Biologiyadan darsdan tashqari ishlar
Tabiatdagi darsdan tashqari ishlar
Download 21.56 Kb.
|
Biologiyadan darsdan tashqari ishlar
Tabiatdagi darsdan tashqari ishlar asosan morfologiya, ekologiya va sistematikaga doir ҳodisalarni aniqlashga va gerbariy ҳamda kollektsiyalar tayyorlashga yordam beradigan kuzatishlar uchun topshiriqlar beriladi. Ular asosan yozda bajariladi va shuning uchun ko’pincha yozgi topshiriqlar deb ataladi. Yoz davomida V sinf o’quvchilariga poya, ildiz va barglari ҳar xil shakldagi o’simliklarni yig’ish: VI sinf o’quvchilariga madaniy va yovvoyi o’simliklarni yig’ish va gerbariy tayyorlash; VII sinf o’quvchilariga xayvonlar ustida kuzatish olib borish, ҳasharotlardan kollektsiyalar to’plash kabi topshiriqlar beriladi. O’simliklarni ҳamda ularda yashaydigan ҳasharotlarni, ular yetkazgan zararlarni, ularning rivojlanish fazalarini ko’rsatadigan biologik kollektsiyalar katta aҳamiyatga ega. O’qituvchi ixtiyorida yozda chet ellarga ota-onalari bilan sayoҳatga boruvchi o’quvchilar yordamida xonani qiziqarli obhektlar bilan boyitish uchun imkoniyat bor. O’qituvchi o’quvchilarning qaerga borishini oldindan bilib olib, kabinet uchun kerakli obhekt olib kelish to’g’risida topshiriq beradi. Albatta bunday topshiriqlar tabiat muҳofazasini ҳisobga olgan ҳolda bo’ladi.
V, VI va VII sinflarda sistematik ravishda olib boriladigan fenologik kuzatishlar aloҳida o’rin tutadi. O’quvchilar ҳar kuni kundaliklariga tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlarni yozib boradilar. O’simlik va xayvonot dunyosida olib boriladigan fenologik kuzatishlar obҳavoning ҳolati bilan bog’lanadi. Elementar metrologik kuzatishlar olib boriladi. Bu kuzatish mahlumotlari o’simliklar va ҳayvonlarning rivojlanishi ҳamda ҳulq-atvori bilan taqqoslanadi. Tirik tabiat burchagida, uchastkada va tabiatda bajariladigan darsdan tashqari ishlar darsda o’rganish uchun qiziqarli material beradi, o’quvchilarda mustaqil ishlash uquv va ko’nikmalarini tarbiyalaydi, tabatga qiziqishni rivojlantiradi. Bunday ishlarni bajarish uchun o’kuvchilar, odatda, topshiriqlarda ko’rsatiladigan o’simlik va ҳayvonlar to’g’risidagi maxsus adabiyotlarga, mahlumotnomalarga, entsiklopediyalarga murojat qiladilar. Ayni shu darsdan tashqari ishlar yordamida o’quvchilarda bilimni chuqurlashtirish uchun kitoblarga doimiy murojat qilish eҳtiyoji tarbiyalanadi. Dars bilan uzviy bog’liq ҳolda darsdan tashqari ishlar biologiya o’qitishning majburiy shakli bo’lib qoldi, ular darsni davom ettiradi va mustaҳkamlaydi. O`quvchilarda biologiyadan bilim berishdagi uzulish 9-sinf ularning maktab o`quv tajriba uchaskasida olib boriladigan ishlarini bir muncha cheklab. Bahorda 10-sinfga o`tish vaqtida bazi tajribalar ixtiyoriy ravishda olib borilishi mumkin, ammo umumiy biologiya kursida maktab o`quv tajriba uchaskasida kuzda ham foydalansa bo`ladi, bu narsa «organik olamning evolyutsiyasi haqida Ch.Darvin talimot »degan mavzu metodikasida ko`rsatib o`tkazilgan tajribalar o`tkzish, qishloq maktablarining o`quvchilarida katta qiziqish uygotish mumkin. O`qituvchi biologiya bilan qiziqadigan uvchilarni oldingi sinflardanoq yaxshi bilishi kerak va ularning qiziqishini qo`llab quvatlabgina qolmay balki yanada kamol toptirishga yordam berishi kerak. Sinfdan tashqarii Mashgulotlar. Hozirgi zamon biologiyasi masalalari o`quvchilarda katta qiziqish uygotmoqdaki, ular darsning o`zi Bilan hamma vaqit ham qanoatlantiravermaydi. Nixoyat 11- sinflarda o`quvchilarning qiziqishi kelgusida kasb tanlashi Bilan bogliq holda farqlanadi. Sinfdan tashqarii Mashgulotlarni tashkil etishda to`garaklar tashkil etish, kechalar hamda konferensiyalar, sinfdan tashqarii o`qishlar va hokozolar o`tkazish zarurati tuguladi. Biologiya to`garagi biologiya Bilan qiziqqan va qo`shimcha ravishda shugullanishni xoxlagan o`quvchilar uchun tashkil etiladi. Biologiya to`garagida o`tkaziladigan Mashgulotlarning taxminiy mavzulari ushbu kursda barcha mavzularning metodikasida ko`rsatilgan. Bular avvalo o`quvchilarning Dunyoqarashini shakillantirish, fanga tabiatga va jamiyatga nisbatan muhabbat uygotish xarakteridagi mavzular bo`lishi kerak. Biz tavsiya qilayotgan ko`pgina mavzular faqat kitob o`qishni emas, balki tirik tabiat burchagida tajribalar o`tkazish, tabiatda kuzatshlar olib borish mikroskopda ishlashni ham talab etadi. To`garak ishlarini maxaliy ilmiy muassasalarining ishlari Bilan ham boglab olib byuorish mumkin. To`garaklarning bazi Mashgulotlarida sinfdagi barcha o`quvchilar taklif qilinadi. To`garak azolari bunday Mashgulotlarga qo`liyozma, jurnallar, ko`rgazmalar vistafkalar tayyorlaydi.Umumiy biologiya kursiga oid ilmiy kechalar va konferensiyalar o`tkazish, shubxasiz, o`quvchilar etiborini jalb etadi.Ilmiy kechalarda qilinadigan dokladlar kino ko`rsatish, kitoblardan ayrim kechalarni ifodali o`qish, muzika chalish, ashula aytish kabi ishlar Bilan qo`shilib olib borilishi mumkin.Konferensiya qatiy plan asosida o`tkaziladi, dokladlar qilinadi, muzokaralarda so`zga chiqadi, barcha tadbirlarga kitoblar vistavkasi, o`quvchilarning ishlaridan namunalar tayyorlanadi. Kechalar o`tkazish uchun quyidagi temalarni «tabiat sistemasi», «O`zbekiston florasi va sistematikalari to`grisida », «V. I. Vernadiskiyning noosfera haqidagi goyalari »va boshqalarni tavsiya etish mumkin. Umumiy biologiya kursidan sinfdan tashqari o`qishlar tashkil etish juda ham zarur. Gap shundaki, o`quvchilar ko`pgina malumotlarni stixiyali ravishda oladilar, radio va televizion eshitirishlarni tinglaydilar, ilmiy ommabop jurnallar o`qiydilar va hokazo. Natijada ular, ko`pincha masalalarni mustaqil ravishda hal qila olmaydilar va eshitgan yoki ko`rgan narsalarini bazan noto`gri tushinadilar. Uyda o`qib kelishi uchun tavsiya etiladigan kitoblar, jurnal va mAqolalarning ro`yxati biologiya xonasiga osib qo`yiladi. Bu ro`yxat muntazam ravishda yangilanib turiladi.Kitoblar yoki mAqolalarning nomlarini dars vaqtida aytish shart emas, o`quvchilarning o`qigan narsalaridandarslarda qisqAgina axborot xolida foydalaniladi. Darsdan va sinfdan tashqarii ishlarning barcha xillari mazmuni va metodlariga ko`ra dars Bilan chambarchas bogliq holda olib boriladi. U o`quvchilarda dars vaqtida ko`proq va chuqurroq bilim olishga qiziqish uygotadi. Bunday ehtiyojlar sinfdan tashqi Mashgulotlarda qondiriladi va keyingi darslarda yanada rivojlantiriladi. Darsni rejalashtirish. Biz o`qituvchi uchun bu kursni o`qitishning perispektik rejasini bir yilga mo`ljallab tuzi shva bunda berilgan soatlarni kanikul hamda bayram kunlarini hisobga olgan holda temalar va temachalarni o`tish mudatlariga qarab taqsimlash, takrorlash uchun savollar belgilash, ekskursiyalar va sinfdan tashqarii ishlarni taqsimlab chiqish mAqsadga muovofiq deb hisoblaymiz. Perispektik rejaga asosan o`qituvchi tematik reja tuzadi. Bunda mavzu mazmuning mantiiqIy bayon etilishi va izchilligi, qo`llaniladigan metodlar, ko`rsatma qurollar, amaliy ishlar va sinfdan tashqi mashgulotlar uchun materiallar ko`rsatiladi. Tajriba o`tkazish. Biologiyani o`qitishda qo`llaniladigan o`ziga xos usul. Maxsus sharoit yaratilgan xonalarda biologik jarayonlar va hodisalarni kuzatish , bili shva uni tushunishdan iborat . Bu usullarni qo`llash bir qator sharoitlar bilan bogliq. Avvalo tajriba uchun zarur bo`lgan barcha asbob va materiallar mavjud bo`lishi kerak . Shubilan birga o`quvchi tajribaning mAqsadini oldindan bilishi lozim. Bundan tashqarii tajribani to`gri o`tkazish, kuzatish va olingan natijalarni ham udalashi kerak bo`ladi. Tajriba o`tkazish uchun berilgan yo`riqnomalarni kitoblardan topish mumkin. Ko`p hollarda tajriba ancha murakkab bo`lib, bu mashgulot o`qituvchi rahbarligida olib boriladi. Ko`rgazmali metodlar. Bu metoblar tirik va tabiiy obektlarni tayyor kolleksiya, quruq va ho`l preparatlar, jadvallar, rasmlar, o`quv kino va videofilmlar, kompyuter, elektron darsliklar, multimedialar namoish qilish, modellashtirilgan elektron darsliklar va boshqa vositalar orqali amalga oshiriladi.Ko`rgazmali metodlarning qo`llanilishi o`quvchilarga o`rganiladigan obektlar, voqia va hodisalarni his etish, taqoslash,ularga xos xususiyatlarni aniqlash, umumlashtirish va xulosalashga imkon beradi. O`quv jarayonida ko`rgazmali metodlar hikoya, suhbat, amaliy, muammoli va boshqa metodlar bilan olib boriladi. Laboratoriya mashgulotlari. Laboratoriya mashgulotlarida asosiy metod o`quvchilarning mustaqil ishi hisoblanadi. Mashgulotga ajratilgan vaqitning ko`p qismi o`quvchilarning mustaqil ishlarni bajarishga sarf bo`ladi. Mazmuniga ko`ra tarqatma material yordamida olib boriladigan mustaqil ishlarni ham laboratoriya mashgulotlari qatoriga kiritish mumkin. Mashgulotning mualliflar ishlab ishlab chiqqan moduli ta`lim texnologiyasi asosida tashkil etishi dars samarasini keskin oshirishga imkon beradi.Mazkur texnologiya mashgulot mavzusi bo`yicha ishlab chiqilgan dastur asosida o`quvchilarning laboratoriya ishlarini mustaqil bajarishi, o`z-o`zini nazorat qilish asosida o`z bilimini baholashi va mashgulotga yakun yasashidan iborat. Download 21.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling