O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti elektronika va avtomatika fakulteti


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#228370
Bog'liq
1-referat



 

 

 



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI 

TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI 

ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA FAKULTETI 

144-20EA GURUH TALABASI 

Sattorov Og’abekning 

ELEKTRON TEXNIKA MATERIALLARI VA ELEMENTLARI 

FANIDAN BAJARGAN 

 

 

 

MAVZU: Atom tuzilishi haqidagi nazariyalar 

 

 



 

 

 

2021-YIL 


 

 

 



Reja: 

1. Kirish 

2. Atom tuzilishi 

3. Tompson modeli va Rezerford tajribasi 

4. Hulosa 


 

 

 



KIRISH 

 

Modda juda kichik zarrachalardan tuzilganligi haqidagi fikr qadimgi 



yunon olimlari tomonidanoq aytilgan edi. Ular ana shu zarrachalarni 

atomlar deb atashadi. Qadimgi yunonlar, atomlar muntazam ko’pyoqli 

shaklga ega, deb faraz qilishgan. Moddaning atomlardan tuzilganligi 

g’oyasining eksperimental isboti olingunga qadar yigirma asrdan ortiq vaqt 

o’tdi. Bu g’oya fanda kimyo va kinetic nazariyaning yutuqlari tufayli XXI 

asrning ikkinchi yarmida qat’iy qaror topdi. XX asr boshiga kelib, fizikalar 

atolarning o’lchamlari 10

-10


 m va massasi 10

-27


 kg atrofida bo’lishini bildilar. 

Atom (yunoncha “atomos” – bo’linmas) – kimyoviy elementlarning barcha 

xossalarini o’zida mujassamlashtirgan eng kichik zarrasi. Dastlabki 

“bo’linmas” nomini olgan bu zarraning ichki tuzilishi anchagina murakkab. 

Atom musbat zaryadlangan yadro va yadro atrofida harakatlanuvchi 

elektronlardan tashkil topgan. 

 

 

Atom markazida atom yadrosi joylashgan, atomning qolgan hamma 



hajmini elektronlar egallaydi. Yardo ichida elektronlar yo’q (bu 1930-yillar 

boshida aniq bo’ldi); yadro musbat zaryadlangan 

protonlar

 va zaryadga 

ega bo’lmagan 

neytronlardan

 iborat. Atomdagi elektronlar soni yadrodagi 

protonlar soniga teng; bu mazkur kimyoviy elementning atom raqami 

(uning davriy sistemadagi tartib raqami) dir. Elektron massasi proton yoki 

neytron massasidan tahminan 2000 marta kichik, shuning uchun atomning 

hamma massasi yadroga to’plangan. Turli elektronlar yadro bilan turli 

darajada bog’langan; ularning ba’zilarini atom nisbatan oson yo’qotishi 

mumkin, bunda u musbat 

ionga


 aylanadi. Atom qo’shimcha elektronlarga 

ega bo’lib, manfiy ionga aylanadi. Atomning birinchi miqdoriy nazariyasini 

1913-yilda daniya fizigi 

Nils Bor


 ishlab chiqdi. Bu eng oddiy atom –

 

vodorod



 atomining nazariyasi edi. Nils Bor Rezerford tajribalarining 

natijalaridan va o’sha vaqtlarda ma’lum bo’lgan atomlar vodorodning 




 

 

 



spektri haqidagi ma’lumotlardan foydalandi. U vodorod atomini quyidagi 

ko’rinishda tasavvur qildi: proton (atom yadrosi) atrofida 

aylanma 

orbita


 bo’lib elektron harakatlanadi. 

 

 



Elektron

 kashf etilgandan bir oz vaqt o’tgandan keyin, 1903 yilda 

ingliz fizigi 

Jozef Jon Tomson

 diametri tahminan 10 

−10


 m, ichiga elektronlar 

“sochilgan”, hajmi bo’yicha musbat zaryadlangan 

sfera

 shaklidagi atom 



modelini taklif etdi. Elektronlarning sfera markaziga nisbatan tebranganda

atom 


yorug’lik

 nurlantiradi. Tosmon, elektronlar sfera markazi atrofida 

qatlam bo’lib guruhlanadi, deb hisobladi. 

 

 



Tomson taklif etgan modelda atom massasi uning hajmi bo’yicha bir 

tekis taqsimlangan. Bunday farazning hato ekanligini tez orada ingliz 

fizigi 

Ernest Rezerford

 isbotladi. 1908-1911 yillarda uning rahbarligida 

α-

zarralar



 (

geliy yadrolari

)ning metal 

folga (zar qog’oz)da

 sochilishiga oid 

tajribalar o’tkazilgan edi. (qarang 

Alfa yemirilish

). α-zarra yupqa folgadan 




 

 

 



(qalinligi 1 mkm) o’tib va 

oltingugurtli qo’rg’oshindan

 qilingan ekranga 

tushib, 


mikroskopda

 yaxshi ko’rinadigan chaqnashni vujudga keltirar ekan. 

Ekranni α-zarraning dastlabki harakat yo’nalishida xar hil burchaklarda 

joylashtirildi va folgadan u yoki bu burchakka sochilgan zarralar soni 

sanaldi. Ko’pchilik zarralar folgadan bir oz og’ib o’tib ketishi aniqlandi

biroq ayrim hollarda (tahminan 10 000 lan bittasida) α-zarraning 90˚ dan 

katta burchakka og’gani kuzatildi. 

 

 



“ 

Bu, agar 15 duymli snaryadni bir varaq papiros qogʻoziga 

otganingizda, snaryad qogʻozdan qaytib kelib, sizga tekkanidek, 

aql bovar qilmaydigan hol edi 

” 

 – deb keyinchalik eslagan edi Rezerford. α-zarrachalarning sochilishiga oid 

tajribalar shuni yaqqol koʻrsatdiki, atomning butun massasi juda kichik 

hajmda – atom 

yadrosida

 toʻplangan boʻlib, uning diametri atom 

diametridan 10 000 marta kichikdir. Koʻpchilik α-zarralar ogʻir yadro 

yonidan, unga tegib ketmasdan uchib oʻtadi, biroq bunda u orqaga «sakrab 

ketishi» mumkin. 

Rezerford tajribalari atomning yadro modeli ni yaratish uchun asos boʻldi. 

Bu model bizning atom tuzilishi haqidagi bugungi tasavvurlarimizni 

ifodalaydi. 

 



 

 

 



 

Ko’p asrlar ilgani “bo’linmas” deb tan olingan atomlar, murakkab 

tuzilishga ega ekanligi ma’lum bo’ldi. Atom haqidagi shu uzoq yillar 

davomida olib borilgan izlanishlar, hozirgi kundagi taraqqiyotning asosi 

bo’lgan desak hech qanaqa mubolag’a bo’lmaydi. Miroelektronika va 

nanoelekrtonika sohalari ham, atomlarni o’rganish natijasida rivojlanib 

bormoqda. Shu sabali insoniyat atomlarni o’rganishdan hech qachon 

to’xtamaydi. 

 

 

 




 

 

 



Foydalanilgan adabiyotlar 

 



Abdurazzoqov A. A.Nazirov E. N.Rasulova M. Y.

Yosh Fizik ensikloperik Lugʻati, 1989 yil 



 

Wikipedia 



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling