«biotexnologiya» kafedrasi


Download 0.86 Mb.
bet2/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

bet

I

Fanning o‘quv dasturi




II

Fanning ishchi o‘quv dasturi




III

Fanning asosiy o‘quv materiallari:




3. 1

Ma’ruza mashg‘ulotlari uchun o‘quv materiallari




3. 2

Amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv materiallari




3. 3

Laboratoriya mashg‘ulotlari uchun o‘quv materiallari




3. 4

Mustaqil ta‘lim bo‘yicha o‘quv materiallari




3. 5

Fan bo‘yicha glossariy (o‘zbek, rus, ingliz tillarida)




IV

Fan bo‘yicha o‘tkaziladigan attestatsiyalar uchun savollar:




4. 1

1 OB uchun og‘zaki savollar (120 ta)




4. 2

2 OB uchun og‘zaki savollar (120 ta)




4. 3

YaB uchun og‘zaki savollar (300 ta)




4. 4

1 OB uchun yozma ish savollari (150 ta)




4. 5

2 OB uchun yozma ish savollari (150 ta)




4. 6

YaB uchun yozma ish savollari (500 ta)




4. 7

1 OB uchun test savollari (200 ta)




4. 8

2 OB uchun test savollari (200 ta)




4. 9

YaB uchun test savollari (500 ta)




V

Fan bo‘yicha baholash me’zonlari




VI

Fan bo‘yicha tarqatma materiallar




VII

O‘UMning elektron varianti





III.Fanning asosiy o‘quv materiallari:
3.1.Ma’ruza mashgʻulotlari uchun oʻquv materiallari.
1-ma’ruza: Tuban o‘simliklar haqida umumiy tushuncha. Algologiya
Reja:
1. Suvo‘tlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar, bo‘limlari, prokariot, mezakariot va eukariot guruhlari.
2. Suvo‘tlarning kelib chiqishi va evolyutsion aloqalari.
3. Tallomining morfologik jihatidan xilma — xilligi.
Mavzu bo‘yicha asosiy tushuncha va iboralar: suvo‘tlar,algologiya,prakariotlar,mezakariotlar,evolyutsiya.
Ma’ruza mavzusi bayoni. Ayrim organizm guruhlari – o‘simliklar, suvo‘tlar va ayrim bakteriyalar – quyosh energiyasini yutish va uni fotosintez jarayonida organik molekulalar ko‘rinishida zahiralash xususiyatiga ega. Yerdagi butun hayot bevosita yoki bilvosita bu jarayonga bog‘liq. Sayyoramizning yoshi 4,5 mlrd. ga teng. Aniqlanishiga dastlab uning atmosferasi asosan gazsimon azotdan va ko‘p miqdorda suv bug‘lari, karbonat angidriddan iborat bo‘lgan. Bu moddalarni hosil qiluvchi 4 element – uglevod, vodorod, azot va kislota - barcha tirik organizmlarning 98% ini tashkil etadi. Yerning birlamchi atmosferasida gaz molekulalarning o‘zaro yashil yangi yirik molekulalarni hosil qilgan. Hozirgi vaqtda yer atmosferasining 21% ini tashkil etuvchi kislorod deyarli bo‘lmagan, u paytda u fotosintezlovchi organizmlar tomdan katta miqdorda ishlab chiqilmagan.
Ultrabinafsha nurlar natijasida (biz hosir kislorod birikmalarining biri- ozon qatlami bilan himoyalanganmiz). Yer yuzasiga yetib kelgan va yangi molekulalar sintezida ishtirok etgan.
Dastlab organik birikmalar yoki boshqa organizmlar bilan oziqlanuvchi organizmlar – geterotroflar paydo bo‘lgan. Eng qadimgi qazilmalarning yoshi 3,5 mlrd yildan iborat. Fotosintez jarayonida oziq moddalarni sintezlovchi avtotrof organizmlar 3,4 mlrd yil avval paydo bo‘lishgan. Taxminan 1,5 mlrd yil avvval prokariotlardan yirikroq bo‘lgan eukariotlar paydo bo‘lgan. Ko‘p hujayrali eukariotlarning evolyusiyasi 650 mln. yil avval boshlangan va 450 mln. yil avval ular quruqlikni o‘zlashtira boshlagan. O‘simliklar ko‘p hujayrali organizmlarni bog‘lovchi evolyutsion liniyalardan biridir. Boshqa yirik guruhlar zamburug‘ va hayvonlar hisoblanadi. Bir hujayrali eukariotlar protistlar olamiga mansub 3 ta kichik ko‘p hujayrali eukariotlar – qizil, qo‘ng‘ir va yashil suvo‘tlarni o‘z ichiga oladi. Ko‘p hujayralilarning barcha 6 liniyasi bir hujayrali protistlardan mustaqil holda kelib chiqqan. Yashil suvo‘tlardan o‘simliklar bir qator quruqlikda yashashga moslashuvga ega bo‘lgan. Ular hukmron guruh vakillari tomirli o‘simliklarda rivojlangan va maxsus teshik – ustitsalar bo‘lgan (bu orqali gaz almashinuvi sodir bo‘ladi) mumsimon kutikulaga ega; ksilemadagi o‘tkazuvchi sistema suv bilan yutilgan oziq moddalarni poya bo‘ylab ildizdn barg va floemaga etkazadi. Bo‘yiga o‘sish birlamchi, eniga o‘sish esa meristema – hujayralarning tez bo‘linish zonasi bilan bog‘liq holda amalga oshadi.
O‘simliklarning evolyutsiyasi hayvonlarni ham o‘z ichiga olgan yirik quruqlik birlashmalari – biomlar paydo bo‘lishi bilan birga boradi. Biomlar o‘rab turgan jonsiz muhit – ekosistemalarni hosil qilgan. 2 mln yil avval, paydo bo‘lgan odam 11000 yil avval dehqonchilikni kashf etdi va kattalashtirdi. Yerdagi hukmron ekologik kuchga ega bo‘ladi. Odamlar o‘simliklar to‘g‘risidagi bilimlarini shaxsiy rivojlanish maqsadlarida qo‘lladi va kelajak qo‘llamoqdalar. Barcha tirik organizmlar prokariotlar va eukariotlarga bo‘linadi. Prokariotlar sitoplazmalarida: yadrosi bo‘lmagan, ammo bir yoki bir nechta DNK uchastkasiga ega organizmlardir. Prokariotlarda mitoxondriylari yo‘q, ularning plastidasida mezosomalar ya’ni murakkab membrana tuzilmalari mavjud. Ayrim prokariotlarda suvda erkin suzish imkonini beruvchi gazli vakuolalar bor. Prokariotlarda xitin va sellyuloza bo‘lmaydi. Prokariotlarda mitoz va meyoz kuzatilmaydi. Jinsiy jarayon kuzatilmaydi yoki konyugatsiya tipida o‘tadi, ularning hujayralari gaploid. Eukariotlar – hujayrasida yadro, mitoxondriya, plastidalar bo‘lgan organizmlardir. Hujayra qobig‘ida xitin yoki sellyuloza mavjud. Ularda jinsiy jarayon va yadro fazalarining almashinuvi kuzatildi. Eukariot o‘simlik va hayvonlarga ajraladi. Tuban (tallomli) o‘simliklarga suvo‘tlar, bakteriya, zamburug‘lar, lishayniklar, aktinomitsetlar kiradi. Bu guruh vakillari o‘ta xilma-xil bo‘lsada, ular uchun umumiy bo‘lgan va yuksak o‘simliklardan farq qilgan belgilar vegetativ tanasining barg, poya, ildizga ajratilmaganligidir. Bu tallom yoki qattana deyiladi. Ayrim suvo‘tlar masalan, Laminaria ko‘rinishidan yuksak o‘simliklarga o‘xshash, tallom qismlari barg, poya, ildizga o‘xshash, ammo yuksak o‘simliklar uchun xos bo‘lgan to‘qimaga ega emas, uning tallomida tomirli tutamlar va o‘tkazuvchi sistemalar bo‘lmaydi. Ko‘k -yashil suvo‘tlardan tashqari boshqa bo‘limlarning barchasi (evglenalar, xrizofitlar, pirofitlar, yashil, turli xivchinlilar, diatom, qo‘ng‘ir, qizil, shilimshiqlar, zamburug‘ va lishayniklar) eukariotlar hisoblanadi. Tuban o‘simliklarga miksomitsetlar (shilimshiqlar) bo‘limi va xlorofillga ega bo‘lmagan zamburug‘lar kiradi, lishayniklar simbioz organizmlar (tarkibida suvo‘tlar va zamburug‘lar) alohida bo‘limni tashkil etadi. Zamburug‘ va suvo‘tlar quyidagi sistematik gradatsiyaga tur-turkum-oila-tartib-ajdod-bo‘limga ajraladi. Tur umumiy ajdoddan kelib chiqqan organizmlarning yig‘indisi. Ma’lum turga o‘xshash muhim belgilar (o‘lcham, rang, shakl, spora) va yashash sharoitiga bir xil talab, umumiy arealga ega organizmlar kiradi. Tuban o‘simliklar to‘g‘risidagi fan boshqa ilmiy fanlarga asos bo‘ladi. Mikrobiologiya bakteriyalarni o‘rganadi. Mikologiya zamburug‘larni biologiyasi va amaliy ahamiyatini, virusologiya – viruslarni, algologiya – suvo‘tlarni o‘rganadi.
Prokariotlarga 3000 ga yaqin tur kiradi. Ularga 2 ta bo‘lim: uvoqlilar (mikoplazmalar, bakteriya, aktinomitsetlar va ko‘k-yashil suvo‘tlar sianobakteriyalar) kiradi. Hujayrasiz hayot shakllari virus va viroidlar alohida bo‘lim hisoblanadi. Bu tuban tuzilishga ega bo‘lgan fotoavtotrof o‘simliklar bo‘lib faqat suvda hayot kechiradi. Bunday suvo‘ttoifalar hujayrasidagi pigmentlar, xromatoforlar fotosintez natijasida hosil bo‘ladigan organik modda xivchinlarining tuzilishlariga ko‘ra bir necha bo‘limlarga ajratiladi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling