Bu texnologik jarayon quyidagicha olib boriladi. Hayvonlar saqlanadigan molxonalardan
(suratda 1) go’ng to’planadigan idishga yuboriladi (2), keyin nasos (3) yordamida uni metantenk (4)
(go’ngni anaerob bijg’ishi uchun maxsus qurilma) ga yuboriladi.Bijg’ish jarayonida hosil bo’lgan
biogaz, gazgolder (5)ga kelib tushadi.va undan keyin iste’molchiga tarqatiladi. Suyuq go’ngni
isitish uchun va issiqlikni bir xil ushlab turish uchun metanotenk ichida issiqlik almashtirib turuvchi
g’ovurlar o’rnatilgan, ular orqali qozonxonadan (7) kelgan issiq suv aylanadi. Bijg’ib bo’lgan
go’ng, go’ng saqlanadigan (8) chuqurlikka tushiriladi
Organik moddalarni parchalanishi (fegradasiyasi) ko’p bosqichli jarayon sifatida amalga
oshirilib, bunda uglerod bog’lari har-xil mikroorganizmlar ta’sirida birin-ketin uziladilar. Eng
zamonaviy tushunchalar bo’yicha organik moddalarni biogazga aylanishi to’rt bosqichda amalga
oshadi:
birinchi, murakkab biopolimer molekulalarni (oqsil, lipid, polisaxarid va x.k.) kichikroq
monomerlarga (aminokislota, karbon suvlar, yog’ kislotalari va x.k.) aylanishi;
ikkinchi, hosil bo’lgan monomerlarni yanada oddiyroq moddalarga; tuban kislotalar va
spirtlarga bijg’ish (fermentasiya) asosida) aylanishi, (Bunda vodorod va karbonat angidrid ham
paydo bo’ladi.);
uchinchi, asetogen bosqich- bu bosqichda metandan oldingi moddalar (asetat, vodorod,
karbonat angidrid) paydo bo’ladi;
to’rtinchi, metanogen bosqich- oxirgi mahsulot, organik moddalarni metanga aylanishiga olib
keladi.
Metan xosil bo’lishda boshqarish funksiyasini bajarayotgan markaziy metabolit bo’lib,
vodorod xizmat qiladi. Tizimda vodorodni parsial bosimini past xolatda ushlab turish xisobidan uni
turlar orasidan birlamchi anaeroblar metobolizmi bevosita metanni old mahsulotlari xosil
Do'stlaringiz bilan baham: |