Biopolimerlar tuzilishi va xossalari Tovushning veterinariyadagi ahamiyati va fiziologik xossalari Tovushning fiziologik xossalari
Download 425.71 Kb.
|
hujayraa
3. Tovushning fiziologik xossalari
Tovushning fiziologik xossalaridan biri bu tovushning quloqqa beradigan bosimidir va bu bosim quyidagi formula bilan aniqlanadi: P = ^2-1-p-v. (2.2) Bunda I — tovush intensivligi; p — muhit zichligi; v — tovush tezligi. Yuqorida aytib olilganidek, to\aish intensivligi juda keng diapazonga ega. Shu sababli logarifmik shkaladan foydalaniladi. JQ ning qiymatini shkalaning boshlang‘ich darajasi qilib olib, boshqa istalgan intensivlikni uning 70 ga nisbatan o‘nli logarifmi orqali ifodalash mumkin. Bu ishni Veber-Fexner amalga oshirgani sababli unga Veber — Fexnerning psixofizik qonuni deyiladi: L =K \gy- (2.3) -'o 31. Bunda L — tovush qattiqligi: К — proporsionallik koeffitsiyenti. Bu qonunga binoan tovush intensivligi 1000 ga o£zgarsa, uning qattiqligi (lglOOO = 3) 3 marta o'zgaradi. Ikki intensivliklar nisbati Bellarda o'lchanadi. Masalan: intensivliklar nisbati 4 В bo'lganda qattiqlik lg7^ = 4 yoki I = 1„ x 104 = 10~s W /m2 bo'ladi. Amalda tovush qattiqligi Bellarda emas, balki undan kichikroq bo'lgan detsibellarda (dB) o'lchanadi. U holda (2.3) quyidagi ko'rinishda yoziladi: A«> = 101g у-- (2.4) * О Demak, = 10Hfi10 = 1,26 , 20 dB - intensivlik 100 marta I О kamayishini ko'rsatadi. Intensivlik 10 J/m 2 s bo'lsa, u tovush sifatida eshitilmaydi va quloqda og'riq seziladi. Detsibellarga asoslanib eshitish sohasini 0 dan 120 dB oralig'igacha bo'lish mumkin. 120 dB dan yuqorisi shovqin hisoblanadi. Tovush ovoz chiqarish apparati ovoz bo'ylamlari, yumshoq tanglay, lablar tebranishlari tufayli hosil bo'ladi. Tovush hosil qilishda havo yo'llari (yutqin, og'iz va burun bo'shliqlari, o'pka, bronx, traxeya) ishtirok etadi. Ovozni qabul qiluvchi a ’zo quloqdir. Quloqda membrana mavjud bo'lib, uning asosiy qismi har xil uzunlik va qalinlikda bo'lgan elastik tolalardan iborat, ularning soni 20 mingdan ortiq bo'ladi. Tovushni sezish qattiqlikdan tashqari yuksaklik bilan ham xarakterlanadi. Tovush yuksakligi — tovush sifatini aniqlovchi xarakteristika bo'lib, odamning eshitish a’zosi orqali subyektiv ravishda aniqlanadi va u chastotaga bog'liqdir. Chastota oshishi bilan yuksaklik oshadi, ya’ni tovush «yuqori» bo'ladi. Tovush ham yorug'lik kabi ko'plab axborot manbayidir. Shuning uchun ichki a’zolarning fiinksiyasi buzilsa, tovush ham o'zgaradi. Kasallikka tashxis qo'yishda keng tarqalgan tovushiy usul — auskultatsiya (bemorni eshitib ko'rish), bu usul eramizgacha bo'lgan 11 asrdan beri ma’lum. Auskultatsiya uchun stetoskop 32 yoki fonendoskopdan foydalaniladi. Fonendoskopning umumiy tuzilishi 2.2-rasmda ko'rsatilgan. Kovak kapsulada havo u stuni rezonanslanadi, buning natijasida tovushlanish zaryadi va auskultatsiya yaxshilanadi. O'pkalar auskultatsiyasida nafas shovqinlari, kasallik uchun xarakterli bo'lgan xirillashlarni tinglaydilar, shunda yurak faoliyatini eshitish mumkin. Yana bir tovush usuli — perkussiya — tiqillatib urib ko'rish. Organizmning turli qismlarini bolg'acha yoki qo‘l bilan tiqillatib urib ko'rishda majburiy tebranishlar yuzaga keladi. Bu tovushga perkuter tovush deyiladi. Yumshoq joyga (muskul, yog', teri) urganda qisqa to'lqin hosil bo'ladi va tez yutiladi. Agar elastik qismiga urilsa rezonans bolib, perkuter tovush kuchayishi mumkin va u ancha baland tovush hosil qiladi. Agar organizmda patologik o'zgarishlar bo'lsa, tovush o'zgaradi. Hayvonlarning tovush chiqarish a’zolari turlichadir. Ular tovushdan ov qilish, aloqa vositalarida foydalanadi. Hamma hayvonlarda ham ovoz chiqarish a’zolari mavjud emas. Shu sababli ovoz chiqarish uchun ular boshqa a’zolardan foydalanadi (qanotlar, oyoqlar va hokazo). Bo'g'inoyoqlilar ishqalanish yoki bir a’zoning ikkinchisiga urilishi, membranalar tebranishi (qanotlar), tirqish orqali havo o'tkazish tufayli tovush chiqaradi. Ularning akustik spektri murakkab, chastotasi yuqori (2 kHz atrofida). Masalan, chivinlar qanotini qoqishi tufayli tovush chiqaradi. Batiqlar. Ularning chiqaradigan tovushi, asosan, tanasining u darajada silliq boim asligi tufayli suzish vaqtida suv bilan ishqalanishidan paydo bo'ladi. Shu bilan birga har bir baliq o'ziga xos tovush chiqaradi. Masalan: stavrida g'ijirlashga o'xshash tovush chiqarsa, lesh xurrakka o'xshash, dengiz karasi esa tiqillashga o'xshash tovushlar chiqaradi. Baliqlar, asosan, suzuvchi jabrasi yordamida tovush chiqaradi. Uning ichida havosi bor. Buni 2.2-rasm. Fonendoskopning tuzilishi: / — kovak kapsula; 2 — tovush o ‘tkazadigan membrana; 3 — quloqqa boradigan rezina. 33 harakatga keltirish uchun baliqlar yonboshida joylashgan baraban muskullarini ishga soladi. Qushlar. Ularning tarqatadigan tovushlarining ko‘pchiligi tovush a’zolaridan emas, balki qanotlari, tumshuqlari, oyoqlaridan chiqadi. Masalan, turnalar taqillagan tovushni tumshuqlarini yopish va ochish yordamida chiqaradi. Lekin asosiy rolni nafas tovushlari o‘ynaydi. Tanglayida ikkita membrana mavjud — tashqi va ichki. Uning ish prinsipi Bernuili qonuniga asoslangan. Havo tez o‘tishida ovoz chiqaradi. Qushlar, asosan, 200 Hz — 12 kHz chastotali, ba’zilar esa hatto 30—50 kHz chastotali ultratovushlar chiqarishi mumkin. Sutemizuvchilar. Ular asosiy tovushni yuqori tanglay orqali hosil qiladi. Bunda, og‘iz, burun, hattoki o'pka ham ovoz chiqarishda ishtirok qiladi. Ular chastotasi bir necha gersdan yuzlab kilogerslargacha (ko‘rshapalaklar). Ba’zi jonivorlar uchun qabul qilish mumkin bo‘lgan eng yuqori chastotalarni keltiramiz: odam 20 kHz, shimpanze 30 kHz, it 60 kHz, mushuk va delfin 100 kHz, ko‘rshapalaklar 150 kHz, kabutarlar 12 kHz, tovuqlar 12 kHz.
Download 425.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling