IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
37
firmalar faoliyati, aholi yashash manzilgohlari, assotsiatsiyalar, dehqon-fermer va
uy xo‗jaliklarining iqtisodiy holatini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Bunda
asosiy e‘tibor mahalliy sharoit, mehnat resurslari, ishlab chiqarish aloqalari hamda
istiqbolda rivojlanish masalalariga qaratiladi.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning qanday tadqiqot usullari mavjud?
2. Tadqiqotlarda geografik taqqoslash usuli qanday amalga oshiriladi?
3. Tarixiy usul deganda nimani tushunasiz?
4. Geografik
tadqiqotlarda
rayonlashtirish
usulining
ahamiyatini
tushuntiring.
5. Statistik tahlil usuli nimaga asoslanadi?
6. Iqtisodiy-matematik modellashtirish usuli haqida nimalarni bilasiz?
7. Tizim-tarkib usuli deganda nimani tushunasiz?
8. Sotsiologik so‗rov usuli qaysi hollarda qo‗llaniladi?
9. Prognoz qilish usulining ahamiyatini izohlang.