Biologiya ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr darajasini olishi uchun
-BOB. MAKKAJO`XORI ZARARKUNANDALARIGA QARSHI ISHLATILADIGAN FOYDALI HASHORATLAR, ULARNI ETISHTIRISH VA QO`LLASH SHAKLLARI
Download 1.07 Mb.
|
НЕМАТОВА ДУРДОНА лотин вариант 1
5-BOB. MAKKAJO`XORI ZARARKUNANDALARIGA QARSHI ISHLATILADIGAN FOYDALI HASHORATLAR, ULARNI ETISHTIRISH VA QO`LLASH SHAKLLARI
5.1. Trixogrammani ko`paytirish, saqlash va qo`llash. Trixogramma kapalaklar tuxumining kushandasi (paraziti) hisoblanib, 100 dan ortik zararkunanda hasharotlar tuxumlarida rivojlanadi. Trixogramma mayda 0,25 - 0,9 mm atrofida hasharot bul-ib, erkak zotlari urg’ochilaridan maydarok, tanasining rangi och sariqdan to qoragacha uzgarib turadi. Trixogramma erkak va urg’ochisi bir-biridan muylovlarining shakli bilan fark qiladi. Urg’ochisining muylovlari qisqa va siyrak joylashgan bo`lib, ularning uchlari biroz kengaygan. erkaginiki esa uzunrok va zich joylashgan bo`lib, oxirgi bo`g’imlari uzaro kushilib ketgan. Trixogramma tunlam kapalaklarining tuxumlariga 1-2 tagacha tuxumlarini ichiga qo`yadi. Trixogramma tuxumlaridan chiqqan lichinkalar tunlam tuxumlarini ichini eb, 3 yoshda ri-vojlanadi va shu erda g’umbakka aylanadi va tuxumlar qoramtir tusga kiradi. Ma`lum muddatdan so`ng zararlangan tuxumlardan eto`q trixogramma uchib chiqadi, juftlashadi va tuxum izlab, unga tuxumini quyishga kirishadi. Tabiatdagi trixogramma populyatsiyasining 55-60 foizi urg’ochilarni tashkil etadi. Trixogramma kulay sharoitda kuyilgan tuxumdan to voyaga etgan (imago) hasharotga aylanishi uchun 9-14 kun vaqt kerak bo`ladi. Viloyat iqlim sharoitida trixogramma bir mavsumda 12-14 avlod berib rivojlanadi. Kuz boshlarida diapauza holatiga o`tib, xujayin tuxumlari ichida 3-yosh lichinka fazasida qishlab qoladi. O`zbekistonda trixogrammaning 12 turi uchraydi. Ulardan 2 turi biolaboratoriya sharoitida yoppasiga urchitiladi va qishlok xo`jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashda qo`llaniladi. Trichogramma pintoi kemiruvchi tunlamlar, makkajo`xori parvonasi va boshqa zararkunandalar tuxumlarida tekinxo`rlik qiladi. Bu tur uchun eng maqbul sharoit 23-25°S, namlik 70-75 % hisoblanadi. Tunlamlarning tuxumlarida rivojlanganda urg’ochi zotlar 40-50 tagacha tuxum qo`yadi. Biolaboratoriya sharo-itida qo`shimcha asal yoki shakar qiyomi bilan oziq olgan trixogrammalarning jinsiy pushtdorligi 1,5 barobar ortadi. Havo harorati 32°S dan yuqori yoki namligi 30 % dan past bo`lganda 2-2,5 baravar kam tuxum qo`yadi. Havo haroratiga bog’liq xolda bir avlodning rivoj-lanishi 8-40 kun davom etishi mumkin. Bu tur trixogramma g’o`za, makkajo`xori, sabzavot-poliz ekinlari va qand lavlagidagi kemiruvchi tunlamlar, parvonalar va oq kapalak tuxumlariga qarshi kurashda qo`llaniladi. Trichogramma evanescens turi ko`sak qurti, kuzgi tunlam, makkajo`xori, poya parvonasi va karam tunlami tuxumlarida rivojlanadi. Havo harorati 19-24 S, namlik 60-80% bo`lganda bu trixogramma uchun kulay hisoblanadi. Urg’ochi zotlarining jinsiy pushtdorligi o`rtacha 20-24 ta, ko`pi bilan 50 ta tuxumni tashkil etadi. Harorat 30°S dan yuqori yoki 15°S dan past bo`lganda jinsiy maxsuldorlik 2 baravar kamayib ketadi. Trichogramma principium trixogrammaning bu turi kuzgi tunlam va karadrina tuxumlaridan ajratib olingan. Qurgoqchilikka chidamli bo`lib, harorat 28-30 S, namlik 30-35 % bo`lganida xam yaxshi rivojlanadi. Urg’ochi zotlari o`rtacha 40 ta tuxum qo`yadi. Havo harorati 20-25°S ga qadar pasayganda jinsiy pushtdorligi 1,7 marotaba kamayib ketadi. Bu trixogrammani asosan tunlamlar tuxumiga qarshi qo`llash tavsiya etiladi. Trixogrammani ko`paytirish Trixogrammani biolaboratoriyalarda ko`paytirish bir qancha bosqichlarda olib boriladi. Bu jarayon trixogramma uchun laboratoriya xujayini - don kuyasi sitotrogani etishtirish va don kuyasi tuxumlarida trixogrammani ko`paytirishni o`z ichiga oladi. Sitotrogani etishti-rish jarayoni alohida qo`llanmalarda batafsil yoritilgan. Biz quyida faqat trixogramma etishtirish haqida tuxtalib utamiz. Trixogrammaning birlamchi mahsulotini etishtirish. Ko`p yillik tajribalarning ko`rsatishicha, biolaboratoriyalarda istalgan vaqtda kerakli miqdorda yuqori sifatli mahsulot trixogramma ishlab chiqarish uchun uning birlamchi mahsulotining zahirasi bo`lishi lozim. Birlamchi trixogramma mahsuloti asosan turli tunlamlar tuxumlarida etishtiriladi va yilning qish hamda erta bahor faslida diapauzadan o`tkaziladi. Bunday trixogrammani tayyorlash avgust oyidan boshlanib yanvar’, fevral’ oylarida tugallanadi. Birlamchi trixogramma mahsulotini tayyorlash quyidagi bosqichlarda olib boriladi: 1. Dalalardan trixogramma zararlagan tuxumlarni yig’ib olish. 2. Tabiiy xujayin - tunlamlar tuxumlarini etishtirish. 3. Tunlam tuxumlarida birlamchi trixogramma etishtirish. 4. Trixogrammani diapauzaga kiritish. Dalalardan tabiiy trixogramma yig’ib olish. Bu tadbir avgust oylarida boshlanib, turli qishloq xo`jalik ekinlari dalalaridagi o`simliklardan tunlam tuxumlari yig’ib olinadi. Bunda o`simlik barglari, novdalari, hosil organlariga quyilgan tuxumlar o`simlik bilan birga uzib olinib, shisha bankalarga yoki keng probirkalarga joylab quyiladi. Agar dalalarda tunlam tuxumlarini yig’ib olishni imkoniyati bo`lmasa, u xolda laboratoriya sharoitida urchitilgan tunlamlardan olingan tuxumlar pomidor, bedapoya va makkajo`xori o`simlik-lariga osib chiqiladi. Bu tuxumlarni dalada 3 kun koldirilib, so`ngra yig’ib olinadi va shisha bankalarga yoki probirkalarga joylab quyiladi. Yig’ilgan tuxumlar 25-28 S haroratda, 75-80% namlikda saqlanib xar kuni kuzatib turiladi. Zararlangan tuxumlardan tabiiy trixogramma uchib chiqishi bilan ular ajratib olinadi va alohida ko`paytiriladi. Tabiiy xujayin - tunlamlar tuxumlarshsh etishtirish. Biolaboratoriyada tunlam tuxumlarini etishtirish uchun kuyidagi tartibda ish olib boriladi. Dalalardan turli yullar bilan yig’ib olingan tunlam kapalaklari biolaboratoriyalarda parvarish qilinib, ulardan tuxumlar olinadi. YOki dalalardan yig’ib olingan qurtlar, g’umbaklar biolaboratoriyada qo`shimcha oziqlantirilib, ulardan kapalaklar olinadi. YUqoridagi usullar bilan yig’ib olingan tunlam kapalaklari shisha bankalarga 8-10 tadan (erkak va urg’ochi zotlari aralash) joylab quyiladi. Bankaning og’zini doka bilan yopib, rezina xalka tortib quyiladi. Bankaning ichiga tunlam kapalaklari tuxum quyishlari uchun buklangan qog’ozlar (garmoshka) joylab quyiladi. SHuningdek, bankaning ustiga 20% li shakar qiyomi shimdirilgan paxta bulakchasi xam tashlab quyiladi. Kapalakli bankalar harorati 25-26 S, namligi 65-70% bo`lgan sharoitda saqlanib, xar kuni bir marotaba kuzatib boriladi va qog’oz bulakchalariga kuyilgan tuxumlar chiqarib olinadi. O`lgan kapalaklar chiqarib tashlanib yangisiga almashtiriladi. SHu tartibda yig’ilgan tuxumlardan birlamchi trixogramma etishtirish uchun ishlatiladi. Tunlam tuxumlarida birlamchi trixogramma etishtirish. Dalalardan yig’ib olingan trixogramma og’zi qalin mato bilan berkitilgan shisha idishlarda (1 litrlik) saqlanadi. Juftlashgan trixogrammalarga 1:20 nisbatda tunlam tuxumlari tushiriladi. SHisha bankalarning matoli qopqog’i ustiga 10% li qand sharbati shimdirilgan paxta bulakchasi tashlab quyiladi. Shisha bankalar harorati 24-25 S, namligi 70-75% bo`lgan xonalarda saqlanadi. Oradan 5-7 kun o`tgach, zararlangan tuxumlar qorayib qoladi va ular ajratib olinib yangi partiya tunlam tuxumlarini zararlash uchun foydalaniladi. Bu jarayon 3-4 marta qaytarilib zarur miqdorda birlamchi trixogramma etishtiriladi. Trixogrammani diapauzaga kiritish. Biolaboratoriyada urchitilayotgan trixogrammaning xayotiy ko`rsatgichlarini ta`minlash va sifatli mahsulot etishtirish uchun trixogramma kuz, qish oylarida diapauza (tinim) xolatiga o`tkaziladi. Buning uchun 3 litrli bankalarga yopishtirilgan don kuyasi (sitotroga) tuxumlariga zararlash uchun trixogramma kiritilgandan so`ng, bankalar kunduz kuni (8 soat) 25°S haroratda, kechasi esa (6 soat) 8+12°S da saqlanadi. Bu xolat 30 kun davomida olib borilib, qorayib zararlangan don kuyasi tuxumlari yumshoq chutka yordamida banka devorlaridan tushirib olinadi va qog’oz paketchalarga joylab, sovitkichlarda 7-8°S haroratda saqlanadi. Bunday sharoitda trixogrammani 6 oy davomida saqlash mumkin. Tovar trixogramma etishtirish. Tovar trixogramma biolaboratoriyada ommaviy tarzda urchitilgan trixogramma bo`lib, qishloq xo`jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashda qo`llanadi. Yuqorida aytib o`tilganidek, etishtirilgan birlamchi trixogramma mahsuloti biolaboratoriyalarda don kuyasi (sitotroga) tuxumlarida 4-5 marta qayta urchitiladi va dalalarga chiqarish uchun foydalaniladi. Tovar trixogramma etishtirish texnologiyasi quyidagicha: Dastlab sovitkichlarda saqlanayotgan trixogrammani 2 - 3 grammdan olib, qayta jonlantirish uchun shisha bankalarga joylanadi. Bu bankalar havo harorati 25 - 26°S, namlik 75 - 80 % bo`lgan xonalarda saqlanadi. 3-6 kun o`tgach, banka ichida trixogramma ucha boshlaydi. Qo`shimcha oziqlantirish uchun uchayotgan trixogrammaga 20% li shakar qiyomi beriladi. Dastlab yaxshilab yuvilgan, ichki devorlari terlatilib quritilgan 3 litrli shisha bankalarga sitotroga tuxumlari solinadi va bankani yon boshlatib aylantirib, devorlariga tuxumlar yopishtiriladi. So`ngra bankaning ichiga qayta jonlangan trixogramma tushiriladi, uning og’zi kalin mato bilan berkitib quyiladi. Bankaga zararlash uchun berilgan sitotroga tuxumi miqtsori, trixogramma miqdori, zararlash kuni yozilgan yorliq yopishtiriladi. Zararlash davrida shisha bankalar laboratoriyadagi sukchaklarga terib quyiladi. Banka xar tomonidan lampalar bilan yoritib turilishi lozim. Buning iloji bo`lmasa, bankaning hamma qismiga, yoruglik tushib turadigan qilib oynalar oldiga joylanadi. Oradan 5-6 kun o`tgach, banka ichidagi sitotroga tuxumlari qoramtir tusga kiradi. Shundan so`ng tuxumlar yumshoq cho`tka bilan shisha banka devorlaridan ohista sidirib olinadi va qog’oz paketlarga joylab ularning miqdori o`lchanadi, sana yozib quyiladi. Etishtirilgan trixogrammani tezda dalalarga tarqatishning imkoni bo`lmaganda uni sovutkichda 0+3 S harorat, namlik 80- 90%da bir necha kun saqlash mumkin. Trixogrammani qo`llash. Trixogrammani qo`llash va undan yuqori samara olish, avvalo, uni laboratoriya sharoitida to`g’ri parvarish qilinishiga bog’liq. CHunonchi, biolaboratoriyaning trixogramma urchitish tsexida tabiatga yaqin gigrotermik sharoit yaratish havo harorati 25+30 S, kechasi 18+20 S, namlik esa 60-70%, trixogrammani xar kuni 20% li shakar eritmasi bilan oziqlantirish, vaqti-vaqti bilan toza suv berish shular jumlasidandir. Kuzgi tunlam va boshqa kemiruvchi tunlamlarga qarshi erta bahorda aprel oyi boshlaridan trixogramma yul yoqalari, dala uvatlari, ariq va zovur buylariga hamda erta pishar sabzavot-poliz ekinlariga tarqatib chiqiladi. Trixogrammani birinchi tarqatish muddati zararkunandaning dalalarda tuxum quyishga kirishgan davriga to`g’ri kelishi lozim. Bu muddat uzoq muddatli ma`lumotlar yoki dalalarga o`rnatilgan feromon tutqichlarga ilinayotgan kapalaklar miqdoriga qarab oldindan bilib olinadi. Trixogrammani ko`sak qurtining bitta avlodiga qarshi qo`llashda samaradorlikni oshirish va himoyalash davrini uzaytirish maqsadida dalalarga 3-5 marotaba tarqatiladi. Trixogrammani dalaga feromon tutqichlarga 1 kunda 2-3 ta kapalak tushgandan so`ng 4-5 kun utkazib chikariladi. Trixogrammani dalaga tarqatishda uni butun dala yuzasi buylab bir tekisda joylashuviga ahamiyat berish lozim. Buning uchun o`lchab olingan va uchib chiqishiga 1 kun qolgan trixogramma 1 litrli shisha bankalarga joylanadi. So`ngra bankaning ichiga yuzasi 2-2,5 sm bo`lgan qog’oz bulakchalaridan 100 dona tashlab quyiladi. Zararlangan don kuyasi tuxumlaridan chiqqan trixogramma ana shu qog’ozlarga joylashib oladi. SHisha bankalardagi trixogrammalar dalalarga ertalab soat 500-800 orasida tarqatiladi. Bunda trixogramma joylashib olgan qog’ozchalar qisqich yordamida bankadan ohista chiqarilib, o`simlikning o`rta va pastki qismlarining soya joylariga quyib ketiladi. Bankalar vaqti-vaqti bilan aylantirilib turiladi. Trixogrammali qog’oz bulakchalari xar gektar erning 100 ta nuqtasiga 10x10 m sxemada tarqatib chiqiladi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling