Биология ва генетика
Darvin ta‟limot vujudga kelishdagi rol o‟ynagan omillar ijtimoiy shart- sharoit, tabiiy fanlarni yutug„ va 1931-1936 yilda uyushtirilgan « Bigl» kemasidagi sayohat bo‟ldi
Download 0.97 Mb.
|
Biologiya fani ma\'ruza matni
Darvin ta‟limot vujudga kelishdagi rol o‟ynagan omillar ijtimoiy shart- sharoit, tabiiy fanlarni yutug„ va 1931-1936 yilda uyushtirilgan « Bigl» kemasidagi sayohat bo‟ldi.Darvin sayohatdan qaytib kelgandan keyin evolyusiya nazariya yaratish ustida 20 yil tiladi va uni 1859 yilda «Tabiiy tanlanish yo‟li bilan turlarningpaydo bo‟lishi», ya‟ni «YAshash uchun kurashda moslasha olgan zotlarning saqlanib qolishi», nomli asarida e‟lon qildi. Darvinni asosiy xizmati shundaki, u evolyusiyani harakatlantiruvchi kuchlarni ochib berdi. Moslanishlarning yuzaga kelishi va uning nisbiy bo‟linishi, u gayriy tabiiy kuchlar ta‟siriga emas, balki tabiat qonunlari ta‟siriga bogliqligini materialistik tushuntirib berdi. U turlar ozgarmaydi va ularni xudo yaratgan degan metafizik tushunchalarni tag-tomiri bilan qo‟porib tashladi.4 Yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish va ular xillari. CH.Darvin sayoxatdan keyin yigirma yil davomida evolyusiya nazariyasini yaratish ustida jiddiy ishladi va uni «Tabiiy tanlash yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi yoki yashash uchun kurashga moslasha olgan zotlarning saqlanib qolishi» degan mashxur asarida (1858) yoritdi. U yana bir necha asarlar yozdi. Ulardan «Xonakilashtirilgan hayvon,madaniy o‘simliklarning o‘zgaruvchanligi», 1868), Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlash» (1871), «O‘simliklar olamida chetdan va o‘z-o‘zidan changlanishning ta‘siri» (1876) kabilarni ko‘rsatib o‘tish kerak. Bu asarlarida olim organik olam evolyusiyasining xarakatlantiruvchi kuchlari: irsiyat, o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish ekanligini e‘tirof etdi. U bu asarlarda turlarning paydo bo‘lishi nazariyasini atroflicha rivojlantirishga va chuqurlashtirishga jiddiy e‘tibor beradi. Darvin organizmning o‘zgaruvchanligi yangi nav va zotlar yaratishning eng muhim zamini bo‘lib hizmat qilishini aniqladi. U seleksionerlar yangi zot va navlarni etishtirishda o‘zgaruvchanlikning bir necha shakliga tayanib ish ko‘rishni aniqladi. SHunga asosan Darvin o‘zgaruvchanlikni belgilangan (ommaviy) va belgilanmagan (yakka tartibdagi) o‘zgaruvchanlikka bo‘ladi. Belgilangan o‘zgaruvchanlik bevosita tashki muhit ta‘siri ostida yuzaga keladi. Issiq yoki sovuq, namlik yoki qurg‗oqchilik , yorug‗lik, tuproq unumdorligi ta‘siri bilan belgilangan o‘zgarishlar kelib chiqishi mumkin. Hayvonlar muntazam ko‘p va sifatli ozuqa bilan ozuqlansa tez o‘sadi. YAxshilab o‘g‗itlangan bog‗ va polizda o‘stirilayotgan o‘simliklarning vegetativ organlari ancha kuchli rivojlanish tomoniga qarab o‘zgaradi. SHaroit o‘zgarishi natijasida barcha individlar o‘xshash, ya‘ni ma‘lum o‘zgarishlarni boshidan kechiradi. Bu o‘zgaruvchanlikni nomi shundan kelib chiqqan. Belgilangan o‘zgaruvchanlikda organizmlarning tashqi belgilari-fenotipi o‘zgaradi, lekin genotipi o‘zgarmaydi. Irsiy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikni modifikatsion o‘zgaruvchanlik deb ham ataladi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling