l suv bug’latsa, ustki barg ogizchalarini har biri bir kecha kunduzda qancha suv bug’latganligini toping. A) 0,88 l B) 1,5 l C) 0,50 l D) 1. 2 l 12.Sekvoyadendron daraxti har yili 4 kg qubba hosil qilsa, noma’lum vaqt davomida 18 kg urug’ hosil qilsa, shu urug’larni hosil qilishda qatnashgan qubbalar sonini urug’lar sonidan ayirmasini (a) va 18 kg urug’ hosil qilish uchun qancha vaqt (b) kerak bo’lganini toping. A) a- 3510720; b- 6 yil B) a- 3510360; b- 4, 5 yil C) a- 7840000; b- 3, 5 yil D) a- 7840000; b- 6 yil 13.Sekvoyadendron daraxti ikki yilda taxminan 25 kg urug’ hosil qilgan bo’lsa qancha qubba qatnashgan? A) 19600 B) 24500 C) 9800 D) 12500 14. Xlorella suvo’ti bir kecha kunduzda maksimal bo’linishi hisobiga noma’lum miqdorda xlorella hujayrachalari hosil bo’lsa, 72 soatda, qancha xlorella hujayrachalari hosil bo’ladi? A) 32768 B) 4096 C) 1024 D) 512 15.Ulotriksni jinsiy ko`payishida 256 ta gameta hosil bo`lgan bo`lsa shu gametaning 25% dan zigota hosil bo`lgan zigotaning 50% dan ulotriks iplari hosil bo`ldi. Qanacha ulotriks iplari hosil bo`lgan? A)64 B)32 C)128 D)16 |
ma'muriyatiga murojaat qiling