«biotexnologiya» kafedrasi


Download 0.86 Mb.
bet118/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Lishayniklar. Lishayniklar tanasi zamburug‘ va suv o‘tlarining simbioz bir - biriga moslashgan holatda yashashi natijasida paydo bo‘lgan organizm bo‘lib hisoblanadi. Lishayniklar tarkibiga zamburug‘lardan xaltachali, bazidiyali, suvo‘tlardan ko‘k, yashil suvo‘tlari vakillari kiradi. Zamburug‘ gifala-ri bilan suvo‘tini o‘rab olib, u bilan birga o‘sadi. Lishayniklar avtotrof o‘simliklardir. Lishayniklar tashqi ko‘rinishi jihatidan xilma- xil ular kulrang, sariq, qo‘ng‘ir, qizil ba’zan qoramtir ranglarda bo‘ladi. Lishayniklar tanasining morfologik tuzilishiga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi.
1. Yopishqoq yoki po‘stloqsimon - ular eng sodda tuzilgan keng tarqalgan tollomi yupqa, 
qobiqsimon, substratga juda mahkam yopishadi.
2. Bargsimon yoki plastinkasimon tollomi oddiy yaproq ko‘rinishda bo‘lib, rizoidga o‘xshash 
o‘simtasi bilan birikadi. Ularni butunligicha ajratib olsa bo‘ladi.
3. Butasimon yoki shoxlangan. Tallomi birmuncha murakkab tuzilgan, tik o‘sadi, butaga o‘xshab 
shoxlaydi. Tog‘larda uchraydigan kladoniya, shimolda o‘sadigan bug‘i lishaynigi va yolli lishayniklar shular jumlasidandir. Lishayniklar tabiiy sharoitda asosan vegetativ ko‘payadi. Ularning mo‘rt tallomi qurib oson maydalanadi, shamol va hayvon vositasida uzoq yerlarga tarqaladi. Shuningdek ular maxsus ko‘payish organi-soriydiy va izidiylar vositasida ham ko‘payadi. Кladoniya lishaynigi10-15 s biomassa beradi. Bo‘yi 20 smgacha yetadi. Bug‘ular uchun oziq-ovqat hisoblanadi. Lishayniklarda uglevodlar to‘planadi. Shuning uchun oziq-ovqat sifatida, dori tayyorlashda foydalaniladi. Ulardan efirmoyi, glukoza, spirt, lakmus, bo‘yoqlar olinadi.


3.5. Fan bo‘yicha glossariy (o‘zbek, rus, ingliz tillarida)
Prokariot - hujayrasi yadrosiz organizmlar, eukariot-hujayrasida yadrosi bor organizmlar, xlorofill-fotosintezni amalgam oshiruvchi apparat, sellyuloza-o‘simliklar hujayrasi qobig‘ini o‘rab turuvchi modda, antropogen-inson omili
Pigment-hujayraga rang beruvchi, fikosian, allofikosian-hujayralarga turli xil rang beruvchi moddalar, murein-ko‘k-yashil suvo‘tlarning hujayra qobiqlaridan biri, geterosit-tallomidagi hujayralarning hal xilda bo‘lishi, gomosit-tallomdagi hujayralarning bir xilda bo‘lishi, gormogon-ko‘k-yashil suvo‘tlarning ko‘payish usuli, akinetspora-ko‘k-yashil suvo‘tlarning ko‘payish sporasi.
Tilokoid-, fikobisoma, bagryan kraxmal-fotosintez mahsuloti, monospora-yakka spora, tetrospora-to‘rttali spora, gaploid-xromosomalarni toq sonda bo‘lishi, diploid-xromosomalarni juft sonda bo‘lishi, karpogon- qizil suvo‘tlarning oogoniysi, trixogina-oogoniyning qorincha qismi, gonimoblast-oogoniydan urug‘lanishdan so‘ng hosil bo‘ladigan shoxlangan iplar, sistokarpiy-qizil suvo‘tlarda karposporalarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi.
Izomorf-xivchinlarning bir xilda tuzilishi, mastigonema-xivchinlarni silliq tuklar bilan qoplanishi, zoospora - harakatchan spora, aplanospora - ko‘payuvchi spora, izogamiya-shakli va tuzilishi bir biriga o‘xshash gametalarning qo‘shilishi, oogamiya- yirik harakatsiz tuxum hujayra va mayday harakatchan urug‘ hujayralarning qo‘shilishi, geterogamiya – biri yirik sekin harakat qiladi, ikkinchisi mayday serharakat, palmelloid – xivchinli bir hujayrali organism shakli, koloniya- hujayralar to‘plami, senobiy- 4-5 ta hujayralarni yonma-yon birikib turishi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling