Biologiya ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr darajasini olishi uchun


Kimyoviy moddalar bilan ishlaganda hayot faoliyat xavfsizligiga amal qilishning asosiy shartlari


Download 1.07 Mb.
bet9/14
Sana14.02.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1197347
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
НЕМАТОВА ДУРДОНА лотин вариант 1

4.3. Kimyoviy moddalar bilan ishlaganda hayot faoliyat xavfsizligiga amal qilishning asosiy shartlari



  1. Zaharli dorilar bilan ishlovchi qishilar qo`llaniladigan ximikatlarning zaharli xususiyatlarini va ularni ishlatish qoidalarini yaxshi bilishlari lozim. Zaharli dorilar bilan ishlash meditsina ko`rigidan o`tgan qishilargagina ruxsat etiladi.

  2. Zaharli moddalar yaxshi yopiladigan va qo`riqlanadigan maxsus omborlarda, zaharning nomi bilan katta qilib «zahar» deb yozib qo`yilgan butun idishda saqlanadi.

  3. Omborga qabul qilinadigan hamma zaharli dorilar darrov tortib olinadi va «kirim» daftariga yoziladi. Zaharli moddalarning kirimi va chiqimini yozib borish uchun omborda nomerlangan hamda shnurlangan (kanop bilan tikib so`rg’ichlangan) daftar bo`lishi kerak. Hisobga olish daftarida zaharli moddalarning nomi, keltirilgan vaqti, idishi bilan va idishsiz og’irligi, ximikatni ombordan berilgan oy, kun,qanday maqsadda keltirilgani yoki qanday maqsadda ombordan berilgani va ombordagi qoldiq ximikatlar yoziladi.

  1. Dori tayyorlash va uni qo`llanish ishlarining hammasi o`simliklarni himoya qilish mutaxassisi rahbarligida bajariladi.

  2. 16 yoshga to`lmagan o`smirlar, shuningdek homilador va emizikli ayollarga dori bilan ishlashga ruxsat etilmaydi. Dori tayyorlanadigan joyga chet qishilar, ayniqsa bolalarni yaqinlashtirish mumkin emas.

  3. Dori tortuvchi, emul’siya tayyorlovchi, purkagich va changlagich baklariga eritma soluvchilar, shuningdek urug’ni purkash, changlash va dorilash ishlari-ni bajaruvchi shaxslar terini yaxshi qoplaydigan korjoma, maxsus oyoq kiyimi, rezina qo`lqop kiyishlari va himoya ko`zoynagi taqishlari lozim.

7. Zaharli moddalar bilan ish qilinganda dorining (og’iz va burun orqali) ichiga kirib qolishiga, eritma va emul’siyalar bilan ishlaganda esa teriga tushishiga ju-da ehtiyot bo`lish kerak, aks holda, qishi zaharlanishi mumkin.
8. Ish joyida oziq-ovqat saqlash, ovqatlanish va ish vaqtida cheqish qat`iyan man etiladi. Ovqatlanish, choy kchish yoki cheqish oldidan qo`l va betni yaxshilab sovunlab yuvish lozim, ovqatlanayotganda korjoma echiladi. Ishdan so`ng butun badanni yuviladi.
9. Ifloslangan korjoma, maxsus oyoq kiyimi, qo`lqop, respirator, ro`mol va ko`zoynaklarni uyga olib ketish yoki turar joyda saqlash mumkin emas. Ish tamom bo`lgach ularni dori yuqumidan tozalanadi (silkitib qoqiladi, yuviladi) va toza joyda saqlanadi, ammo turar joy yoki oziq-ovqat omboriga qo`yilmaydi.
10. Zaharli moddalar tayyorlanadigan joylar, eritma yoki dust solingan apparatlar tushiriladigan joylar turar joylardan va suv manbalaridan kamida 40 m narida va shamol olib ketadigan tomonda bo`lishi kerak. Ish tamom bo`lgandan keyin zaharli moddalar tayyorlangan va eritma hamda dust solingan apparat tushirilgan joyni yuza chopib olinadi va ko`mib tashlanadi.
11. Zaharli eritmalar tayyorlangan idishlar ish tugallangach, yaxshilab yuviladi. Bunday idishlardan xo`jalikdagi boshqa ehtiyojlar uchun foydalanish, xususan ovqat yoki em-xashak tayyorlash uchun ishlatish mumkin emas.
12. Zahar tayyorlangan maydonchaga mollarni yaqinlashtirilmaydi. Tayyorlangan dorini dalada, poliz ekinzorlari va shunga o`xshash joylarda qo`riqchisiz qoldirish yaramaydi.
Dori changlangan yoki purkalgan uchastkalarda 20-25 kungacha mol o`tlatish mumkin emas.
13. Ochiq joyda yoki ozgina bo`lsa ham shabada esib
turgan joyda zahar bilan ishlayotgan qishi shunday ho-
latda turishi kerakki, zaharli eritma yoki zaharli
chang unga zarar etkazmay, shabada esib turgan tomonga
ko`tarilib ketsin.
Kuchli ta`sir etadigan zaharlar orqalab yuriladigan apparatlarda pur-kash mumkin emas. Fosfororganik zaharlar bilan qilinadigan har kungi ish 4 soatdan oshmasligi shart. Bu zaharlar ishlatilganda juda ehtiyot bo`lish kerak. Terisiga tegsa, uni darhol yaxshilab artib olib, so`ngra sovunlab yuvish lozim.
Quruq dori bilan dorilangan makkajo`xori idishsiz tashish mumkin emas. Dorilanmagan urug’ni dorilangan urug’ga aralashtirish mumkin emas.
Yuqumsizlantirish ishi turar joy va xo`jalik binolaridan kamida 50 m narida bajariladi. Dixloretan bilan ish qilinganda yong’inga qarshi choralarga rioya qilmoq kerak.
Zaharli moddalar bilan ishlanadigan joyga aptechka keltirib qo`yiladi, bu aptechkada dastlabki yordam ko`rsatish uchun zarur hamma dori-darmon bo`ladi.



Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling