Biologiyaning zamonaviy tadqiqot usullari
Elektromagnit maydonini normalash va undan himoyalanish
Download 313.53 Kb.
|
BZTU mustaqil ish
2.Elektromagnit maydonini normalash va undan himoyalanish
Respublikamizda yo’lga qo’yilgan nurlanishning ruxsat etilgan darajalari juda kam birlikni tashkil qiladi. SHuning uchun organizm uzoq vaqt nurlanish ta’sirida bo’lgan taqdirda ham hech qanday o’zgarish bo’lmasligi mumkin. SN 848-70 bo’yicha ko’zda tutilgan «YUqori, o’ta yuqori va haddan tashqari yuqori chastotadagi elektromagnit maydonlari manbalarida ishlaganlar uchun sanitar norma va qoidalar» quyidagicha ruxsat etilgan norma va chegaralarni belgilaydi: ish joylarida elektromagnit maydoni radiochastota kuchlanishi elektr tarkibi bo’yicha 100 kGs-30 MGs chastota diapazonida 20 V/m, 30-300 MGs chastota diapazonida 5 V/m dan oshmasligikerak. Magnit tarkibi bo’yicha esa 100 kGs- 1,5 MGs chastota diapazonida 5 V/m bo’lishikerak. SVCH 30-300 000 MGs diapazonida ish kuni davomida ruxsat etiladigan maksimal nurlanish oqim kuchlanishi 10 mk Vt/sm2 , ish kunining 2 soatidan ortiq bo’lmagan vaqtdagi nurlanish 100 mk V/sm2 dan oshmasligikerak. Bunda albatta muhofaza ko’zoynagi taqilishikerak. Qolgan ish vaqti davomida nurlanish intensivligi 10 mk Vt/sm2 dan oshmasligikerak. SVCH diapazonida kasbi nurlanish bilan bog’lanmagan kishilar va doimiy yashovchilar uchun nurlanish oqimi zichligi 1 mk Vt/sm2 dan oshmasligikerak. YUqorida keltirib o’tilgan formulalarni tahlil qilish, elektromagnit maydonidan ish joylarini uzoqrok joylashtirish va elektromagnit maydonlari oqimlarini yo’naltiruvchi antennalar bilan ish joylari orasidagi masofani o’zgartirish, genyeratorning nurlanish kuchlanishini kamaytirish, ish joylari bilan nurlanish oqimlari uzatilayotgan antennalar orasiga yutuvchi va kamaytiruvchi ekranlar o’rnatish, shuningdek, shaxsiy muhofaza aslahalaridan foydalanish ish joylaridagi elektromagnit maydonlaridan muhofazalashning asosiy vositalari hisoblanadi. Elektron qurilmalar yoki elektr uzatish liniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektromagnit maydonlar (EMF) organizmga ta'sir qilishi va ba'zi hollarda sog'liq muammolariga olib kelishi mumkin. Organizmni EMFDAN himoya qilishning eng yaxshi usuli bu maydonlarga ta'sir qilishni cheklashdir. Elektromagnit maydonni normallashtirish va organizmni himoya qilishning ba'zi usullari: 1) EMF ekranlash materiallaridan foydalanish: metall, mis yoki alyuminiy kabi ba'zi materiallar EMF nurlanishini to'sib qo'yishi mumkin. Ushbu materiallar EMF manbai va organizm o'rtasida to'siqlar yaratish uchun ishlatilishi mumkin. Masalan, EMF ekranlashtiruvchi bo'yoq xonani tashqi EMFDAN himoya qilish uchun ishlatilishi mumkin. 2) EMF himoya vositalaridan foydalanish: elektron qurilmalar tomonidan ishlab chiqarilgan EMF nurlanishi bilan bir xil chastotada elektromagnit to'lqinlarni chiqaradigan qurilmalar mavjud. Ushbu qurilmalar hurmatli EMF nurlanishini bekor qiladigan to'lqin aralashuvi naqshini yaratadi. Bunday qurilmalarga EMF himoya qavslari yoki marjonlarni misol qilib keltirish mumkin. 3) manbadan masofa: EMF nurlanishining kuchi manbadan masofa bilan kamayadi. Shuning uchun elektr uzatish liniyalari yoki elektr qurilmalari kabi EMF nurlanish manbalaridan uzoqroq turish ta'sirni cheklashi mumkin. 4) elektron qurilmalardan foydalanishni cheklash: mobil telefonlar, noutbuklar yoki planshetlar kabi elektron qurilmalardan foydalanishni cheklash EMF ta'sirini kamaytirishi mumkin. Bu, ayniqsa, bolalar va homilador ayollar uchun juda muhimdir. 5) EMFSIZ zonani yaratish: uyda EMF nurlanishidan xoli bo'sh joy yaratish organizm uchun foydali bo'lishi mumkin. Masalan, tunda yotoqxonadagi barcha elektron qurilmalarni o'chirib qo'yish EMFSIZ uxlash muhitini yaratishi mumkin. Shuni ta'kidlash kerakki, ushbu strategiyalar EMF nurlanishining ta'sirini kamaytirishga yordam berishi mumkin bo'lsa-da, zamonaviy hayotda EMF nurlanishining barcha manbalarini butunlay yo'q qilish mumkin emas. Oraliqni uzaytirish yo’li bilan yerishiladigan muhofaza usuli eng oddiy va eng samarali hisoblanadi. Bu usuldan ish joylari elektromagnit maydonlaridan tashqarida bo’lgan ishchilar va shuningdek, nurlanuvchi qurilmalarni uzoqdan turib boshqarish imkoniyatini beradigan hollarda foydalanish mumkin. Bu usuldan foydalanish imkoniyati ish bajarilayotgan xona etarlicha kattalikda bo’lgandagina muvaffaqiyatli chiqadi. Nurlanishni kamaytirishning yana boshqa usuli kuchli nurlanish genyeratorini, kuchsizroq nurlanish genyeratori bilan almashtirishdir. Lekin bu usulda texnologik jarayonni hisobga olish zarur. Nurlanish kuchini kamaytirishning boshqa usuli sifatida antennaga ekvivalent bo’lgan nurlanishni yutuvchi yoki kamaytiruvchi qurilmalarni antenyuatorlarni qo’llash, genyeratordan nurlanish tarqayotgan qurilmagacha bo’lgan oraliqdagi nurlanish kuchini yo’qotishi yoki kamaytirishi mumkin. Nurlanishni yutuvchi qurilmalar koaksil va to’lqin qaytaruvchi bo’lishi mumkin. Bu qurilmalarning sxemasi 31-rasmda keltirilgan. Energiya yutgich sifatida grafit yoki boshqa uglyerodli qotishma ishlatiladi. SHuningdek, ba’zi bir dielektrik materiallardan foydalanish mumkin. Bunday materiallar qatoriga rezina, podevorirol va boshqalarni kiritish mumkin. Nurlanish quvvatini kamaytirish maqsadida ishlatiladigan attenyuatorlar doimiy va o’zgaruvchan bo’lishi mumkin. Doimiy attenyuatorlar elektromagnit to’lqinlarini yutish koeffisienti katta bo’lgan materiallardan ishlanadi. Bu attenyuatorlarning pichoqlari va plastinkalari dielektrik moddiydan tayyorlanadi va ustki qavati yupqa metall plastinka bilan qoplanadi. Ular elektromagnit kuchi chiziqli maydoniga parallel ravishda o’rnatiladi. Attenyuatorlarning so’ndirish kuchi pichoqni to’lqin o’tkazgichga chuqurroq botirish yoki plastinkalarni bir-biriga yaqinlashtirish yo’li bilan oshiriladi yoki kamaytiriladi. Nurlanish yutuvchi qurilmalardan va attenyuatorlardan to’g’ri foydalanish elektromagnit energiyasini tashqi muhitga tarqalishini 60 dB dan ko’proq miqdorda kamayishini ta’minlaydi va nur kuchlanish oqimi 10 mk Vt/sm2 dan bo’lmagan miqdorini taminlash imkoniyati mavjud bo’ladi. Elektromagnit nurlanishlaridan muhofazalanishning asosiy usullaridan biri-ekranlar usulidir. Ekranni to’g’ridan-to’g’ri elektromagnit to’lqinlarini tarqatayotgan manbaga yoki ish joylariga o’rnatish mumkin. Nur qaytarish ekranlari elektr tokini yaxshi o’tkazadigan materiallardan yasaladi. Ekranlarning muhofazalash xususiyati, elektromagnit maydoni ta’sirida ekran yuzasida Fuko tokining hosil bo’lishiga asoslangan. O’z navbatida Fuko toki elektromagnit maydoniga qarama-qarshi zaryadga ega bo’lgan zaryad hosil qiladi. Natijada ikqila maydonning qo’shilishi kuzatiladi va ikkala maydondan uncha katta kuchga ega bo’lmagan maydon qoladi. Ekran yuzasida bo’lgan yo’qotilgan energiya va ma’lum miqdordagi nurlanishni yo’qotish mumkin bo’lgan ekran qalinligini hisoblash mumkin. Ekrandan o’tib kelayotgan nur oqimi quvvati va zichligini Ro va Io bilan, ekransiz nur oqimi quvvati va zichligini R va I bilan belgilaymiz. Bunda kuchsizlangan nurlanish quyidagi formula bilan aniqlanadi: Ekranning mustahkamligiga asoslanib, ular yaxshi elektr o’tkazuvchan, qalinligi 0,5 mm dan kam bo’lmagan yaxlit materiallardan tayyorlanadi. Kuzatish uchun va texnologiya nuqtai nazaridan qoldirilgan ochiq joylar yacheykasi 4x4 mm dan kam bo’lmagan metall to’r bilan to’silishikerak. Ekran albatta yyerga ulanishi zarur. To’r va ekran elementlari o’zaro yaxshi payvandlangan bo’lishikerak. CHunki elektr o’tkazuvchanlikning pasayishi ekran effektining keskin kamayishiga olib keladi. Ekran bilan elektromagnit maydonining kuchsizlanish darajasi shartli ravishda elektromagnit to’lqinlarining ekran materialiga kirib borishi chuqurligi ekran qalinligidan kamroq bo’lishi bilan belgilanadi. Magnit maydonining ekranga kirib borish chuqurligi d bo’lganda, undagi kuchsizlanish e=2,718 marta bo’lsa, quyidagi formula bilan aniqlanadi: Bunda: -ekran moddiyining mutloq magnit qarshiligi g/m; -ekran moddiyining solishtirma o’tkazuvchanligi, Sm/m; f-chastota, Gs. Bunda: d-ekran moddiyining qalinligi, mm; , , f-qancha katta bo’lsa, maydonning ekran qalinligiga kirib borish chuqurligi shuncha kam bo’ladi; bu esa ekranni yupkalashtirish imkonini beradi. Odatda yuqori va o’rta yuqori chastotadagi elektromagnit maydonlarining kirib borish chuqurligi juda kichkina (mm dan ancha kichkina), shuning uchun bunday ekranlarni tanlash konstruksiya nuqtai nazaridan karaladi. Download 313.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling