«biotexnologiya» kafedrasi
Klassifikatsiyasi. Muhim vakillari
Download 0.86 Mb.
|
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo‘lim
Klassifikatsiyasi. Muhim vakillari.
Ko‘k - yashil suvo‘ttoifalari uchta ajdodga bo‘linadi: Xrokokksimonlar - Chrococcopsida Xamesifonsimonlar - Chamesiphonopsida Gormogonsimonlar - Hormogoniopsida Xrokokksimonlar ajdodi – Chrococcopsida Klassifikatsiya: Bo‘lim: Ko‘k – yashil suvo‘ttoifalar – Cyanophyta Ajdod: Xrokokksimonlar– Chrococcopsida Turkum: Mikrotsistlar – Microsystis Turkum: Gleokapsa – Gleocapsa Turkum: Merismopediya – Merismopedia Bu ajdod asosan kolonial, ba’zan bir hujayrali suvo‘t formalarni o‘z ichiga oladi. Hujayralari bazal va apekal qismlariga differensiallashgandir. Ko‘payishi hujayralarning teng bo‘linishi natijasida sodir bo‘ladi. Bo‘lingan hujayra ajralib ketmasa shilimshiq parda bilan o‘ralib, koloniya hosil qiladi. Koloniyaning shakli dumaloq, sharsimon yoki yassi – plastinkasimon bo‘lishi mumkin. Bu ajdod vakillari bir necha qabila va turkumlarga bo‘linadi. Biz eng muhim turkumlari bilan tanishamiz. Mikrotsistlar Microsystis – chuchuk suvo‘tlarda plankton holatda keng tarqalgan bo‘lib, rivojlanish paytida suvning “gullashi” ni hosil qiladi. Hujayra shakli sharsimon bo‘lib bunday hujayra har tomonlama bo‘linib aniq shaklga ega bo‘lmagan shilimshiqli koloniya hosil qiladi. Mikrotsistis turlari ko‘l suvlarini organik moddalardan tozalashda muhim rol o‘ynaydi va suvdagi mikroorganizmlarga oziq hisoblanadi. Ba’zi turlari, masalan, Janubiy Amerikada uchraydigan M. toxica hayvonlar uchun zaharli hisoblanadi. Gleokapsa turkumi (Gleocapsa). Bu turkumga bir hujayrali va koloniya shaklidagi vakillari kiradi. Ular suvda erkin yoki substratga yopishib o‘sadi. Hujayra shakli sharsimon, bir yoki ko‘p qavatli shilimshiq parda bilan o‘ralgan. Merismopediya turkumi (Merismopedia)ning turlari to‘xtab qolgan chuchuk suvlarda plankton holda boshqa suvo‘tlari bilan birgalikda o‘sadi. Sharsimon hujayra ikkita kichkina ko‘lchacha shaklida bo‘lib, bir necha marta bo‘linib, yassi koloniya hosil qiladi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling