Biologiya variant №2


Download 23.31 Kb.
bet1/3
Sana08.10.2023
Hajmi23.31 Kb.
#1695332
  1   2   3
Bog'liq
BIOLOGIYA var 2


BIOLOGIYA
VARIANT №2
1. Qaysi olim ilk bor 2 ta kolbada go`sht qaynatib,birinchi idish og`zini ochiq qoldirdi.Ikkinchi idishga “S” shaklidagi naycha uladi va uch kundan so`ng faqat birinchi idishdagi qaynatmaning aynib qolganini kuzatdi (a) va birinchi kolbadagi qaynatmaning aynib qolganiga qaysi organizmlar sabab bo`ldi(b)
A)a-K.Linney,b-bakteriya B)a-Lui Paster,b-virus
C)a- Lui Paster,b-bakteriya D)a-K.Linney,b-virus
2. Quyidagiorganizmlardan mikologiya fani obyektini ajrating.
1.kokk 2.qo`zidumba 3.batsidiya 4.sil qo`zg`atuvchisi 5.qizil muxomor 6.qorakuya qo`zg`atuvchisi
A)2,3,5 B)1,2,6 C)3,4,5 D)2,5,6
3. Quyidagi kasalliklarning qaysilari mikrobiologiya fani obyekti ta`sirida kelib chiqadi?
1. gripp, 2.vabo 3.gepatit, 4.o`lat 5.ensefalit, 6. Ichburug`
A)1,3,5 B)2,4,6 C)1,2,5 D)2,3,6
4. Yadroga ega bo`lmagan prokariot, geterotrof organizmlar uchun xos xususiyatni aniqlang. 1.Hayotning hujayrasiz shakli. 2.ancha sodda tuzilgan. 3.gifalarga ega 4.Qulay sharoitda, ya'ni ozuqa va harorat yetarli bo’lganda har 20-30 daqiqada bo'linib ko’payadi. 5. noqulay sharoitda zichlashib, qalin qobiq bilan o'ralib spora hosil qiladi. 6.Noqulay sharoitda zichlashib, qalin qobiq bilan o'ralib sista hosil qiladi;
A)1,4,5 B)1,2,4 C)2,4,5 D)2,4,6
5. Iste`mol qilinadigan suvo`tlarni aniqlang.
1.xlorella 2.ulotriks 3.laminariya 4.Xlomidomanada 5.porfira 6.Spirogira
A)1,2,3,4,5 B)2,4 C)1,5,6 D) 3,5
6. Makkajo’xori bilan bog’liq ma’lumotlarni aniqlang.
1) magnoliyasimon; 2) jo’xori turkumiga mansub; 3) yopiq urug’li; 4) yuksak sporali; 5) lolasimon; 6) kislorod manbayi hisoblanadi; 7) ochiq urug’li
A) 1,4,6 B) 2,3,6 C) 4,5,7 D) 1,2,6
7. 5 gr yog’ kislarod tasirida oksidlanib parchalanganda necha kj energiya hisil bo’ladi
A) 20,5 B) 88 C) 46,5 D) 194,5
8. Odamda qonning yo‘nalishi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
A) O’ng bo‘lmacha diastola holatida , venos qon ikkita vena qon tomiri orqali bo’lmamachaga o’tadi.
B) O’ng qorincha diastola holatda bo’lganda, venos qon o’pka arteriyasiga o’tadi.
C) Chap qorinchalar sistola holatida, arterial qon yarim oysimon klapan orqali aortaga o’tadi.
D) Chap bo‘lmacha diastola holatida, arterial qon to’rtta qon tomir orqali bo’lmachaga o’tadi.
9. Odam qoni plazmasida antigemofil omil, antitana, vitamin, gamonlar, uglevodlar, lipid, mineral tuzlar, agglutinin betta, eritrositlarida rezus-omil, gemoglobin, agglutinogen A bor. U qaysi qon guruhi uchun retsipiyent bo’la oladi?
A) I, III B) II, IV C) III, IV D) I, II
10. Adrenalin (a) androgen (b) ga tegishli fikrni aniqlang.
A) a-stres holatida keskin ortadi b- jinsiy bezlar funksiyasini kuchaytiradi
B) a-nerv qozg’aluvchanligi kuchayadi b-ayrisimon bez mahsuloti
C) a-buyrakusti bezini po’stloq qismidan ajraladi b-shish kasalligida garmon ishlab chiqarilishi kuchayadi
D) a- aralash bez mahsuloti b- buyrakusti bezining po’stloq qismidan ajraladi
11. Orttirilgan immun tanqisligi sindromining latentlik davriga xos belgilarni aniqlang.
1) limfa bezlarining og‘riqsiz yiriklashuvi kuzatiladi;
2) eshakyemi toshadi; 3) 5-10 yil davom etadi; 4) ich ketishi kuzatiladi; 5) stomatit, gerpes, kandidoz kuzatiladi; 6) virusli infeksiyaning so‘nggi o‘limoldi davri hisoblanadi; 7) harorat ko‘tariladi.
A) 1, 3 B) 2, 4 C) 3, 6 D) 5, 7
12. Quyida keltirilgan asarlar mualliflarini aniqlang.
a) "Nerv sistemasi fiziologiyasi"; b) "Odam tanasi qismlari"; c) "Bosh miya reflekslari"; d) "Odam tanasining tuzilishi to‘g‘risida"
1) Andreas Vezaliy; 2) Aristotel; 3) Pavlov Ivan Petrovich; 4) Sechenov Ivan Mixaylovich; 5) Galen
A) a - 3; b - 1; c - 4; d - 5 B) a, c - 4; b - 5; d - 1 C) a - 4; b - 5; c - 3; d - 1 D) a, c - 1; b - 2; d – 5
13.Quyida keltirilgan kasalliklar o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang.
a) tireotoksikoz; b) miksedema
1) nerv sistemasi qo‘zg‘alishi pasayadi; 2) ishtahaning pasayishi kuzatiladi; 3) moddalar almashinuvi sekinlashadi; 4) qovoqlar shishib ketadi; 5) yosh bolalarning o‘sishi, aqliy va jismoniy rivojlanishi juda sekinlashadi; 6) tez jahl chiqishi, uyqusizlik kuzatiladi
A) a - 2, 3; b - 1, 5 B) a - 4, 6; b - 3, 5
C) a - 2, 6; b - 3, 4 D) a - 1, 2; b - 4, 6
14. Qon ivishida ishtirok etadigan moddalar ta’sir ketma-ketligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
A) tromboplastin ---protrombin ---trombin ---fibrin ---fibrinogen
B) tromboplastin ---fibrinogen ---fibrin ---protrombin ---trombin
C) protrombin ---trombin ---tromboplastin ---fibrinogen ---fibrin
D) tromboplastin ---protrombin---trombin ---fibrinogen ---fibrin
15. Oyoq muskullarining funksiyalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
a) uch boshli; b) to‘rt boshli; c) ikki boshli.
1) oyoqni chanoqdan bukish; 2) oyoqni tovondan bukish; 3) oyoqni chanoqdan yozish.
A) a - 3; b - 1; c - 2 B) a - 2; b - 1; c - 3
C) a - 1; b - 2; c - 3 D) a - 2; b - 3; c – 1
16. Izotonik eritma deb qanday eritmaga aytiladi?
A) 0,9% li osh tuzi eritmasiga
B)0,9% dan past konsentratsiyali
C)0,9% dan yuqori konsentratsiyali D)t.j.yo'q
17. Fibrin(a), girudin(b) va geparin(s) degan tushunchalarni ma'nosi bilan to'g'ri juftlab ko'rsating: 1-qon ivimasligi; 2-zuluklar so'lak bezi ishlab chiqaradigan modda, 3-jigar ishlab chiqaradigan modda,qonning tomirlarda ivishiga to'sqinlik qiladi, 4-fibrinogenga trombin ta'sir etishidan hosil bo'lgan erimaydigan modda.
A)a-1,b-2,4, s-3 B)a-4,b-2,s-3
C) a-1,b-4, s-3 D) a-3,b-2,4, s-1
18. Virusli immun tanqisligi rivojlanishiga ko‘ra davrlari ketma ketligini toping.
1. inkubatsiya 2. OITSdan oldingi 3. terminal 4. latentlik 5. o‘tkir davr
A)1,3,4,5,2 B)1,5,4,2,3 C)3,2,4,5,1 D)1,2,3,5,4
19. Bu davrda hujayra immuniteti pasayishi tufayli stomatit, gerpes, kandidoz, til leykoplakiyasi kabi kasalliklarning takrorlanishi va uzoq davom etishi bilan bog‘liq.
A) latentlik B) OITS dan oldingi davr
C) o‘tkir davr D) terminal
20. Hujayrada sintezlanadigan moddalarni to’plsh va tarqatish vazifasini hujayraning qaysi qismi bajaradi?
A) E.T B)ribosoma C)lizosoma D)Golji majmuasi
21.G’ovak tolalai (I),tig’iz tolali (II) biriktiruvchi to’qimalarni juftlang?
1.yurak xaltasi 2.paylar 3.teri osti yog’ kletchatkasi 4.qon tomirlari devoir 5.chin teri
A) I-1,3,5; II-2,4 B) I-1,3; II-5,4,2
C) I-2,4,5; II-3,1 D) I-1,5; II-2,3,4
22.A.R.Beruniy “Saydana”asarida…….haqida malumat bergan.
A)o’simlk va hayvon tuzilishi B)ichki kasalliklar C)o’simlik va hayvonlardan tayorlangan dorilar D)yuqimli kasalliklar
23. Zahari ko'zga tushsa odamning vaqtinchalik ko'rish qobiliyatini pasayishga olib keladigan (a), qaynatmasi ko'z kasalligini tuzalishiga yordam beradigan(b)o'simliklarni aniqlang.
1.Na'matak 2.Aloe 3.Yalpiz 4.Kanakunjut 5.Zaharli ayiqtovon 6.Isiriq
A)a-5b-3 B)a-5b-6 C)a-6 b-5 D)a-3 b-5
24.to’g’ri fikirni aniqlang.
A) avtotoflarga barcha bakteriyalar kiradi
B) assimiliyaciya jaroyonida energiya poyda buladi. C)mimoza bargalariga qol tekizilsa bargalari yoyiladi D)jinisiy kopayishga gametalar qatnashadi

Download 23.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling