Kafedra yig`ilishi qarori № ____ ___ iyun, 2022 yil
Zoologiya kafedrasi mudiri: ______ dots. G’. Bobonazarov
Fakultet kengashi qarori № ____ ___ iyun, 2022 yil
Fakultet kengashi raisi: _____________ dots. L Kamolov
Universitet kengashi qarori № ____ ___ iyun, 2022 yil
Universitet O’UBB _____________ dots. P. Qurbonov
MUNDARIJA
betlar
1. O’QUV MATERIALI..........................................................................
1.1. MA’RUZALAR MATNI.........................……………………………
1.2. AMALIY MASHG’ULOTLAR.(SEMINAR).........................…….
2. MUSTAQIL TA’LIM MASHG‘ULOTLARI...........………………
3. GLOSSARIY........................................................................................
4. ILOVALAR:.........................................................................................
4.1. O’QUV DASTURI...................................................…....................
4.2. ISHCHI O’QUV DASTUR ..............................................................
4.3. TARQATMA MATERIALLAR………………………………….
4.4. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR ...............................................
4.5. TESTLAR.......................................................................................
4.6. O’UM ning elektron varianti...........................................................
Мavzu: Biologiya faniga kirish
REJA:
Biologiya fani va uning vazifalari.
Biologiya faning tarixiy rivojlanishi.
Biologiyani o‘rganishdagi metodlar. 4.Biologiya fani muommolari.
Biologiya fani va uning vazifalari.
CHukur nazariy bilimga va keng ko‘lamli dunyoqarashga ega bo‘lganmalakali qishloq xo‘jalik xodimini tayyorlashda biologiya fanining o‘rni o‘ta muximdir, zeroki shu fangina, avvalo hayotning rivojlanish qonuniyatlari echimini ko‘rsatib bera oladi.
Biologiya - bu tiriklik (hayot) haqidagi fan bo‘lib materialning malum bir shakli sifatidagi tiriklikning yashash va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi. Biologiya atamasi farang olimi J.O.Lamark tomonidan 1802 yilda berilgan.
Tirik tabiatning hayoti ko‘payishi bilan bevosita bog‗liq. Ko‘payish qaysi ko‘rinishda davom etishidan qatiy nazar, bir avloddan ikkinchisiga doimo umumiy belgi xususiyatlar kuzatiladi. Bu irsiyat bilan bog‗liq.
Irsiyat - tirik organizmlarning o‘z belgi va xususiyatlarini avloddan-avlodga (nasldan - naslga) berish xossasidir. Irsiyat tufayli ota-ona organizmlarning belgi va xususiyatlari o‘zgarmagan holda nasldan-naslga beriladi. Organizmlarning bu xususiyatlari o‘simliklar, hayvonlar va mikroorg‗anizmlarning oila, tur,zot va naviga xos xususiyatlarni kelgusi avlodlarda sakdanib qolishiga yordam beradi. Lekin ota-onalaridan bazi belgilari bo‘yicha farq qiladi. YAni irsiyat organizm belgi va xususiyatlarining «nusxasi» emas, balki u doimo o‘zgaruvchanlik bilan birga kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |