Hozirgi shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda nafaqat dunyo miqyosida balkim mamlakatimizda ham elektr energiyasiga bo’lgan talab kun sayin ortib bormoqda


Download 20.13 Kb.
Sana18.03.2023
Hajmi20.13 Kb.
#1283100
Bog'liq
tezis word Karimkulov izmen


Hozirgi shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda nafaqat dunyo miqyosida balkim mamlakatimizda ham elektr energiyasiga bo’lgan talab kun sayin ortib bormoqda. So’ngi besh yil mobaynida Poytaxtimiz hamda viloyatlarimizda sanoat korxonalari,turar joy va noturar joy binolari qad rostlamoqda.Bu o’z o’rnida elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyojni yana ortishini anglatadi.
Bugungi kunda Respublikada iqtisodiyot barqaror o’sishini taminlashga va aholining faravonlik darajasini oshirishga, yoqilg’i energetika resurslariga bo’lgan talab-ehtiyojni uzluksiz qanoatlantirishga qaratilgan neft-gaz, elektr energetika,ko’mir,kimyo, qurilish industriyasini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi amalga oshirlmoqda. Ilg'or xorijiy tajribani inobatga olib, mavjud resurslarni va ishga solinmagan saloxiyatni jalb etish orqali energiya samaradorligini oshirish,energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish,iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya sarfi xajmini keskin kamaytirish borasidagi ishlarni kompleks tashkil etish, shuningdek,yoqilg'i-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanish maqsadida qator ishalar olib borilmoqda.[1]
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib mamlakatimizda, Prezidentimiz tashabbuslari bilan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha chora tadbirlar olib borilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26- maydagi «2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish,iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soxada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi» PQ-3012-сон misolida ko’rish mumkin [1].
Energetika- energiyaning har xil turlarini hosil qilish, ularni bir turdan ikkinchi turga o’zgartirgan holda,muayyan masofaga uzatish va yetkazib berish, ulardan barcha sohalarda foydalanishni hamda shular bilan bog’liq nazariy va amaliy muammolarni hal qilishni o’z ichiga olgan xalq xo’jaligi, fan va texnika sohasidir [2].
Respublika iqtisodiyot sohalarida elektr energiyasiga bo‘lgan talabning ortib borishi o‘z navbatida qayta tiklanuvchi energiya manbalariga bo‘lgan ehtiyojni oshirishga sabab bo‘ladi. Ya’ni energetik tekshiruvlar o‘tkazish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini iste’molchilarda oshirish masalaning qisman bo‘lsa ham yechimi hisoblanadi. Bunga misol tarifasida quyosh kollektorlari GESlar va shamol elektr stansiyalarini misol tarifasida olish mumkin.
Gidro elektr stansiyalar (GES): Har qanday elektr stansiyasidan yagona ustunlik jihati bor – Gidro elektr stansiyalar qayta tiklanuvchi manba bilan ishlaydi. Masalan, issiqlik elektr stansiyalarining manbasi bir kun kelib tugashi mumkin. Lekin gidro elektr stansiyalarda sarflanayotgan suv tabiiy ravishda har yili qayta to'planadi. Gidrotexnik jihozlar suvni ma'lum bosimda jo'natib turadi. GESlar jahonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 63 foizini yetkazib beradi.[3] Bu sohada Xitoy, Kanada va Braziliya yetakchilikni ushlab turibdi. Eng asosiysi esa atrof-muhitga va suvga ummuman zarar yetkazmaydi. Gidro elektir sitansiyalarning kamchiliklari joylashgan joydagi muxitni (releftni) o’zgartirib yuboradi va yer osti suvlarini ko’tarilishiga sabab bo’ladi.
Shamol elektr stansiyasi: Shamolning katta kuchi hisobiga ekologik toza elektr energiya ishlab chiqarish hozirgi vaqtda katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda yurtimizning Buxoro va Navoiy viloyatlarida ikkita shamol elektr stansiyalarining qurilish ishlari boshlab yuborilgan.Loyihaning umumiy qiymati 1milliard AQSH dollari deb baholanmoqda. 2019-yilning 20-sentyabrida Toshkentda boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo energetika investitsion forumi doirasida Energetika vazirligi va Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi oʻrtasida quvvati 500 MVtdan 1000 MVtgacha boʻlgan shamol elektr stansiyasi qurish boʻyicha kelishuvga erishilgan edi. Mazkur kelishuvga asosan joriy yilning 5-mart kuni Energetika vazirligi va “ACWA Power” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida umumiy quvvati 500 – 1000 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish kelishuvi imzolandi.[5] Ushbu ezgu ishlar natijasida 25-30 yil davomida mamlakatimizni yashil energiya manbalari orqali ishlab chiqarilayotgan elektr energiya bilan taʼminlash imkoniyati yaratiladi.
Ayni chogʻda tanlangan yer maydonlarida shamol koʻrsatkichlarini aniqlash uchun yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislar jalb qilingan boʻlib, ular tomonidan shamol oʻlchash uskunalari (machtalar) oʻrnatilmoqda. Ushbu uskunalar 100 metr balandlikda boʻlib, shamolning tezligi, yoʻnalishi, davomiyligi va bundan tashqari ob-havo maʼlumotlarni oʻlchaydi va saqlab boradi.[5]
Shamol elektr stansiyasining asosiy kamchilikligi parraklaridan chiqayotgan shovqinlar sabab axolini ichiga qurib bo’lmaydi [4].
Quyosh elektir stansiyasi - quyosh radiatsiyasi nurini yutib, uning energiyasini issiqlik yoki elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilmalar majmui. Agar qayta tiklanuvchi energiya manbalarining texnikaviy salohiyatidan to’liq foydalanilsa, atmosfera havosiga chiqariladigan 450 million tonnaga yaqin is gazining uglerod ikki oksididan bartaraf qilinishiga sharoit yaratiladi. Hozirgi kunda foydalanib kelinayotgan energiya manbalari asosan ko’mir, neft, tabiiy gaz, suv va boshqa tabiiy resurslar hisobiga olinib, katta harajatlar hisobiga ishlab chiqariladi. Bundan tashqari qazib olinadigan qazilma boyliklarning zahiralari chegaralangan bo’lib, uning miqdori yildan yilga kamayib boradi. Eng yomon tomoni tabiiy resurslardan foydalanish jarayonida atrof muhit ifloslanadi va katta miqdorda qayta ishlanmaydigan chiqindilar hosil bo’ladi. Shu sababli tiklanadigan energiyadan foydalanishning afzalliklarini ayniqsa quyosh energiyasidan unumli foydalana olish yo’llarini o’rganib chiqish, ularni takomillashtirish va qulay optimal variantlarini hayotga tatbiq qilish shu kunning talabi hisoblanadi. Quyosh issiqlik qozonlari faqat tabiiy gazni ishlatishni 60 foizgacha kamaytiradi. Bu uskunalar asosan aholi, xususiy sektor va byudjet tashkilotlari tomonidan foydalanish maqsadlarida ishlab chiqarilib keng qo’llaniladigan energiya manbalariga nisbatan 50-70 foiz arzonga tushadi. O’zbekistonda iqtisodiyotning yangi tarmog’i, avvalambor, qayta tiklanadigan energiya manbalarini umumiy salohiyatining qariyb 99 foizini tashkil etadigan quyosh energitikasini keng ko’lamda rivojlantirish uchun,mamlakatimiz tabiatining mussafoligini taminlashga qulay asos yaratishi mumkin.Quyosh elektr stansiyalrining asosiy kamchiliklari kata miqdorda joy talab qilishi va uskunalarning xamisha toza turishi [4].
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak xozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan ekektr va issiqlik energiyasining deyarli xammasi organik yoqilg’ilar yoqish yani gaz, neft, ko’mir va shunga o’xshashlarni yoqish xisobiga olinmoqda. Ammo bu yer osti boyliklari qayta tiklanmas bo’lib, ularning miqdori chegaralangan. Insoniyat esa yildan yilga ko’payib bormoqda. Shu bois insoniyat oldida turgan kata muommolardan biri yangi energiya manbalarini toppish. Bu ishlar ustida dunyo olimlari bosh qotirishmoqda va ko’plab ijoyib natijalarga erishishmoqda. O’zbekistonda elektir energiyasi hozirda asosan qayta tiklanmaydigan energiya manbalaridan olinadi bu elektr energiyasini tannarxi qimmat bo’lishiga va tabiiy zaxiralarimizni tugashiga olib keladi. Shuning uchun yangi kirib kelayotgan energiya manbalaridan ko’proq foydalanishimi kerak. Bu yerning tabiiy zaxirasini kelajak avlodlarga ham qolishi qolaversa elektr energiya tannarxi arzonlashishiga olib keladi.
Adabiyotlar
1.Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 22 августдаги ПҚ-4422-сон қарори 1,2,3,4,5,6,7 иловалари ziyo.net
2. Alimovbayev A.U “Issiqlik elektr taminoti va issiqlik tarmoqlari’’ Toshkent 1997.
3. Dadaboyev, Q. Q. (2022). ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARIDA TEXNIK SUV ISROFINI BARATARAF ETISH. 2(1), 41-47. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-1-41-47
4. T.SH.Majidov “Noana’naviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari”
5. Energetika vazirligi matbuot xizmati. http://uza.uz/posts/29608
Download 20.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling