Biologiya ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr darajasini olishi uchun
Brakonni ko`paytirish, saqlash va
Download 1.07 Mb.
|
НЕМАТОВА ДУРДОНА лотин вариант 1
Brakonni ko`paytirish, saqlash va qo`llash. Qishloq xo`jalik ekinlarida ko`sak qurtini miqdorini kamaytirishda brakon singari kushandalarni dalaga o`z vaqtda chiqarish yuqori samaradorlikka erishish imkonini beradi. Brakonlarni erta bahorda chiqarish muxim ahamiyatga ega. Chunki zararkunandalarning rivojlanishi shu davrda begona o`tlarda bo`ladi. Bu xol entomofaglarning kelgusida paxta zararkunandalari paydo bo`lish davrida ko`payishiga imkon beradi.
O`simlikni zararkunandalardan himoya kilishning biologik usulini qo`llash paytida kuyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur: Entomofaglarning hamda xujayinlarning birlamchi mahsulotini markazlashtirilgan usulda etishtirishni tashkil etish. Mum kuyasi qurtini ko`paytirish texnologiyasi ToshDAU va O`XQITI tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy qo`llanma asosida olib borish. - Kuz, qish va erta bahorda biolaboratoriyalarning xar bir xonasida harorat va namlikni talab etadigan darajada ushlab turish (mum parvonasi etishtirish uchun havo harorati 33+35 S, namligi 85-90 %; brakonni mum parvonasida etishtirish uchun tegishlicha 30+3 5°S, 75+80 %). - Biomateriallar kana bilan zararlangan bulsa, darxol ularni yo`qotish va yangisi bilan almashtirish. Xar yili avgust oyidan oqtyabrga qadar kechki pomidor va makkajo`xori ekilgan maydonlardan brakon tuxumlari, lichinkalari, g’umbaklarini g’o`za tunlamlaridan yig’ib olinadi. Xuddi shu davrda kechki makkajo`xori va oziqabop lavlagi ekin-laridan, shuningdek begona o`tlardan shisha bankalarga 3-4 mingta makkajo`xori kapalagi va uning qurtlarini yig’ib, ularda brakonni ko`paytirib, qishlovga saqlanadi. Makkajo`xori kapalaklarida ko`paytirilgan brakonlar qishlovga tayyorlash maqsadida uch litrlik shisha bankalarga joylangan yaydoqcha hasharot shakar qiyomi yoki asal bilan boqiladi va otalanish uchun 2 kun davomida 30-32°S haroratda saqlanadi. Brakon otalangandan so`ng ularni bittadan makkajo`xori qurtlari joylashtirilgan probirkalarga bir juftdan ko`chiriladi. ' Olingan yangi zotlar mum parvonasi qurtlaridan ko`paytirish uchun foydalaniladi. Ko`paygan parazitlarni darxol uzoq muddat saqlash uchun tayyorlash kerak. Brakon tabiatda imago xolatida qishlaganligi uchun tekinxo`rni laboratoriya sharoitida etishtirib, g’umbaklardan eto`q hasharotlar paydo bulgach, harorati 13 - 16°S gacha pasaytirilgan termostatlarga joylanadi. Termostatlarda shakar qiyomi yoki asal bilan boqilib 3-4 kun saqlanadi. Saqlash havo harorati 5-8°S va eng kulay namlik 75-85 % bo`lgan sharoitda amalga oshiriladi. Brakonni qo`llash. Brakonni dalaga quyishni optimal sxemasini aniqlash uchun uni migratsiyaga qanchalik kodir ekanligini bilish kerak. Urg’ochi brakon kuyib yuborilgandan so`ng 1-6 kun ichida uchish radiusi 100, 250, 350 400, 500 va 550 m ni tashkil etdi. Brakonlar pomidor, makkajo`xori yoki paxta dalasiga xar 100 ta o`simlikka g’o`za tunlamining 2-3 ta yosh qurtlari paydo bo`lganda quyiladi. Brakon faqat o`rta va katta yoshdagi qurtlarni zarar-laydi, demak ular qurtlarni zararlashgacha 3-4 kun muddat bo`lib, bungacha ular keng maydonga tarqaladi, ekinga va sharoitga moslashadi. Urg’ochilari quyib yuborilgan nuqtasidan 550 metr atrofga tarqaladi. SHundan kelib chiqib, brakonni quyib yuborishni optimal sxemasi 500 x 500 m. Ko`p yillik tajribalarga asosan parazitni g’o`za tunlamiga qarshi ertaroq tarqatilsa yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Masalan g’o`za dalasida 100 ta o`simlikda 2-3 ta qurt bo`lganda (1 gektarda 1000-2000ta) uch marta zararkunandaga nisbatan urg’ochi hisobida 1:20, 1:10, 1:5 nisbatda qo`llanilsa 95-98% samaradorlikka erishiladi. Agar parazitlarni zararkunandalar yoppasiga ko`paygan davridan kechiktirilib dalaga kuyilsa, unda zararkunandalarning miqdori 100 ta o`simlikka 10-12 ta qurtni tashkil etsa, bunda kurash samaradorligi 75-80% ga tushib qoladi, bu esa zararkunandaning sonini yanada ortishiga olib keladi. Ko`sak qurtiga qarshi kuzda sabzavot-poliz, beda va begona o`simliklarga brakonni kuyib yuborish katta ahamiyatga ega bo`lib, kelgusi yil uni sonini kamaytiradi. Brakonni O`zbekistonda hozirgi vaqtda Bracon hebetor va Bracon juqlandis kabi turlari laboratoriyalarda ko`paytirilmoqda. Bracon ning katga yoshdagisining rangi sariqdan qora ranggacha bo`ladi. Urg’ochisi tanasining uzunligi 2-3 mm, qanotini yozganda 4-5 mm ga etadi. Kallasi va 3 juft oyog’i bahorda jigar rangga, kuzda esa to`q jigar rangga kiradi. Muylovlari urg’ochisida 17-18 bo`g’imli, tinik to`q jigar rang, muylovining 3-bo`g’imi qoziqsimon tuzilgan, qorin qismi olti bo`limga bo`lingan bo`lib, tepa qismi to`q jigar rang, ikki yoniga qarab sarg’ish tus olgan. Qorin qismining quyrug’ida qizg’ish jigar rangli, uzunligi 1 mm maxsus tuxum qo`yg’ichi bo`ladi erkaklari sal kichiroq bo`lib, muylovi 23- 24 bo`g’imdan iborat bo`lishi mumkin. Tuxumi sutsimon oq, ko`p hollarda oq sariq rangda, uzunligi 0,40-0,50 mm, kengligi 0,20 mm, sal bukilgan uch tomoni qisqaroq, tsilindrsimon shaklda bo`ladi. Lichinkalari, ayniksa uch yoshdagilari oqish rangdan yaltiroq. yashil va xatgo qizg’ish ranggacha bo`ladi. Bunda xujayinning rangi xam lichinkaning rangiga ta`sir kilmaydi. Og’iz apparati yaxshi rivojlangan, uroqsimon jag’lari kuchli taraqqiy etgan, lichinkasining uzunligi 3-4 mm. Tanasi 13 segmentdan iborat, oyog’i yo`q, lichinkasining bel tomoni oq dog’lar bilan qoplangan. G’umbagi oq yoki oqish rangda, uzunligi 2,5-3 mm, kengligi 1,6 mm oqish rangli pilla ichida bo`ladi. Yaydoqchaning pushtdorligi harorat 28-30°S bo`lganda bir kunda o`rtacha 10-30 tagacha, 32-35°S bo`lganda 60 tagacha tuxum qo`yadi, harorat 18°S ga tushganda esa tuxum quyishdan tuxtaydi. Bir sutka davomida bitga yaydoqcha 100-150 tagacha qurt chaqib, «shol» qilib qo`yadi, lekin ular darxol tuxum kuymaydi. Tabiatda bir mavsumda ular 10-12 ta avlod beradi. Ko`pgina tunlamlarning qurtlarini 2-3- yoshidan zararlaydi. Bitta ko`sak qurtining lichinkasida 60 tagacha, makkajo`xori parvonasida 40-60 tagacha, katta asalari parvonasida 20-60 tagacha parazit lichinkalari bo`lishi mumkin. Qo`shimcha uglevod bilan oziqlantirilganda bitta yaydoqcha 250-360 tagacha tuxum qo`yishi mumkin. Otalangan brakonlardan erkak va urg’ochi, otalanmaganidan faqat erkak brakonlar chiqadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar 3-5 kun rivojlanadi va undan keyin oziqlanayotgan joyda oq ipchalar chiqarib pilla uraydi, uning ichida g’umbakka aylanadi. SHundan 4-5 kun o`tgach, g’umbakdan eto`q yoshdagi hasharot uchib chiqadi. Tabiiy sharoitda jinslarning nisbati 1:1 bo`ladi. Brakonlar tashki parazit bo`lib, ular o`ljani avval falaj (shol) qiladi, keyin ularga tuxum qo`yadi. Tabiatda bitta urg’ochi brakon 150-200 tagacha qurtlarni nobud qiladi. Falajlangan qurtlardan brakon 8-10 kun mobaynida rivojlanib, chiqadi. Tuxum quyishda avval urg’ochi brakon bir necha marta qurtni teshib gemolimfasi bilan oziqlanadi. Ozuqa etarli bo`lmasa yaydoqcha lichinkasi nobud bo`ladi. Ozuqa etarli bo`lmagan hollarda lichinka g’umbakka o`tadi, lekin undan imago uchib chiqmaydi yoki uchib chiqqan yaydoqcha qisqa vaqt yashaydi va pushtdorligi juda past bo`ladi. Laboratoriyalarda brakonni ko`paytirish asosan katta yoshdagi asalari mum parvonasi qurtlarini maxsus idishlarga terib olinib, 3 litrli shisha bankalarga 300 tadan solinadi. Ularning ichiga buklangan qog’oz solinadi, so`ng shisha bankalar qora mato bilan uralib qorong’i joyda 8-10 soatga ko`chiriladi. Bu vaqt ichida qog’oz ichiga kirmay qolgan qurtlar tushirib yubo-riladi. Bu qurtlar brakon imagosi solingan idishga tushiriladi. Shundan so`ng 4 soat qorong’i joyda saqlangan yaydoqchalar hamma qurtlarni «shol» qilib, tuxum qo`yadi. Brakonning pushtdorligini oshirish uchun yaydoqchalar maxsus matoga surtilgan asal bilan qo`shimcha oziqlantiriladi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar 4 kun davomida qurtlar bilan oziqlanadi. Shundan so`ng g’umbakka aylanib, oradan 2 kun o`tgach imagoga aylangan brakonlar uchirib olinib, toza shisha bankalarga ko`chiriladi. Bu jarayon brakon tuxum qo`yishidan 8-9 kun o`tgach boshlanib, uchish 3-4 kun davom etadi. Brakonning samaradorligini bilish uchun dalaning ko`sak qurti bilan zararlanganligini aniqlash zarur. Buning uchun shaxmat uslubida 10 tadan o`simlikdagi ko`sak qurti bilan zararlanishi aniqlanadi. Buning uchun 100 ta o`simlikdagi qurtlar soni, «shol» bo`lganlari, nobud bo`lganlari sanab chiqiladi. Hisob-kitoblarni brakon quyilgandan 5-7 kun o`tgach o`tkazish lozim. Zararlangan qurtlar o`simlikdan to`qilib ketmasligi uchun extiyotlik bilan hisoblash kerak. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling