Biosfera va mikroorganizmlar ekologiyasi
Download 1.55 Mb.
|
1541910327 68217 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikroorganizmlarning tabiatda tarqalishi
- Mikroorganizmlarining suvda tarqalishi
Biosfera va mikroorganizmlar ekologiyasi1. Mikroorganizmlarning tabiatda tarqalishi.2. Polisaprob va oligosaprob zonalar.3. Koli-titr va koli-indeks.4. Mikroorganizmlarning tuproqda tarqalishi.5. Rizosfera bakteriyalari.REJA: Mikroorganizmlarning tabiatda tarqalishiBakteriyalar tabiatda boshqa tirik organizmlarga qaraganda keng tarqalgan. CHunki ular nihoyatda mayda bo’lganligi va tashqi muhit omillariga tez moslasha olganligi, turli-tuman oziqa moddalarni iste’mol etishi sababli boshqa organizmlar yashay olmaydigan joylarda ham yashay oladi. Ular tuproqda, suvda, havoda va boshqa organizmlar tanasida uchraydi.Mikroorganizmlarining suvda tarqalishiSuvda juda ko’p mikroorganizm turlari uchraydi, chunki suv tabiiy muhitdir. Mikroorganizmlar suvga tuproq va boshqa manbalardan o’tadi. Agar suvda oziq moddalar etarli bo’lsa, unda mikroorganizmlar soni juda ko’payib ketadi. Ayniqsa chiqindi oqava suvlarda bakteriyalar ko’p bo’ladi. Artezian quduqlari va buloq suvlari esa toza hisoblanadi, chunki ularda bakteriyalar deyarli uchramaydi. Ariq va hovuz suvlarida, ayniqsa ariq suvining 10 sm gacha bo’lgan chuqurligida va qirg’oqqa yaqin joylarida bakteriyalar soni ko’p bo’ladi. Qirg’oqdan uzoqlashgan sari ularning soni kamayib boradi. 1 ml toza suvda 100-200 dona mikroorganizm, 1 ml iflos suvda esa 100 000 dan 300 000dona gacha va undan ham bir necha barobar ko’p mikroorganizm uchraydi.Ariq suviga nisbatan ariqning cho’kindi qismida mikroblar, ayniqsa, oltingugurt va temir bakteriyalari ko’p uchraydi. Bulardan tashqari, nitrifikatorlar, azotofiksatorlar, pektinni parchalovchilar ham uchraydi. Suvda doim uchraydigan vakillardan Bac. fluorescens, Bac. aquatilis, Micrococcus candicans va boshqalar uchraydi. Hovuz suvlarida esa vibrionlar, spirillalar, temir va oltinguturt bakteriyalari va ular orasida yuqumli ichak kasalliklari qo’zg’atuvchi vakillari ham uchraydi.Suvning eng iflos qismi polisaprob zona deyiladi va undagi suvning 1 ml da 1000 taga yaqin bakteriya uchraydi. Polisaprob zonada o’simlik va hayvon qoldiqlari anaerob yo’l bilan parchalanadi. Natijada metan, vodorod sulьfid, metil - merkaptan, ammiak, organik kislotalar va aminokislotalar hosil bo’ladi. Mezasaprob zonada moddalarning parchalanishi davom etadi: H2S→H2SO4 gacha, NH3→HNO3 gacha oksidlanadi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling