Биология ва генетика


-mavzu: Tur ichida duragaylashda irsiyat qonunlari


Download 0.97 Mb.
bet43/70
Sana24.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1056246
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   70
Bog'liq
Biologiya fani ma\'ruza matni

9-mavzu: Tur ichida duragaylashda irsiyat qonunlari.


Monoduragay chatishtirish
Reja:

    1. Turichida duragaylashda irsiyat qonunlari. 2.Monoduragay chatishtirish. G.Mendel qonunlari. 3.Retsiprok, takroriy va taxliliy chatishtirish.




Turichida duragaylashda irsiyat qonunlari


XXVI oxirlaridan boshlab zootexniklar va o‘simlikshunoslar yangi zotlar
va navlar yaratish maqsadida har xil o‘simliklar va hayvonlarni duragaylab ota-ona belgi va xususiyatlarini nasldan-naslga o‘tish qonuniyatlarini o‘rgana boshladilar. Bu ishlar o‘z davrida genetika fanining rivojlanishi uchun asos bo‘ldi, lekin ular irsiyat qonunlarini to‘liq ochib beraolmadilar.
Irsiyatni o‘rganishning asosiy usulini 1865 yilda chex olimi G.Mendel ishlab chiqdi. U o‘zining no‘xot o‘simligi ustida olib borgan tajribalarining natijasini 1866 yilda ―O‘simlik duragaylari ustida tajribalar‖ nomli asarida e‘lon qildi.
Bir biologik turga kiruvchi, bir-biridan ayrim belgilari bilan farq qiluvchi formalarni chatishtirish tur ichida duragaylash deyiladi. G.Mendel ham no‘xat o‘simligini (Risum Sativum) sariq va yashil donli navlarni chatishtirdi va olingan duragay avlodida shu belgilarni birinchi, ikkinchi va keyingi avlodlarda naslga o‘tishini kuzatib bordi.
G.Mendel aniqlagan qonuniyatlar 1900 yilgacha olimlarga ma‘lum bo‘lmadi. Keyinchalik 1900 yilda De-Friz (Gollandiyada), K.Korrens (Germaniyada) va CHermak (Avstriyada) bir-biridan xabarsiz boshqa ekinlarda tajribalar o‘tkazib, Mendel aniqlagan xulosalarga keldilar. SHundan so‘ng Mendelning ishlariga qiziqish ortib bordi va uning ochgan qonunlari fanda tan olindi. Mendel ishining muvoffaqiyatli chiqishiga sabab shunda ediki, uning ish uslubi boshqa olimlarning ishlaridan farq qiladi.
No‘xot o‘simligida olib borilgan tajribalarda Mendel qo‘llangan ish uslubi quyidagilardan iborat edi:

  1. CHatishtirish uchun olingan no’xot navlari bir-birndan keskin farq qiluvchi belgilarga ega edi.

  2. Har bir o’simlikdan olingan avlodning yakka-yakka alohida ekib taxlil qilib o’rganadi.

  3. Duragay o’simliklar avlodining belgilarini naslga o’tishini m

  4. iqdor jihatdan, bir-biridan farq qilishini hisoblab, ya’ni sanash yo’li bilan kuzatib bordi.

  5. Tajriba olib borishning bu usuli irsiyatning o‘rganishining yangi usuli edi. G.Mendel irsiyat qonunlarini o‘rganish uchun tajriba olib borgan no‘xot o‘simligi o‘zidan changlanuvchi bo‘lib, irsiytoza hisoblanadi va uning har xil navlari, su‘niy yo‘l bilan oson chatishadi. Genetik taxlil o‘tkazishda, irsiy belgilarni nasldan-naslga o‘tishini o‘rganishda har xil jinsdagi ikki organizmni chatishtirish kerak.

CHatishtirishni yozish tartibi. Genetikada chatishtirishni ―x‖ ko‘paytirish belgigi bilan ifodalanadi. CHatishtirishni sxemasini yozishda doim birinchi o‘rinda ona, ikkinchi o‘ringa ota belgisi yoziladi. Urg‗ochi jins - ♀ (venera ko‘zgugi), erkak jins - ♂ (marsning nayzasi va qalqon) belgisi bilan ifodalanadi. CHatishtirishga olingan ota-ona formalarni - R (lotincha - parentis - ota-ona so‘zining) harfi bilan ifodalanadi. Irsiyati har xil bo‘lgan organizmlar chatishtirib olingan avlod - duragay deyilib - F (lotincha filalis - bolalar so‘zining) bosh harfi, uning tagiga yoziladigan son duragay yoshini nechanchi bo‘g‗in ekanligini ko‘rsatadi. CHatishtirishga olingan organizmlar bir-biridan bir, ikki va uch juft belgilari bilan farq qilishi mumkin. SHunga ko‘ra duragaylash – monogibrid, digibrid va trigibrid chatishtirish deb nomlanadi.

    1. Download 0.97 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling