Biosfera haqida tushuncha Reja
Biosfera va uning asosiy tashkil etuvchilarining evolyusiyasi
Download 341.64 Kb.
|
2- Ma\'ruza Molekulyar ekologiya va uning Biosfera ta\'limotidagi o\'rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaqt, yillar soni Geologik davr Biosfera Litosfera
Biosfera va uning asosiy tashkil etuvchilarining evolyusiyasi
(F.Ramadu, 1981)
Geologik va biologik moddalar aylanishi haqida fikr yuritilganda ularning bir-biriga bog‘liik bo‘lgan jarayonlar ekanligini yoddan chiqarmaslik zarur. Chunki bu ikki jarayon doimo birgalikda yuz beradi va ularni bir butun umumsayyoraviy moddalar aylanishi deb ham aytish mumkin. Noosfera (grekcha noos-aql, ong, spaira – sferik qobiq) jamiyat bilan atrof-muhitning o‘zaro ta’sirlashuv makonidir. Noosfera, ya’ni fikrlovchi qobiq insonning ongli faoliyati ta’sirida jamiyat va tabiatning evolyusion rivojini asosiy harakatga keltiruvchi kuch yoki omilidir. Rus olimi V.I. Vernadskiy o‘zining biogeokimyoviy tadqiqotlariga tayanib qo‘yidagi ilmiy asoslangan xulosaga keladi: «Insonning xujalik va ishlab chiqarish faoliyati tufayli tabiat kuchli o‘zgarishga uchraydi, bu jarayonda inson bosh o‘zgartiruvchi kuchga aylanadi va u biologik evolyusiya yunalishining belgilovchisi bo‘lib qoladi. Inson bilan biosfera o‘rtasidagi o‘zaro munosabat umumsayyoraviy xarakter kasb etadi. Inson faoliyati tufayli tabiatda modda va energiya aylanishining yangi turi, ya’ni antropogen modda aylanishi qaror topadi. Buning natijasida yerdagi biogeotsenoz jarayon noogeotsenozga o‘tadi». Hozirgi ilmiy texnika tarraqqiyoti rivojlangan sharoitda biosferaning noosferaga aylanishi umumsayyoraviy miqyosdan fazoviy miqyosga o‘tib bormokda. Chunki insonning ongli faoliyati ta’siri nafaqat yer, balki yaqin koinotni ham qamrab olmoqda. Biosfera tarraqqiyoti faqat insonlarning ilmiy-texnik imkoniyatlari, saloxiyatigagina bog‘lik bo‘lib qolmasdan, balki jamiyatdagi ijtimoiy- siyosiy holatiga, ya’ni tinchlik, barkarorlik, hamjihatlik kabi xolatlar ham bog‘likdir. Download 341.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling