Биология ва генетика
Download 0.97 Mb.
|
Biologiya fani ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- Jinsiy ko‟payish xillari
Hujayra bo‟linishi-Tirik organizm hujayralari bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Tabiatda hujayrabo‘linishining bir necha xili uchraydi. Mitoz, meyoz, amitoz va endomitoz. Mitoz-kariokinez. Organizm organ va to‘qimalarining o‘sishi somatik - jinssiz hujayralar yadrolarining bo‘linishn hisobiga bo‘ladi. Bu usulda bo‘linishda yadro bo‘lingandan keyin sitoplazma ham bo‘linadi. Mitozning asosiy biologik ahamiyati shundaki. avloddan-avlodga xromatin moddasini teng taqsimlaydi. Bu bilan irsiy belgilarning hususiyatini hujayra orqali naslga o‘tkazadi. Mitoz bo‘linishida interfazadan keyingi 4 fazasi malum. 1. Profaza. 2. Metofaza. 3. Anafaza. 4. Telofaza. Hujayraning tinch holatdan bo‘linishga o‘tish sababi, interfazada DNK sintezi bo‘lib (DNK ikki hissa ortishi) uning natijasida muvozanat buziladi deb taxmin qilinadi. Mitoz bo‘linishida hujayra tarkibida bir qator o‘zgarishlar yuz beradi va 2 ta yangi yosh hujayra hosil bo‘ladi. Mitozning biologik ahamiyati shundaki, yangi hujayralar hisobiga organizmning o‘sishi va rivojlanishi yuz beradi. Nazorat savollari1.Hujayra to‘g‗risida tushuncha tushuncha bering 2.Xromosomalar morfologiyasi xaqida aytib bering. 3.Hujayra bo‘linishi aytib bering- 8-mavzu: Gametogenez va urug’lanishJinsiy ko‘payish xillari. Kopulyasiya bilap ro‘y beruvchi gametogamiyaning xillari. Partenogenez, ginogenez va adrogenez. Jinsiy hujayralarning rivojlanishi (gametogenez). Qo‘sh uruglanish Jinsiy ko‟payish xillariJinsiy ko‘payish odatda ikki jinsiy hujayra gametalariniig qo‘shilishi bilan ro‘y beradi. Jinsiy ko‘payishning bunday gametalarning qo‘shilishi bilan sodir bo‘lishi ham evolyusion tarzda, asta-sekin yuzaga kelgan. Jinsiy ko‘payishning eng qadimiy ibtidoiy ko‘rinishi plazmagomiya xodisasida namayon bo‘ladi. Plazmagomiyada (ayrim amyobalar sodir bo‘luvchi) ikki hujayra qo‘shilib, ikki yadroli tuzilma hosil bo‘ladi. Qisqa muddatdan so‘ng hujayra sitoplazmasi qayta ikkiga bo‘linadi. Har bir hosila hujayra avvalgi yadrolardan biriga ega bo‘ladi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling