Biosfera haqida tushuncha Reja


Adaptatsiya - organizmlar, populyatsiyalar, turlar va jamoalarning tashqi muhit sharoitlariga moslashuvidir


Download 341.64 Kb.
bet8/8
Sana25.04.2023
Hajmi341.64 Kb.
#1398597
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2- Ma\'ruza Molekulyar ekologiya va uning Biosfera ta\'limotidagi o\'rni

Adaptatsiya - organizmlar, populyatsiyalar, turlar va jamoalarning tashqi muhit sharoitlariga moslashuvidir.

Adaptatsiyalar morfologik (masalan, organizmlar shaklini qayta qurish ahloqiy (boshpana qurish), fiziologik, iqlimiy va xromatik (chuqur qismida pigment tarkibning o‘zgarishi) jihatdan farq qiladi.


O‘simliklar uchun ayniqsa, morfofiziologik adaptatsiya xos bo‘lib, u iqlimning noqulay harorati ta’sirlaridan himoyalanish uchun shakllanadi. Ular asosan, har xil joylashgan kurtaklarning tiklanishi yoki yilning noqulay paytlarida yosh novdalarning joylashishida namoyon bo‘ladi.
D.N. Qashqarov (1945) hayvonlarni suzib yuruvchi (suvli yoki yarim suvli), qazuvchi (absolyut va nisbiy yer qaziydigan), quruqlikdagi (uya qilmaydigan, uya qiladigan va qoyalarda yashaydigan) havoda va yog‘ochga o‘rmalab chiquvchi hayotiy shakllarga ajratadi.
Areal. Bu hududiy tushuncha.

Areal – o‘simlik va hayvonlarning ma’lum turi, turkum yoki oilasi tarqalgan cheklangan hudud bo‘lib, bir-biri bilan uzviy bog‘liq organizmlar yig‘indisi.

Areal chegarasi tabiiy to‘siqlar (tog‘lar, dengizlar, daryolar), hamda iqlim, tuproq, ozuqa resurslari va boshqa tabiiy omillar bilan belgilanadi.
Keng arealga ega bo‘lgan organizmlar kosmopolit (yunoncha kosmopolities – butun dunyo fuqarosi, yer yuzida keng tarqalgan o‘simlik va hayvonlar, masalan, uy pashshasi, qushlardan chumchuq, mayna, dengiz hayvonlaridan barcha okeanlarda tarqalgan kasatka, o‘simliklardan qamish, luq), uncha katta bo‘lmagan maydonlarda yashovchilar esa endemiklar (yunocha – endemos – mahalliy, masalan, qit’a) deb ataladi.
NAZORAT UChUN SAVOLLAR


  1. Tizim deganda nimani tushunasiz?

  2. Tizim nazariyasining yaratuvchilaridan kimlarni bilasiz?

  3. Tizimning ierarxik tuzilishini tushuntiring?

  4. Emerjentlik xossalariga misol keltiring?

  5. Tizimli tadqiqotlar majmuiga nimalar kiradi?

  6. Tizimli yondashish deganda siz nimani tushunasiz?

  7. Biologik tizim nima?

  8. Biotizim qanday xususiyatlari mavjud?

  9. O‘z-o‘zini tashqil etish va o‘z-o‘zini boshqarish deganda nimani tushunasiz?

  10. Teskari aloqa nima?

  11. Biotizimlarni qanday fan o‘rganadi?

  12. Populyatsiyaga ta’rif bering?

  13. Populyatsiyalarning bo‘linishini ayting?

  14. Populyatsiyalarning qanday guruhli xususiyatlarini bilasiz?

  15. Gomeostazga ta’rif bering?

  16. Gomeostaz mexanizmini tushuntiring?

  17. Jamoa deganda nimani tushunasiz?

  18. Ekotizimga ta’rif bering?

  19. Ekotizimda qanday jarayonlar amalga oshiriladi?

  20. Ekotizimlar qanday tasniflanadi?

  21. Biogeotsenoz nima?

  22. Biogeotsenoz ekotizimdan nima bilan farq qiladi?

  23. Biogeotsenozning tarkibiy qismlarini sanab o‘ting?

Download 341.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling