Biologiya ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr darajasini olishi uchun
Download 1.07 Mb.
|
НЕМАТОВА ДУРДОНА лотин вариант 1
Brakonni saqlash. Brakonni qishki va yozgi mavsumlarda saqlashning bir necha usullari mavjud bo`lib, ular laboratoriyalarda keng foydalaniladi. Brakon parazitining imagosi tabiatda o`simlik qoldiklari va qurigan daraxt barglari orasida qishlab chiqadi. Laboratoriya sharoitida parazitlar asosan muzlatgichlarda saqlanadi. Keyin parazitlar shisha bankalarga yog’och payraxalar bilan birga solinib, asal surtilgan payraxa bo`lakchasi ilib quyiladi. Bankalar 8 S li muzlatgichlarga quyiladi. Har 15-30 kunda bankalar muzlatgichdan olinib, 2 kun mobaynida qayta oziqlantiriladi. So`ngra havo haroratini 25°S dan 16°S gacha pasaytirib shisha bankalar yana muzlatgichga joylashtiriladi.
Parazitlarni jonlantirish ya`ni diapauzadan chiqarish uchun erta bahorda biomaterial solingan bankalar muzlatgichdan olinib 25-30°S da va 70- 75%li namlikda saqlanadi va biolaboratoriyada ko`paytirish uchun foydalaniladi. Tajribalardan shu narsa aniqlanganki, qishki chiniqishni (sovuqqa chiniqtirish, o`zgaruvchan sharoit va x.k.) boshidan kechirgan parazit imagolarining yashovchanligi chiniqtirishni boshidan o`tkazmagan hasharotlarga nisbatan ancha baland bo`ladi. Brakon qishda yaxshi qishlab chiqishi uchun zarur bo`lgan omillarga uni o`zgarmaydigan sharoitda (26-28 S), harorati o`zgaruvchan sharoitda va nihoyat sovuq binoda saqlash kerak. Yozda brakon imagosi, lichinkasi va g’umbaklari (pilla ichida) muzlatgichda 0-5°S da saqlanadi. Parazit imagosi oziqlantirilib saqlanishi mumkin. Brakon pillalari probirka ichida namlikni e`tiborga olmasdan 0-7 Sda yoki qog’oz qatlamlari orasida shu haroratda 30%, 50% va 70% namlikda saqlanadi. SHu yo`l bilan parazitni 20, 30, 40, 50 va 60 kun saqlash, qish mavsumida brakon imagolarini 120 kun saqlash mumkin. Olib borilgan tajribalar shuni ko`rsatdiki, dastlab o`zgarmas haroratda (26-28°S) sovuqda va oziqlantirmasdan saqlangan imagolarning deyarli ko`p qismi minus haroratda nobud bo`ladi.O`zgaruvchan sharoitda sovukda chiniqtirishdan o`tgan brakon imagolari uzoqroq muddat yashab, erta bahorgacha saqlab qolinishi mumkin. 5.3 Oltinko`zni ko`paytirish, saqlash va qo`llash. Hozirgi paytda o`simliklarni biologik himoya kilishda keng qo`llanilayotgan entomofaglar orasida oltinko`z alohida o`rinni egallaydi. Oltinko`z hasharotidan yanada samaraliroq foydalanish, avvalo, bu kushandaning biologik xususiyatlarini, ko`paytirish, saqlash va qo`llash texnologiyalarini yaxshi bilishga bog’liqdir. Bu hasharot parda qanotlilar turkumi, oltinko`zlar oilasiga kiradi. Bu oilaga kiruvchi juda ko`pchilik hasharot turlari o`simlik bitlari, shiralar, mayda qurtlar va kanalar bilan oziqlanib, qishloq xo`jaligi ekinlariga foyda keltiradi. Viloyat iqlimi sharoitida ayniqsa etti nuqtali oltinko`z va oddiy oltinko`z ko`proq uchraydi. Oddiy oltinko`z parda qanotli, ko`zlari yaltirab turuvchi o`rtacha kattalikdagi yashil hasharot bo`lib, tanasining uzunligi 20-25 mm, qanotlarini yoyganda 30-40 mmni tashkil etadi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi 1 - yoshda 1-1,5 mm, 2 - yoshda 2,5-3 mm, 3 - yoshda 10-12 mm uzunlikda bo`ladi. Lichinka tanasining shakli uzunchoq bo`lib, tanasining o`rtasi yo`g’on, boshi va orka tomoni ingichka, boshida o`roqsimon baquvvat jag’lari bo`ladi. Lichinkaning ranggi o`ljasini rangiga qarab ochsariq tusda, keyinchalik sariq qo`ng’ir, ba`zan kukish qo`ng’ir tusga kiradi. G’umbagi o`ragan pilla oq rangli yumaloq yoki oval shaklida, diametri esa 2,5-4 mm bo`ladi. Oltinko`zlar oval shaklidagi yashil tuxumlarini tik ingichka 5-6 mm poyachalar ustiga qo`yadi. Oddiy oltinko`zni tabiiy sharoitda diapauzaga kirgan imagosi (otalangan va otalanmagan) daraxtlarning yoriqlarida, o`simlik qoldiklari ostida va binolarning ichida qishlaydi. erta bahorda kunlik o`rtacha harorat 13-16°S bo`lganda bu hasharotlar qishlash joylaridan chiqadi. Gullarning nektari va changlari bilan qo`shimcha oziqlangan imago tuxum quyishga kirishadi. Oddiy oltinko`zning qishlashdan chiqishi taxminan mart oyining II dekadasiga to`g’ri kelsa-da, ularning g’o`zaga tuxum quyishi may oyining II va III dekadalariga to`g’ri keladi. Chunki g’o`za bu davrda 4-5 ta chinbarg chiqaradi va unda so`ruvchi zararkunandalar ko`plab uchraydi. Oltinko`zni bir dona imagosi 30-45 kun yashab, xar kuni 5-30 tagacha, hayoti davomida 250-500 tagacha tuxum qo`yadi. Bu hasharot tuxumini namlik yuqori bo`lgan joylarga quyishni yoktiradi. Yoz oylarida 34 kun ichida kuz va bahorda 5-6 kun ichida tuxumidan lichinka chiqadi. Lichinka jag’larini o`simlik bitlariga sanchib ularni o`ldiradi, bunda oltinko`zlar o`zlaridagi xazm suyuqligini o`simlik biti tanasiga yuboradi, so`ngra yarim xazm bo`lgan ozuqani so`radi. Bir kunda lichinka 7-30 ta, hayoti davomida 500-600 ta zararkunanda, hasharot va kanalarni nobud qilishi mumkin. Rivojlanib bo`lgan lichinka, oziqlangan joyida yoki unga yaqin joyda o`simlik bargi yoki poyasida g’umbakka aylanadi. G’umbaqdan 6-8 kundan keyin imago chiqadi. Bir avlodning rivojlanishi 25-35 kun davom etadi. Oddiy oltinko`z yiliga 4-5 ta avlod berib rivojlanadi. Oltinko`zni ko`paytirish. Oddiy oltinko`zning hammaxo`rligi, rivojlanish davrining tez o`tishi, jinsiy pushtdorligini yuqoriligi va ekologik moslashuvchanligi bu entomofagni mavsumiy kolonizatsiya yo`li bilan ko`paytirib, qishloq xo`jalik ekinlarining zararkunandalariga qarshi biologik kurash usulida foydalanish imkonini beradi. Oltinko`zni laboratoriya sharoitida ko`paytirishning bir nechta usullari yaratilgan bo`lib, Namangan sharoitida oltinko`zni mum kuyasi va don kuyasida ko`paytirish usullari ko`proq qo`llaniladi. Oltinko`zni mum kuyasida ko`paytirish. Oltinko`zni mum kuyasida ko`paytirilganida jinsiy pushtdorligi ancha yuqori bo`lgan mahsulot olish mumkin. Mum kuyasini ko`paytirishda havo harorati va havoning nisbiy namligiga, oziqaning tartibi va uni berish muddatlariga qattik amal qilish lozim. Xona harorati 28-30°S, namligi 80-85% bo`lishi optimal hisoblanadi. X.Mirzalievaning ko`rsatmasi buyicha dastlab 3 litrli shisha bankaga 0,1 oziqadan 100 g solib, ustiga katta yoshdagi mum kuyasi qurtlaridan 220 dona solinadi (bu qurtlar ko`paytiriluvchi sadoklardan olinadi). Shundan 8-10 kun o`tgach, ya`ni 10-15% kapalaklar ucha boshlagach, ballonlarga yana 0,2 oziqadan 150 g solinadi. 50% kapalaklar ucha boshlaganda bankalarga 100 donadan oltinko`z tuxumi solinadi. Lichinkalar mum kuyasi tuxumlari va kapalaklarning qoldiqlari bilan oziqlanib, 7-8 kun ichida rivojlanib bo`ladi va meva qoqilar oralarida g’umbakka o`tadi. 6-8 kun o`tgach, entomofag imagolari ucha boshlaydi. Bu imagolar asal yoki mum kuyasi qurtlarini gemolimfasi bilan oziqlantiriladi. Imagolar ucha boshlaganidan 6 kun o`tgach ularni 3 litrli bankalarga 100 juftdan terib solinadi. Oltinko`zni don kuyasida ko`paytirish. Bu usulda oltinko`z lichinkalari don kuyasining tuxumi bilan oziqlantiriladi. 3 litrli bankalarga 100 grammdan 02 oziqadan solinadi va 3 gramm tuxum meva koqilar ustiga yoyiladi, so`ngra har bir bankaga tekis 150-250 donagacha 4 kunlik oltinko`z tuxumlari solinadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar sitotroga tuxumlari bilan oziqlanadi va 4 kun o`tgach yana bankalarga qo`shimcha 02 oziqadan 100 grammdan solinib, ustiga sitotroga tuxumi solinadi. Agar aytib o`tilgan qoidalariga amal qilinsa, lichinkalardan 70-80% oltinko`z imagolari olinadi. Oltinko`z lichinkalarini daladan yig’ib kelingan o`simlik bitlari bilan ham qo`shimcha oziqlantirish mumkin. Hozirgi vaqtda biolabaratoriya sharoitida oltinko`zni 3 litrli ballonlarda ko`paytirish imkoniyati borligi tasdiqlangan. Buning uchun 3 litrli ballonga 0,5 g sitatroga tuxumini solib, 3 kuncha 25-27°S da qoldiriladi. Tuxumdan chiqqan sitatroga qurtlariga har ballonga 400 g yoki 500 grammdan oldindan tayyorlab quyilgan arpa solinadi. Buning uchun arpa dastavval tozalanib, qaynab turgan suvga 3 minut ichida 3-4 marotaba solinib, keyin bir sutka dimlab quyiladi. So`ngra sitotroganing lichinkalari chiqqan bankalarga solib quyiladi. 20-23 kun mobaynida sitatroga zararlagan arpa solingan bankaning tepasiga namlangan latta yopib quyiladi. Vaqti-vaqti bilan latta namlab turiladi. SHu vaqt ichida sitotroga imagosi uchib chiqib, tuxum quyishni boshlagandan har bir bankaga 400-500 tadan tuxumdan chiqishga tayyor bo`lib turgan oltinko`z tuxumi quyiladi. Ilgaridagidek, oltinko`z lichinkalarining namligini ham kuzatib boriladi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar shu bankaning o`zida g’umbak, 20 kun ichida imagoga aylanadi. Imagoni xar kuni uchirib olinib, oltinko`z tuxumi olish uchun alohida bankalarga ko`chiriladi. Oltinko`zni saqlash. Oltinko`zni biologik usulda qo`llashda yaxshi samara olish shartlaridan biri uni to`g’ri saqlashdir. Laboratoriya sharoitida oltinko`zni barcha rivojlanish bosqichlarida saqlash mumkin. Biroq eng qulayi tuxumi yoki imagosini saqlashdir. Tuxumlarni 1,5 oygacha, imagosini 6 oygacha saqlash mumkin. Qo`shimcha oziqlantirilgan oltinko`z imagolari uchdan bir qismiga qadar payraka solingan 3 litrlik bankalarga 400 ta-dan solinadi. Bankalar +8°S haroratda, 85-90% namlikda sovutkichda saqlanadi. Har 15 kun oralatib bankalar optimal sharoitga chiqarilib, har 2 kunda qo`shimcha oziqlantiriladi. Oltinko`zni sovutkichda ko`p miqdorda saqlashning imkoni bo`lmagan hollarda ularni xonalarda tabiiy sharoitga yaqin sharoit yaratib xam saqlash mumkin. Buning uchun xonada 20 s dan past harorat bo`lishi lozim. Oltinko`z tuxumlarini saqlash uchun 3 litrlik shisha bankalarga yarmigacha yog’och kipigi solinib, ustiga materiallarga qo`yilgan oltinuo`z tuxumlari solinadi. Bankalarni og’zini yopib, sovutgichda 80S haroratda 80-85% namlikda 1-1,5 oy saqlash mumkin. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling