Биология ва генетика


Download 0.97 Mb.
bet14/70
Sana24.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1056246
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70
Bog'liq
Biologiya fani ma\'ruza matni

Paleozoy – erasi 340 mln yil davom etgan. Mazkur era hayotning bir muncha xilma-xilligi, takomillashishi bilan ta‘riflanadi. SHu eradan boshlab eukariot organizmlar tanasi skelet hosil qilib, paleontologik solnomasining to‘liq va izchil bo‘lishiga ymkon yaratgan.
Kembriy davrida ikdim mo‘tadil bo‘lib, o‘simlik va hayvonlar dengizda tarqalgan. Ularning ba‘zilari o‘troq, ba‘zilari suv oqimi bilan harakatlangan. Hayvonlardan ikki palla chig‗anoqli, qorin oyoqli, bosh oyoqli mollyuskalar, halqali chuvalchanglar, trilobitlar keng tarqalgan va faol harakatlangan. Umurtqali hayvonlarning dastlabki vakillari qalqondorlar yashagan. Jag‗ bo‘lmagan. Ular hozirgi davrda yashayotgan to‘garak og‗izlilar, minogalar, miksinalarning uzoq ajdodi hisoblanadi. Turkiston, Oltoy, Zarafshon tog‗ tizmalaridai kembr davriga xos sodda hayvonlar, bulutlar, kovakichlilar, qisqichbaqalar, ko‘k-yashil, yashil suv o‘tlari topilgan. Hisor tog‗ tizmalarida esa qurukdikda yashovchi o‘simlik sporalari aniqlangan.
Ordavik davrida dsngizlar sathi ortib, unda yashil, qo‘ng‗ir, qizil suv
o‘tlari, boshoyoqli, qorinoyoqli mollyuskalarning xilma-xilligi ortadi.
Korall riflarining hosil bo‘lishi avj oladi. Bulutlar hamda ba‘zi bir ikki palla
chig‗anoqli mollyuskalarning turli-tumanligi kamayadi.
Silur davrida tog‗ hosil bo‘lish jarayonlari kuchayib, quruqlik sathi ortadi. Iqlim nisbatan quruq bo‘ladi. Boshoyokli mollyuskalar nihoyatda ko‘payadi. Davr oxiriga kelib qisqichbaqachayonlar rivojlanadi. Umurtqasizlarning yana bir tip vakillari bo‘lmish ninatanlilar paydo bo‘ladi.Silurning oxirida qirg‗oq yaqinidagi suvlarda tarqalgan ko‘p hujayrali yashil suv o‘tlarining ba‘zilari yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli quruqlikka chiqishga muvaffaq bo‘ladilar. Tuproq dastlabki quruqlikdagi o‘simliklarning tarqalishiga imkon bergan. Tuproqda organik birikmalarning to‘planishi keyinchalik zamburug‗larning paydo bo‘lishi uchun imkon yaratgan. Markaziy Osiyoda kuchli vulqonli jarayonlarro‘y bergan. Iqlim iliq bulgan. Zarafshon tog‗ tizmalarida kovakichli hayvonlar bilan, past buyli psilofitni toshga tushgan tasviri topilgan.
Devon davrida quruqlik ortishi dengizlar sathi kamayib, bo‘linib ketishi yanada davom etgan. Iqlim mo‘‗tadil bo‘lgan. Quruqlikning qo‘pgina qismi dasht, yarim dashtga aylangan. Dengizlarda tog‗ayli baliqlar rivojlanib, qalqondor baliqlarning yashash uchun kurashda kamaya borishi ro‘i bergan. So‘ngra suyakli baliqlar kelib chiqqan. Sayoz havzalarda ikki yoqlama nafas oluvchi baliqlar, panja qanotli baliqlar rivojlangan. Panja qanotli baliqlarning ayrim vakillari — latimeriya tirik «qazilma» sifatida hrzir ham Janubiy Afrika. Madagaskar qirg‗oqlaridagi suvlardan topilgan. Bu davrda baland bo‘lib o‘suvchi paporotniklar, qirqbo‘g‗imlar, plaunlar dastlabki o‘rmonlar hosil qiladi. Bo‘g‗imoyokli hayvonlarning ayrim guruhlari havo bilan nafas olishga o‘tishi tufayli ko‘p oyoqlilar va dastlabki hasharotlar paydo bo‘ladi.
Devon davrining o‘rtalariga kelib, panja qanotli baliqlarning ayrim guruhlari quruqlikka chiqadi. Natijdda suvda ham quruqlikda yashovchilarning dastlabki turlari vujudga keladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling