Biosfera evolutsiyasi va differentsiyasi. Ekosistema tarkibi va mustahkamligi
Download 287.84 Kb. Pdf ko'rish
|
BIOSFERA EVOLUTSIYASI VA DIFFERENTSIYASI EKOSISTEMA TARKIBI VA MUSTAHKAMLIGI
Noogenez bosqichi. Insoniyat jamiyati paydo bo‘lishi bilan biosfera
evolutsiyasining noogenez bosqichi boshlandi. Bu bosqichda evolutsiya inson ongi ta’sirida, uning mehnat faoli- yati natijasida davom etadi. Insonning biosfera doirasidagi ongli faoliyati endi uni noosferaga aylantiradi. Noosfera tushunchasi fanga birinchi marta fransuz geolog olimi E.Lerua tomonidan 1927-yilda kiritilgan (yunoncha «noos» — aql «sfera» — shar so‘zlaridan olingan). V.I. Ver nads kiy ta’biriga ko‘ra, noosfera — inson mehnati va ilmiy faoliy ati ta’sirida o‘zgargan biosferadir. Inson o‘z aql-zakovati bilan biosferada kechadigan biologik qonuniyatlarni to‘g‘ri tushunib olishga, biosferaning ekologik rivojlanishini idora qila olishga harakat qilishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, inson o‘z mehnat faoliyati bilan biosfera evolutsiyasi qonuniyatlarini buzmasligi lozim. XX asrning o‘rtalarida noogenika fani vujudga keldi. Bu fanning asosiy vazifasi — texnika progressi natijasida kelib chiqqan inson va tabiat o‘zaro munosabatlari buzilishlarini tuzatishidir. Boshqacha qilib aytganda, noogenika — bu tinimsiz ilmiytexnikaviy progress sharoitida ekologik tanglik kelib chiqishining oldini olish choralarini ishlab chiqadigan fandir. Noogenika faqat muhofaza funksiyalarinigina bajarib qolmasdan, Yerda hayot shakllarining xilma-xilligini orttirish, mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvonlarning yangi turlarini yaratish choralarini ishlab chiqishi lozim. Tabiat va inson o‘rtasida doimiy muvozanat yaratishga harakat qilishning hojati yo‘q, bunga erishish mumkin ham emas. Biz asosiy tarkibiy qismi insoniyat jamiyati bo‘lgan bio- sferaning evolutsiyasini ongli boshqarishni o‘rganishimiz lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling