Biosfera Biosfera


Download 28.21 Kb.
Sana16.04.2020
Hajmi28.21 Kb.
#99635
Bog'liq
Biosfera


Biosfera

Biosfera (bio... va yun. sphaira—shar) - Yerning tirik organizmlar tarqalgan qobigʻi. Biosferaning tarkibi va energetikasi undagi tirik organizmlarning faoliyati bilan bogʻliq. Biosferani "hayot sohasi", Yerning sirtqi qobigʻi toʻgʻrisidagi dastlabki fikrni Lamark bildirgan. Biosfera terminini esa fanga avstraliyalik geolog E. Zyuss (1875) kiritgan. Biosfera toʻgʻrisidagi toʻlatoʻkis taʼlimotni rus olimi V. I. Vernadskiy (1926) ishlab chiqqan. Biosfera atmosferaning ozon ekranigacha balandlikda boʻlgan qismi (20–25 km),litosferaning sirtqi qismi va gidrosferani toʻliq oʻz ichiga oladi. Biosferaning quyi chegarasi quruqlikda 2–3 km, okean tubida 1–2 km chuqurlikkacha boradi.Yerdagi hayot murakkab va xilmaxil organizmlar kompleksidan iborat. Tirik organizmlar va ular yashaydigan muhit oʻzaro chambarchas bogʻlangan bir butun dinamik sistema—biogeotsenozlarni hosil qiladi. Hozirgacha fanga tirik organizmlar 180 0S gacha issiqlik muhitida yashayolishlari ma'lum edi. Yangi ma'lumotlarga ko`ra ular 1001 0S issiqlikkacha chidayolishlari bashorat qilinmoqda. Tirik organizmlarning bosimga chidayolish diapazoni ham keng. Ular vakuum sharoitidagi butunlay bosimsiz muhitda ham, bosimi minglab atmosferaga teng bo`lgan muhitda ham o`z hayot faoliyatini saqlay oladilar. Ba'zi bakteriyalar hatto 12 ming atmosfera bosimiga ham chidayolishlari aniqlangan. Tirik organizmlar shuningdek muhitning ximizmiga ham chidamlidirlar. Biosferaning dastlabki organizmlari butunlay kislorodsiz muhitda yashaganlar. Ba'zi organizmlar (masalan, nematodlar) hozir ham anaerob sharoitida yashaydilar. Ba'zi mikroorganizmlar turli tuzlar va kislotalarning eritmasida ham yashayoladilar (masalan, oltingugurt va azot bakteriyalari). Ayrim organizmlar radioaktiv nurlanishga chidamlidirlar. Masalan, ko`pchilik infuzoriyalar radiatsiyaning fani Yer yuzidagi o`rtacha fondan 3 mln. baravar yuqori bo`lgan sharoitda ham yashayoladilar. Ba'zi bakteriyalarning hatto yadro reaktorlari ichida ham topilishi biosferada hayot chegaralarining nihoyatda keng ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Biosferaning hayot chegarali shartli ravishda quyidagicha qabul qilingan: pastki chegara – harorati 100 0S gacha issiq suvga ega bo`lgan yer osti qatlamidir. Bu qatlam ba'zi joylarda 10-15 ming metr chuqurlikkacha bo`lib, unda ayrim bakteriyalar yashayolishi aniqlangan; yuqori chegara – yerdan 25-35 km. balandlikda joylashagan ozon pardasi hisoblanadi. Undan yuqorida quyoshning ultrabinafsha nurlari ta'siridan organizmlar yashayolmaydi (kosmonavt va astronavtlar bundan mustasno).

Yerda hayotning rivojlanishi davomida organizmlarning bir guruhi ikkinchisining oʻrnini olib turgan boʻlsada, u yoki bu geokimyoviy funksiyalarni bajarib turadigan organizmlar nisbati oʻzgarmasdan qolgan. Shu tufayli turli geologik davrlarda moddalar bir xil tezlikda Yer qobigʻida toʻplanib borgan. Shunday qilib, tirik organizmlar hayotning muhim sharti boʻlgan anorganik muhitning doimiyligi (gomeostaz holati)ni sakdab turadi.

Inson faoliyati Yer yuzini tubdan oʻzgartirishga qodir boʻlgan hozirgi davrda B.ning rivojlanishi yangi pogʻonaga koʻtarildi. Soʻnggi yillarda insonning Biosferaga biokimyoviy taʼsiri boshqa barcha tirik organizmlarga nisbatan juda katta kuchga aylandi. Lekin tabiiy resurelardan foydalanishni Biosferaning rivojlanishi va funksiyasi qonuniyatlarini nazarpisand qilmasdan amalga oshirilishi (mas, oʻrmonlarning kesilishi,yerlarning oʻzlashtirilishi, shaharlar, zavod, fabrikalar, sunʼiy suv havzalari,yoʻllar qurilishi va boshqalar) Biosferadagi biokimyoviy jarayonlarga katta taʼsir oʻtkazmoqda. Yer osti boyliklarini qazib olib, juda kup miqdorda yoqilgʻi yoqilishi moddalar almashinuvini tezlashtirib, Biosfera tarkibi va uning gomeostaz holatiga taʼsir koʻrsatadi. Shu tufayli Biosferani bir butun, muayyan darajada tartibga solingan murakkab dinamik sistema deb qaralishi unda kechadigan jarayonlarni toʻgʻri tushunib olishga yordam beradi. Biosfera toʻgʻrisidagi taʼlimot ekologiya, biotsenologiya va boshqa fanlarning rivojlanishida, tabiat va jamiyatning rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan juda koʻp oʻta murakkab muammolarni xal etishda katta ahamiyatta ega. Hozirgi vaqtda biosferaga yagona ekotizim sifatida qaraladi. U joylashgan o`rniga ko`ra 3 ta tarkibiy qismdan tashkil topgan. 1 .Litosfera – (gr. “litos” - tosh) Yerning sirtqi po`stlog`i bo`lib, u g`ovak modda ya'ni tuproqdan iborat. Yer mag`zidagi barcha tirik organizmlar ana shu qavatda yashaydi. Tuproq va uning kelib chiqishini birinchi bo`lib rus olimi V.V. Dokuchayev o`rgangan. Uning fikricha tuproq tog` jinslarining quyosh energiyasi, namlik, va tirik organizmlar yordamida nurashidan hosil bo`ladi. Tuproq biosferaning boshqa tarkibiy qismlariga qaraganda yuqori zichlikka (o`rtacha 2,7 gsm3) ega bo`lib, u to`rtta tarkibiy qismdan iborat. Bular – kattiq zarrachalar, bu zarrachalar orasidagi namlik havo va mikroorganizmlar. Tuproqda yashovchi organizmlar edafobiontlar yoki geobiontlar deb nomlangan bo`lib, ularda tuproqning zichligi, harorati, yorug`lik va ximizmiga nisbatan qator moslanishlar mavjud.



2.Gidrosfera – dunyodagi barcha suvliklar bo`lib, ular Yer yuzi maydonining 70,8% ni egallagan. Gidrosferaning umumiy maydoni 1 mlrd 370 mln. kv.km. ga teng bo`lib, uning katta qismi dengiz va okeanlar bilan band (98,3 %). qolgani esa quruqlikda joylashgan muzliklar, daryo va ko`llardir. Suvda zichlik, yopishqoqlik, bosim va issiqlik sig`imining kattaligi, uning turli tuzlar va gazlarni eritib olganligi hamda yorug`likni yomon o`tkazishi bu muhitdagi hayot sharoitini belgilaydi. Shuning uchun ham suvda yashaydigan organizmlarda o`sha muhitga nisbatan qator moslanishlar mavjud. Suvda yashaydigan organizmlar gidrobiontlar deb aytiladi va ular o`zlaridagi ekologik moslanishlar yordamida suvning barcha qavatlarini egallab olganlar.

3.Atmosfera – Yer sharini o`rab olgan havo qatlamidan iborat bo`lib, uning og`irligi Yer og`irligining milliondan bir qismiga teng. Bu miqdor 5000 trillion tonnani tashkil qiladi va yer yuzasining har bir kvadrat santimetr maydoniga 1,32 kg. dan to`g`ri keladi. Ana shu miqdordagi havoning teng yarmi 6 km. balandlikkacha bo`lgan qavatda joylashgan. Qolgan yarmining 99% 30 km. balandlikkacha bo`lgan qavatda va 1 % - 3000 km. balandlikkacha bo`lgan qavatida joylashgan. Bu balandlik atmosferaning yuqori chegarasi bo`lib, bu yerda atmosfera havosining zichligi sayyoralararo bo`shlik havosining zichligiga tenglashadi. Yerdan balandga ko`tarilgan sari havoning siyraklashayotganini barcha organizmlar, shuningdek odam organizmi ham yaqqol sezadi.

Atmosfera 3 ta asosiy qavatdan – troposfera, stratosfera va ionsferadan tarkib topgan.

Insonning biosferaga salbiy ta’siri. Turli tabiiy ofatlar, ocharchilik insonlar soni kamayishiga sabab bo’lmoqda. Masalan,1975 yilda Xitoyda bo’lgan yer silkinishidan 600 mingdan ortiq odam o’lgan bo’lsa, 1985 yilgi Mexikodagi yer qimirlash 20 ming, Kolumbiyadagi vulqon 26 ming, Armanistondagi yer qimirlash 25 ming, Tojikistonda esa 100- mingdan ortiq odamlar o’limiga sabab bo’ldi, 2001

yil yanvar oyi oxirida Hindistondagi yer silkinishida 40000 ga yaqin kishi halok bo’lgan. Ammo insonning tabiatga ko’rsatgan salbiy ta’siri xilma-xildir.Masalan, o’rmonlardagi

yong’in sababli mingminglab gektar yerdagi daraxtlar, ularning organik moddasi yonib ketadi. Atlantika okeani ustidan uchib o’tgan reaktiv samalyot 35 t. kislorod yutib, atmosferaga yutgan kisloroddan ortiq zaharli gazlar chiqaradi. Yerga haddan ziyod ko’p zaharli moddalar ishlatilishi biosfera turg’unligining buzilishiga sabab bo’ldi.

1960-90 yillar O’zbekiston paxta dalalarining har gektariga 45–51 kg dan zaharli gerbitsidlar qo’llanilishi qancha-qancha insonlarning og’ir dardga chalinishiga sabab bo’ldi, qanchasi hayotdan ko’z yumdi. Zaharli moddalar ta’siri ham ko’p yilar davom etadi. Turli mamalakatlar tomonidan dunyo okeani 6-7mlrd.t qattiq chiqindilar tashlanadi, gidrosfera 90-100 mln. t. neft, neft mahsulotlari shundan 19-20mln. tonna yer usti ekosistemasiga, 60-70 mln. tonna atmosferaga tushadi.Shunday texnogen sabablarga ko’ra, keyingi 130 yil ichida atmosferada CO2 miqdori 0,3% dan 0,5% ga yetib qoldi.Evropa mamlakatlaridagi sanoat va transportdan ajratilgan zaharli gazlar yerga (yomg’ir) kislotasi shaklida tushmoqda, havoda zaharli gazlar miqdori ortgan, masalan, 1 odamga 47 kg zaharli gazlar to’g’ri keladi. Atmosferadagi 70% gazlar Shetsiya va 80% esa Norvegiya sifatida shamol bilan boshqa qo’shni hududlarga tarqaladi. Evropa hosil bo’ladigan kislotali yomg’irlarning 20% i Shimloy Amerikadan keladi. Keyingi 4-5 yil ichida Osiyo osmonida sariq tuman hosil bo’lib,kisl tali yomg’ir 2005 yil 10, 14 iyul kunlari Toshkentga yog’di. Yomg’ir sariq zang pH=4,5 bo’lib, yomg’ir tufayli sabzavot o’simliklari qurib qoldi. Bundan 150-170 yillar avval Evropa yerlariga atmosferadan yog’in bilan kadmiy elemnti tushgan emas, lekin keyingi vaqtda gektariga 5,4 - 5,5 gr kadmiy tushmoqda. Uning odamning ayrim bezlaridagi miqdori 1900 yilga qaraganda 75-80 barobar ortgan. Yirtqich qushlarda esa 132 barobar ko’paygan. Hattoki keyingi 100yil ichida Pomir-Oloy muzliklarida kadmiy miqdori 5-6 marta oshgan. Inson ijod qilgan moddalarning, tiriklik genetik sistemasiga salbiy ta’siri juda katta. Hozirgi kunda dunyo bo’yicha ko’p miqdorda turli kimyoviy moddalar to’plangan bo’lib, ularning ayrimlari mutagenlik ta’sir ko’rsatadi, ular tirik organizm tanasida oksidlanish, tiklanish, parchalanish va qo’shilish jarayonlarida hujayra organik moddalarini ifloslaydi, organizim genetik belgisi o’zgaradi, ya’ni ayollar homiladorligi buzilishi, bolaning chala tug’lishi, bolalar o’limi ortishi, yurak-qon tomir, oshqozon, jigar, buyrak, rak kasalliklari, uyqusizlik kabi holatlar ko’payadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda pistidsitlarni qo’llash natijasida har yili 375 ming odam zaharlanadi. Ulardan yuz mingdan ortig’I o’lgan. Zaharli gerbidsit va pestidsitlar qushlar,suv hayvonlariga salbiy ta’sir qiladi. Masalan,AQSh ning suv havzalarida uchraydigan biologik organizmlarning 80% i teriva jigar raki bilan zaralangan. Kanada sudan balig’i jigarida shish bo’lgan, 5% li xom neftdan suv o’tlar, umurtqasizlar, baliqlar, tyulen va kidsimonlar o’ladi. Suvda ayrim og’ir metallardan juda oz miqdorda ham tirik organizmlarga ziyon yetadi. Ya’ni ularga simob, (0,05 mg l) mis (0,05), kadmiy (0,02), fenol (0,5), ammoniy (1 ml.g l), sianit (0,05)mg. Kabilar organizmlar harakatini buzadi ko’p baliqlar o’ladi va insonga salbiy ta’sirko’rsatadi.


Biosferani saqlab qolishning dolzarb masalalari


Biosferaning yashash muhiti sifatidagi imkoniyatlari cheklangan bo`lib, undagi barcha tabiiy resurslar va tuzilmalar o`zaro bog`liq. Ulardan birining o`zgarishi, masalan kamayib ketishi, boshqasiga ham ta'sir ko`rsatadi. Shuning uchun ham hozirgi asosiy ekologik masalalardan biri biosferani biologik tartibga solib turish ya'ni ekotizimlarning barqarorligini va ulardagi tabiiy muvozanatni ta'minlashdan iborat. Ekotizimlar hozirgi taraqqiyot davrida insoniyat ta'siriga bardosh beraolmay o`zgarib ketmoqda. Ba'zan bir qarashda nazarga ilinmaydigan ishlar ham uning muvozanatini buzib yuborishi mumkin. Misol uchun shakarqamishni kalamushdan himoya qilish uchun 1872 yil Yamaykaga mangustlar keltirildi. Ular bu yerda qulay sharoit topib benihoya ko`paydi va kalamushlar bilan birga ko`pgina foydali hayvonlarni ham kirib yubordi. Xuddi shunga o`xshash qishloq xo`jaligi zararkunandalariga qarshi kimyoviy zaharlarning ishlatishidan zararkunandalar bilan birga foydali hasharotlar ham yoppasiga qirilib ketadi. Ekotizimlardagi tabiiy muvozanatning buzilishi inson sog`ligi uchun zarar keltirishi muqarrar. Masalan, amerika savannalarida qoramollarning ko`payib ketishi fermerlarga katta foyda keltirdi. Lekin shu bilan birga bu qon so`ruvchi ko`rshapalaklarning ko`payib ketishiga va quturish kasalligining kelib chiqishiga sabab bo`ldi. Yuqorida keltirilgan bu misollar ayniqsa hozirgi davrda biosferani biologik tartibga solib turish zaruriyati borligini tasdiqlaydi. Antropik omillar xuruji davom etayotgan hozirgi davrda ekologiyaning yana bir muhim masalasi biologik indikatsiyadir. Bu masala amaliy ahamiyatga ega bo`lib, indikatorlar ustidan olib boriladigan kuzatishlar u yoki bu biogeotsenozni ekologik baholash imkonini beradi. Masalan, lishayniklar sof havoda yashovchi organizmlar bo`lib, o`rmondagi daraxtlarda ularning ko`pligi bu joyda havoning tozaligidan darak beradi. Qarag`ayning bujurida (shishkasida) uran moddasining ko`pligi qarag`ayning uran rudasi yotqiziqlari ustida o`sayotganidan darak beradi va hokazolar.

Navbatdagi dolzarb masala xalqaro miqyosida biosfera holatini kuzatib borish ya'ni ekologik monitoring o`rnatishdir. Ekologik monitoring olib borish atrof muhit holatining kelajakda kutilayotgan o`zgarishlarni bashorat qilib, noqulay ekologik holat yuz berishining oldini olish imkonini beradi. Aytilganlardan tashqari zamonamizning muhim ekologik masalalari qatoriga zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik yo`l bilan kurashish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, atrof muhit muhofaza bo`yicha xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, insoniyatni yadroviy hujumlar va bakteriologik qurollar tazyiqidan asrash kabi masalalar ham kiradi.





Noosfera

Noosfera (yun. noos — akl-idrok va sphaira — shar) — biosferannng inson

aql-idroki hukmronlik qiladigan yangi xrlati. Noosferada inson biosfera rivojla-nishini belgilab beradigan asosiy omil hisoblanadi. Noosfera tushunchasini 1927 yilda fransuz olimlari E. Lerun va P. Teyetyar de Sharden fanga kiritishgan boʻlib, ular Noosferani biosfera ustidan hukmronlik qiluvchi, yerni oʻrab olgan akl-idrok kavati deb karashgan. V. I. Vernandskiy 20-asrning 30-90- yillarida Noosfera toʻgʻrisidagi materialistik tushunchani ilgari surdi. Uning fikricha, jamiyatning oʻzaro munosabatlari natijasida paydo boʻlgan biosferaning sifat jihatidan yangi, inson manfaati yoʻlida qayta tashkil etilgan evolyusion xrlatidir. Tibbiyot

qonuniyatlarining tafakkur va jamiyatning ijtimoiy-iktisodiy qonuniyatlari bilan uygʻunlashib ketishi N. uchun xos xususiyat hisoblanadi. N.ning ayrim tarkibiy-funksi-onal elementlari jamiyat rivojlanishining hozirgi davridayoq yuzaga kelmoqda. Rivojlanishning umumbashariy muam-molarini hal qilish maqsadida insonlar kuch-qudrati birlashib borgan sari biosferaning Noosferaga aylanishi ham kuchayib boradi. Biosferadagi barcha tirik organizmlar yig’indisini 1. Vernadskiy «jonli modda» deb ataydi va uning tarkibiga insoniyatni

Manbalar ham kiritadi. Biosferaning o'zgarishida inson ongi butunlay yangi qudratli omil ekanligini takidlaydi .Aqlli inson o'z taraqqiyotida biosferaning inson

tomonidan boshqariladigan yangi sifat holati noosfera (aql,tafakkur qobig'i) ga

o'tishi muqarrardir . V.I. Vernadskiyning fikricha noosfera (biosfera rivojining oliy

bosqichi) bizning sayyoramizdagi yangi geologik hodisalardir . Inson noosferada

birinchi bor yirik geologik kuchga aylanadi .U o'z aqli va mehnati bilan yashash makonini o'zgartiradi va qayta bunyod qiladi.



Foydalanilgan adabiyotlar

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Vernadskiy V. I., Biosfera, M., 1967;

Otaboyev Sh. T., Nabiyev Ch. N., Inson va biosfera, T., 1983; Biosfera.

Evolyutsiya, prostranstvo, vremya, M.,1988.

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Xulosa

V.I. Vernadskiyning biosfera to`g`risidagi ta'limotining mohiyatini tushunib yetish, biosferaning fazoviy chegaralari va unda moddalar aylanishini anglagan holda tabiatni asrashimiz, noosfera to`g`risidagi tushunchani bilish hamda hozirgi kunda yerda hayotni saqlab qolishning dolzarb muammolari to`g`risida fikr yuritgan holda tabiatga yaxshi munosabatda bo’lishimiz zarur.

Biosfera va Noosfera

Reja:


1 Biosferada hayotning chegaralari.

2 Biosferada insonning faoliyati. Noosfera tushunchasi.



3 Biosferani saqlab qolishning dolzarb masalalari.
Download 28.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling