Biologiya ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr darajasini olishi uchun
-BOB. MAKKAJO`XORI DONI ETISHTIRISHDA ZARARKUNANDALARDAN HIMOYA QILISHNI IQTISODIY SAMARADORLIGI
Download 1.07 Mb.
|
НЕМАТОВА ДУРДОНА лотин вариант 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Banvel, Karate, Karate SEON, Karbofos, Fufanon, Sumi-alfa,TSiraks, Bayleton, Dipel va boshq
6-BOB. MAKKAJO`XORI DONI ETISHTIRISHDA ZARARKUNANDALARDAN HIMOYA QILISHNI IQTISODIY SAMARADORLIGI
Respublikamizda amalga oshirilayotgan yirik agrar islohotlardan biri don mustaqilligiga erishish bo`lib bugungi kunda donli ekinlar maydoni anacha kengaydi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martda shaxsiy yordamchi dehqon va fermer xo`jaliklarida chorva mollarini ko`paytirishni rag’batlantirish choratadbirlari to`g’risidagi qarorlarini amalga oshirish uchun avval emxashak bazasini yaratish lozim bo`ladi. Respublikamizda oziq-ovqat bazasini yanada mustahkamlash uchun don va silos uchun makkajo`xori etishtirishni kengaytirish ularni o`stirishning intensiv, industrial texnologiyalarini ishlab chiqishni mavjudlarini takomillashtirishni, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashni taqozo etadi. Ayni vaqtda makkajo`xorichilikda zamonaviy uyg’unlashtirilgan intensiv texnologiyani qo`llash, hosildorlikni oshirish bilan birga har xil zararli organizmlar rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga keltirmoqda, natijada makkajo`xori hosilini ancha qismi nobud bo`lmoqda. Keyingi yillarda makkajo`xoriga juda katta zarar etkazib kelayotgan makkajo`xori kapalagining qurti makkajo`xori so`ta poyasini, keyinchalik so`tasini zararlaydi. Makkajo`xorining qurt bilan zararlangan poyalari va so`tasi sinib ketadi. Viloyatimizning barcha tumanlarida uchraydi va katta zarar keltiradi. Kapalagi qanotlarini yozganda 27-28 mm, oldingi qanotlari keyingisidan uzun bo`ladi. erkagining qanoti qo`ng’ir kul tusda, urg’ochisiniki esa sarg’ish rangda. Keyingi qanotlari och sarg’ish kul rang, erkagida bu qanotlar qoramtirroq. Tuxumi yassilangan, bir birining ustiga cherepitsa singari mingashtirib qo`yiladi. Qurtning uzunligi 25mm gacha oq xira sarg’ish tusda, elkasi bo`ylab uzunasiga qoramtir yo`l o`tgan. Har bir bo`g’imida xitinlashgan to`rtta kichik qora dog’chasi bor. Keyingi bo`g’imlarida dog’chalar 2tadan bo`ladi. G’umbagi qo`ng’ir, uzunligi 20 mm qornining uchida to`rtta ilmoqchasi bor. Zararkunandaning qurti oziqlanayotgan o`simlikning poyasi ichida (qo`ytikan, shuvoq, nasha, makkajo`xori, oqjo`xori, tariq ang’izlarida) qishlaydi. Qurtlar erta bahorda g’umbakka aylanadi va 23 haftadan so`ng kapalaklar uchib chiqadi. Har bir urg’ochi kapalak o`rtacha 250300 dan ko`pi bilan 1250 donagacha tuxum qo`yadi. Makkajo`xori kapalagi qurtiga qarshi qurtlar oziqlanadigan begona o`tlarni yo`qotish yozda (ertachi) kuzda (kechki) makkajo`xori silos va don uchun yig’ib olishda poyani tagidan o`rilishi kerak. ekindan bo`shagan er chuqur shudgor qilinishi zarur. Zararkunanda kapalaklari uchib chiqib tuxum qo`ya boshlashi bilanoq gektariga 100-300 mingtadan trixogramma 57 kun oralatib bir necha marta takroriy tarqatiladi. Qurtlarga qarshi brakon yaydoqchasi uch marta quyidagi nisbatda: birinchi tarqatishda 1:20 (parazit zararkunanda), ikkinchi 1:10 va uchinchi 1:5 nisbatda 78 kun oralatib tarqatiladi. Kimyoviy kurash vositalaridan karate, 5% em.k (0,2l\ga), detsis 2,5 k.e (0,7 l\g) tsipi 25% k.e (0,3 l\ga, tsiraks 25% k.e. (0,3 lg’ga) Bu preparatga o`simlikni o`sish rivojlanish davrida 2 martadan sepiladi. XULOSA Makkajo`xori o`simligida 70 ortiq hasharot va bo`g’imoyoqlilarni boshqa vakillari zararkunandalik qiladilar. Ayrim yillari yoki zararkunandalar bilan etarli darajada kurashmaslik oqibatida hosil 60-70 foizgacha kamayib ketishi kuzatilmoqda. Makkajo`xori o`simligi keyingi yillarda bug’doydan keyin ko`plab miqdorda ikkinchi ekin (oraliq) sifatida ekilmoqda. Bu jarayonda zararkunandalarni miqdori esa yildan - yilga ko`payib bormoqda. Buning sababi bizningcha, yakka tartibda zararkunandalarga qarshi kurash bo`lsa kerak. CHunki, bir dehqon kurash tizimini to`laqonli oxiriga etkazib bajarayotgan bo`lsa, ikkinchisi bunday zarurriy ishlarni vaqtida yoki butunlay bajarayotgani yo`q. Makkajo`xori o`simligini har xil zararkunandalardan mustahkam himoya qilish uchun birinchi navbatda integrallashtirilgan kurash usulidan foydalanish yaxshi natijalar berishi mumkin. Bu usulni qo`llaganda foydali hashoratlar soni saqlanib qoladi. Foydali hasharotlarni tabiiy laboratoriyalarda (bedapoya va boshq.) ko`payishi bilan kimyoviy preparatlardan kamroq foydalanishga o`tish uchun asos bo`ladi va iqtisodiy jihatdan mablag’lar tejab qolinadi. Bugungi kunda ekologik vaziyat va qishloq xo`jaligini yuritishdagi ayrim holatlar zararkunandalarni ko`payib ketishiga sabab bo`lmoqda. Bunday holda kimyoviy preparatlarga ehtiyoj kuchayadi. O`zbekiston Respublikasida qishloq xo`jaligi ekinlarini himoya qilish maqsadida ishlatish ruxsat berilgan vositalar ro`yxatiga makkajo`xori uchun 10 ortiq (Banvel, Karate, Karate SEON, Karbofos, Fufanon, Sumi-alfa,TSiraks, Bayleton, Dipel va boshq.) ancha qulay, tez parchalanib ketadigan kimyoviy preparat tavsiya etilgan. Biologik va kimyoviy preparatlar va vositalardan maqsadga muvofiq ravishda o`z vaqtida zararkunandalarga qarshi kurash olib borilsa, kimyoviy preparatlarni atrof muxitga va inson salomatligiga ta`siri shuncha kam bo`lishiga erishamiz. Oqibatda, xo`jalikdan mablag’lar tejaladi va atrof muhit musaffo bo`ladi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling