Biosfera va mikroorganizmlar ekologiyasi


Temir birikmalarining almashinishi


Download 1.55 Mb.
bet2/3
Sana23.01.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1112966
1   2   3
Bog'liq
1541910327 68217 5

Temir birikmalarining almashinishi. Tabiatda bir guruh mikroorganizmlar o’z hujayrasida FeCO3 ni oksidlab, tanasining sirtida to’playdi. Bular temir bakteriyalar deb ataladi va atrofdagi muhitdan temir karbonatning suvda eriydigan tuzlarni yutadi hamda temir gidrooksidga aylantiradi. Bunday oksidlanishdan ajralib chiqadigan energiyadan shu bakteriyalar karbonat angidridni assimilyasiya qilish uchun foydalanadi. Bu bakteriyalar guruhida Leptotriks gernotriks, Xlomidotriks va Klodotriks eng muhim ahamiyatga ega.

Xemosintetik jarayon temir bakteriyalarida ham kuzatiladi. Leptotriks oxraseae (Leptotrix ochraceae) va Spirofillum ferregennum (Spirophyllum ferrigeneum) bakteriyalari chuchuk ko’l va dengiz suvlarida hayot kechiradi. Temir bakteriyalari temir tkzlarining oksidlanishida qatnashib, quyidagicha reaksiya sodir bo’ladi:

4FeCO3 + O2 + 6H2O → 4Fe(OH)3 + 4CO2 + energiya

Tuproq mikroorganizmlari va biosfera


Biosferaning yuqori chegarasi, havoda 10 km bo’lsa, u quruqlikda, butun balandlik va pastliklarni o’z ichiga oladi, okeanlardagi uning chegarasi 4-10 km chuqurlikkacha etib boradi.
Biosfera-er qobig’ining tiriklik tarqalgan ustki qavatidir. Biosferada o’simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, odamlarning geologik faoliyati namoyon bo’ladi.
Barcha tirik organizmlar yig’indisi planetamizning biomassasini tashkil etadi. Biosfera biomassasining ko’paytirishda o’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning roli katta.

CHo’kindi moddalarning hosil bo’lishi organik olamning paydo bo’lish jarayoni bilan chambarchars bokliqdir. Erta hayot paydo bo’lmasdan oldin barcha moddalar erigan holda ma’lum bir konsentrasiyaga etguncha dengiz suvlarida to’planib borgan. Keyinchalik tirik organizmlar o’z tanasini qurish uchun suvdagi Sa, R, S, S, Si va boshqa elementlardan foydalangan. Bular nobud bo’lgandan so’ng ohaktosh, fosforit, oltingugurt, toshko’mir, neft va gaz qatlamlari hosil bo’lgan. Bir guruh mikroorganizmlar bir tomondan tog’ jinslarini hosil qilsa, ikkinchi tomondan ularni parchalab turadi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling