Raqobatli ustunliklar va uni egallash konsepsiyasi


Download 0.85 Mb.
bet1/6
Sana22.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1715464
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Raqobatli ustunliklar va uni egallash konsepsiyasi

Raqobatli ustunliklar va uni egallash konsepsiyasi

Reja:



1. Raqobatli ustunlik tushunchasi, tashqi va ichki ustunlik
2. Kompaniyaning o‘sishida raqobat strategiyasi
3. M. Porter bo‘yicha raqobat konsepsiyasi
4.Foydalangan adabiyotlar


1. Raqobatli ustunlik tushunchasi, tashqi va ichki ustunlik
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, monopoliyaga qarshi qonunlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bozor munosabatlariga o‘tgan har bir mamlakat uchun hayotiy zaruratdir, chunki erkin raqobatga yo‘l bermay iqtisodiyotda raqobat munosabatlarini rivojlantirmay turib bozor munosabatlarini shakllantirib bo‘lmaydi. Raqobat iqtisodiy resurslarni tejamli ishlatishga, tovar va xizmatlarni ko‘plab, sifatli va arzon narxlarda ishlab chiqarishga, bozorda faoliyat ko‘rsatuvchilarni yangilikka intilishga undaydi va u barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ma’ruzasida ta’kidlaganidek: «jahon xo‘jaligida globalizatsiya jarayonlarini chuqurlashuvi sharoitida milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro bog‘liqligi kuchaymoqda, jahon bozorlarida raqobat ortmoqda va moliyaviy-iqtisodiy beqarorlik davlatlarni, mamlakatni mutlaq va nisbiy raqobatbardoshlik afzalliklaridan foydalangan holda milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini oshirish hisobiga barqaror iqtisodiy rivojlanish yo`llarini izlashga undamoqda» deb ta’kidlab o‘tdi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalashning maqsadi–mamlakat iqtisodiyotining yangilash, fan sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan ustuvor sohalarni rivojlantirish asosida mamlakat iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish yo‘liga o‘tkazish, mamlakat milliy iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish va aholining o‘sib, o‘zgarib borayotgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish hisoblanadi.
Hozirgi davrda xalqaro savdo nazariyasida raqobatda ustunlikka erishish, uni ushlab turish muammosi birinchi o‘rinda turadi. Jahon bozorida peshqadamlikni qo‘ldan bermaslikuchun yuqori sifatli mahsulotlarni taklif qilish va baholi raqobatga bardosh berish qurbiga ega bo‘lish kerak.
Raqobatli ustunlik - tovar yoki markaning firmaga o‘zining bevosita raqobatchilariga nisbatan ma’lum bir afzallik beradigan xarakteristikasi va xususiyatlaridir. Bu xarakteristikalar (atributlar) g‘oyatda xilma-xil bo‘lishi va tovarning o‘ziga (asosiy xizmatga) ham, asosiy xizmatga qo‘shimcha xizmatlarga, ishlab chiqarish, savdo shakllariga ham taalluqli bo‘lishi, hamda firma yoki tovarga xos bo‘lishi mumkin. Demak, bunday afzallik nisbiy bo‘ladi va tovar bozorida yoki bozor segmentida eng yaxshi mavqega ega bo‘lgan raqobatchiga nisbatan belgilanadi. Bu eng xavfli raqobatchi imtiyozli raqobatchi deb ataladi.Raqobat ustunligini tanlashni belgilab beruvchi holatlari
Raqobat ustunligini tanlashni ikkita holat belgilab beradi
Birinchisi-firma faoliyat Ikkinchi- bu firma tarmoq

ko’rsatayotgan tarmoqning doirasida egallagan(pozitsiya).
Turli tarmoqlardagi raqobat Ba’zi pozitsiyalar tarmoqdagi mohiyati bir-biridan keskin o’rtacha foydalilikdan qat’iy farqlanadi va turli nazar, boshqalariga qaraganda
tarmoqlarda uzoq muddat foydaliroq. Bu holatlardan har davomida foyda olish biri o’z-o’zicha strategiyani ehtimoli bir xil emas. tanlab olish uchun yetarli emas.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling