Биология ва генетика


Download 0.97 Mb.
bet3/70
Sana24.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1056246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
Biologiya fani ma\'ruza matni

O‟zgaruvchanlik- avlodlarning bir yoki bir qancha belgilari bilan o‘z ajdodlaridan fark qilishidir. O‘zgaruvchanlik irsiyatga teskari ko‘rinsada, lekin aslida u ham tirik organizmlarga xos xususiyatidir.
Umuman, er yuzida hayotning uzluksiz davom etishi va rivojlanishi (evolyusiyasi) tirik organizmlarning ko‘payishi bilan bog‗liq bo‘lib, o‘z navbatida ko‘payishi irsiyat bilan bog‗liq. Biologik xilma-xillik esa bevosita o‘zgaruvchanlik xosilasidir.
Genetika - tirik organizmlarning irsiyati va o‘zgaruvchanligini o‘rganadigan fan bo‘lib, grekcha «geneticos» - tug‗ilish, kelib chiqish degan manoni anglatadi (V.Betson, 1906 y).
Har kaysi tur o‘ziga xos belgilari bilan farqlanadi va shu belgilarni avloddan-avlodga berib boradi. Bu xususiyat irsiyatning mavjudligini yaqqol isbotlaydi. Biologik xilma xillik esa - o‘zgaruvchanlik natijasidir.
Insoniyat azaldan tiriklikka qiziqish bilan qaragan.
Hayotga, tiriklikka bo‘lgan qarash ham faqatgana ruxiy olam tushunchalari nuqtai nazari bilan talqin etildi. SHuning bilan birga xar xil kuzatishlar natijasida dunyoviy ilm matlumotlari ham to‘planib borildi. Tirik tabiatni o‘rganish dexkonchilik ishlarini rivojlantirishda o‘z aksini topdi. Insoniyatni» ko‘ya asarlik tajribasi tabiatni o‘rganish sohasida ko‘pgina amaliy natijalar berdi. SHu amaliy natijalar noxiyasida biologiya ham fan sifatida shakllana bordi. Biologiya fanining shakllanishi va rivojlanishi sodir bo‘ldi. Biologiya fanining tarixiy rivoji ruxiy olam fanlari, diniy qarashlar va moddiylikka asoslangan fikr-mulohazalar asosida ro‘y berdi.
      1. Biologiya faning tarixiy rivojlanishi.


Dastavval qadimgi yunon faylasuflari tabiat xodisalarini va dunyoni tabiiy
kelib chiqishini izohlashga moddiylik asosida yondoshdilar Demokratik rarcha o‘lik va tirik jismlar atomalardan iboratliginy hamda material tanacha xususiyagi shu atomlar kattaligi, shakli ularning joylashish tartibi va miqdoriy nisbatlariga bog‗liqligini uqtirdi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling