Biologiya ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr darajasini olishi uchun
-BOB. MAKKAJO`XORI O`SIMLIGI ZARARKUNANDALARI VA ULARNI ENTOMOFAGLARINI O`RGANISHNI QISQACHA TARIXI
Download 1.07 Mb.
|
НЕМАТОВА ДУРДОНА лотин вариант 1
2-BOB. MAKKAJO`XORI O`SIMLIGI ZARARKUNANDALARI VA ULARNI ENTOMOFAGLARINI O`RGANISHNI QISQACHA TARIXI
O`zbekistonda texnika ekinlari - g’o`za, makkajo`xori, kanop, kunjut va boshqalar ko`p eqiladi. Bu ekinlarni asosiy zararkunandalari esa ko`proq bo`g’imoyoqlilar bo`lib, tur tarkibiga va ekologik xususiyatlariga ko`ra o`ziga xos guruhlarni tashkil etadi. Xozirgi vaktda 1 millionta yakin xashorat turi ma’lum. Ular 1,5 mln dan kam emas degan fikrlar adabiyotlarda uchraydi. hasharotlar kam urganigan oblast va tropik zonalardan xar yili 78 mingga qadar yangi tur topilib turadi. Umuman xashoratlarning turlari va soni qolgan xamma hayvon turlari bilan usimlik turlarini qushib xisoblangandan ularning tur soni xam kup. Xar bir tur uziga xos tuzilishga va xususiyatgan ega. Hashoratlarning tuzilishidagi uziga xos belgilari muxitga moslanish. Tabiatda tutgan urnini, odamlar uchun ahamiyatli tomonlarini urganish muxum ahamiyatga ega. Bu xususiyatlarni chuqurroq urganish zararkunanda xashoratlarni yukotish va ayni vaqtda foydali xashoratlarni saqlab, ulardan foydalanish imkoniyatini beradi. Hashoratlarga bulgan qiziqish qadim zamonlarda boshlangan. Ularga dastlab oziq maxsuloti sifatida qaralgan bulsa, keyinchalik chorvachilik, dehqonchilik yulga quyilgach, zararkunandalar sifatida urganila boshlandi. Shunda ular orasida foydali hashoratlar xam borligi ma’lum buladi. Natijada entomologiya fani xashoratlar ekologiyasi fani shoxobchalari bulmish ipakchilik va asalarichilik vujudga keldi. Lekin xashoratlarni ilmiy urganish XYII-asrdan boshlanadi. Italyan olimi I.Malpigi (1628-1694) tut ipak kurtining anatomiyasi va ayrish sistemasiga, golland olimi YA.Svammerdam (1637-1680) xashoratlarning anatomiyasi xamda metamorfoziga asos soladi. YIII -asrda buyuk shved olimi, tabiatshunos K.Linney (1707-1778) ning “Tabiat sistematikasi” asarida hashoratlar ko`zga kurinarli urinni egalladi. Usha davrning buyok tabiatshunos olimi R.A.Reomyur (1683-1757) hashoratlarning morfologiyasini va biologiyasini urgandi. XYIII asrning ikkinchi yarmida xashoratlar faunasini urganishda tabiatshunos olim, akademik N.S.Pallas (1741-1811) katta xissa qushdi. XIX asrda fan va madaniyatining rivojlanish natijasida hasharotlar entomologiyasining fan sifatida shakllanishiga sharoit yaratildi. Usha davrda bir qancha mamlakatlarda entomologik ilmiy jamiyatlar tashkil etildi. Masalan, 1832 yili Frantsiyada,1833 yili Angliyada shunday jamiyat tuzildi. Bizning mamlakatimizda YA.YA.YAxontov, S.A.Juravskaya, F.M.Uspenskiy, R.O.Olimdjanov, T.Tulyaganov, A.Bekkuzin, L.Larchenko, S.Zapevalova, L.Kapustina, S.N.Alimuxamedov, SH.B.Xodjaev, A.A.Muxammediyev, N.M.Maxmudxodjaev, G.K.Dubovskiy, A.Ummatov, K.X.Zakirov, A.Sh.Xamraev, X.A..Sulaymonov va boshkalar. XX asrda hashoratlar ekologiyasi fani, ayniksa, uning sohalari mustakil fan sifatida shakllanadi. Bu asrdan boshlab xashoratlarning klassifikatsiyasi, fiziologiyasi, ekologiyasi, chukur urganila boshlandi va zararkunanda hashoratlarga qarshi kimyoviy xamda biologik kurash choralari ishlab chikildi.1904 V.P.Pospelov (1872-1949) Kiyev shaxriga entomologik stantsiya tashkil etdi. Stantsiyasining asosiy vazifasi qand lavlagi zararkunandalariga qarshi kurash choralari ishlab chikish edi. Keyingi yillarda xuddi shunday stantsiyalar boshka markaziy shaxarlarida xam tashkil etildi. Ayniksa V.P.Plotnikov (1877-1959) tomonidan 1911 yili Toshkentda Turkistonda entomologik stantsiyasining tashkil etilishi Markaziy Osiyo va Qozog’iston ulkalarida usimliklarni zararkunanda hashoratlardan ximoya qilishning yagona markaziga aylanadi. Markaziy Osiyo usimliklarni ximoya qilish institutda va boshka shunga uxshash tashkilotlarning vujudga kelishida katta rol uynaydi. Entomologlar N.V.Kurdyumov (1885-1917) qishlok xujaligi entomologiyasiga nazariy asos soldi. Professor A.N.SemenovTyanSHanskiy (1866-1942) bizning ulkamiz faunasidagi xashoratlar sistematikasi va zoogeografiyasini, G.G.Yakobson (18711916) tugri qanotlilar va kungizlarini urgandilar. A.K.Mordvilko usimlik bitlari sistematikasi, biologiya va ekologiyasini urganish sohasidagi ishlari bilan dunyoga mashxur buldi. Avstraliyalik olim A.Gardlirshem (1863-1935), A.V.Martinov (1878-1938) va B.N.Shvanvich (1889-1957)laryuqori gruppa xashoratlarning klassifikatsiyasini assochilari edi.Bizning mamlakatimizda institutlarida va universitetlarida mustaqil entomologiya hashoratlar ekologiya kafedralari tashkil etildi. 1920 yili Toshkent Davlat Universitetida, keyinchalik Toshkent qishlok xujaligi Agrar Universiteti entomologiya kafedralari tashkil etildi. 1931 Toshkentda Markaziy Osiyo usimliklarni ximoya qilish ilmiy tekshirish instituti tashkil etildi. Bir qancha yirik olim va fan tashkilotchilari yetishib chiqdi. N.N.BogdanovKatkov (1894-1955), V.F.Boldirev (1883-1957), akademiklar V.F.Beklemishev (1890-1962), ye.N.Pavlovskiy (1974-1962).V.N.Hegolev (18901966), A.S.Danilevskiy (1911-1969), G.YA.BeyBiyenko (1803-1970) va boshkalar shular jumlasidan edi. Uzbekiston olimlari xam entomologiya va xashoratlar ekologiyasi fanlarini rivojlantirishda uzlarining munosib ulushlarini qushdilar. Dunyoga mashxur entomolog olim Uzbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, professor V.V.YAxontovning “Urta Osiyo qishlok xujaligi zararkunandalari.”Uzbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, professor R.A.Olimjanov “Sugoriladigan dehqonchilik yerlarning umurqasiz xayvonlar zoofaunasi” Markaziy Osiyo usimliklar muxofazasi ilmiy tekshirish instituti direktori, professor akademik S.N.Alimuxamedov “Kanalar biologiyasi va ekologiyasi” ilmiy asrlari yuqori baho oldi. Bugungi kunda entomologiya va hashoratlar ekologiyasi fanlar va uning tarmoqlari oldiga Uzbekiston olimlari: professor Kan.A.A. professor Xodjaev SH.T., professor N.M.Maxmudxodjaev, professor Muxammadiyev A.A., professor Xamraev A.Sh. professor X.Yax’yaev, professor G.K.Dubovskiy. dotsent X.A.Sulaymonov, dotsent K.Z.Zakirov, A.Badalxodjaev, dotsent Xushvaktov K.X.. Xasanova Z.X, va boshkalarni misol qilib keltirish mumkin. Xulosa qilib aytganda, O`zbekistonda o`simlik zararkunandalarini o`rganish bo`yicha keng ko`lamdagi ishlar olib borilgan. endigi vazifa esa intensiv texnologiyalar sharoitida o`simliklarni zararkunandalardan mustahkam himoya qilishni yangi texnologiyalarini yaratishdan iborat. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling