«biotexnologiya» kafedrasi


Mavzu yuzasidan nazorat savollari


Download 0.86 Mb.
bet5/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Mavzu yuzasidan nazorat savollari:

1.Suvo‘ttoifalar hayot jarayonida nasllar gallanishi, ya’ni sporofit nasl bilan gametofit nasl gallanib turadi. Yuksak va tuban o‘simliklarning orasida qanday farqlar bor?


2.Prokariotlar va eukariotlar hujayralari bir-biridan qayday belgilari bilan farq qiladi?
3.Bakteriyalar oziqlanishida nimadan foydalanadi va qanday oziqlanadi?
4.Bakteriyalar oziqlanishida nimadan foydalanadi va qanday oziqlanadi.
5.Viruslar qanday ahamiyatga ega?
2-ma’ruza:Ko‘k-yashil suvo‘tlar bo‘limi – Cyanophyta.
Reja
1.Tallomi va hujayrasining tuzilishi.
2.Xrookokksimonlar-Chroococcophyceae va Gormogonsimonlar Hormogoniophyceae sinflari, ularning asosiy vakillari.
3.Ko‘k-yashil suvo‘tlarning sistematik guruhlari orasidagi evolyusion aloqalar. Tarqalishi va ahamiyati.
Mavzu bo‘yicha asosiy tushuncha va iboralar: Tallom,Xrookoksimonlar,Gormogonsimonlar,ko‘k yashil suvo‘tlar.
Ma’ruza mavzusi bayoni.
Bu bo‘limga bir hujayrali, koloniyali, shakli ipsimon, tuzilishga ega suvo‘ttoifalari kiradi. Ularning hujayrasi tarkibida xlorofill "a", karotinoidlar va ko‘k rang beruvchi pigmentlar - fikosian, allofikosian hamda qizil rang beruvchi fikoeritrin pigmentlari bo‘ladi. Bu pigmentlarning o‘zaro qo‘shilishi nisbatiga qarab ko‘k-yashil rangda bo‘lish mumkin.
Pigmentlarning xili, xivchinli stadiyalarning yo‘qligi bilan ko‘k-yashil suvo‘ttoifalar qizil suvo‘ttoifalar bo‘limiga yaqindir, lekin tipik yadro, mitoxondriy hamda xromotoforalarning yo‘qligi bilan uvoqlilar (Schizophyta) bo‘limiga o‘xshash, shuning uchun Prokariota gruppasiga qo‘shib o‘rganiladi. Ko‘k-yashil suvo‘ttoifalar hujayrasi yorug‘lik mikroskopi ostida tekshirilganda sitoplazma po‘sti ko‘rinmaydi, faqatgina hujayra po‘stiga yaqin rangli qismi (xromotoplazma) va markaziy rangsiz (sentroplazma) qismlarga ajralish bilan xarakterlanadi. Xromotoplazma bilan sentroplazma o‘rtasida qat’iy chegara yo‘q. Sentroplazmada yadro po‘sti, yadro va yadrochalar bo‘lmaydi. Ammo, sitoplazmada DNK to‘planadi. Shu sababli uni primitiv (boshlang‘ich arsyota guruhiga qo‘shib o‘rganamiz) sitoplazmada zapas ozuqa moddalar ham joylashadi (glikogen, volyutin, sianofitsin donalari) va gaz bilan to‘lib turadigan bo‘shliq bo‘lib, gaz vakuolalari yoki psevdovakuolalar deyiladi. Bu psevdovakuolalarning ba’zi turlari butun vegetatsiya davomida saqlanadi, ba’zilarida esa faqat ma’lum taraqqiyot stadiyalardagina bo‘ladi. Elektron mikroskop yordamida kuzatilgan ko‘k-yashil suvo‘ttoifalari hujayrasi qo‘yidagi tuzilishga ega. Hujayra po‘sti murein qatlam hujayra po‘stining mustahkamligini belgilaydi va hujayraning shaklini saqlaydi. Murein qatlam tashqarisida elektron-yaltiroq qatlam va membranaga o‘xshash qatlam joylashgan bo‘ladi. Bu qatlamlar uglevodlardan tashkil topgan bo‘lib, qatlamdan silliq va plastikligi bilan farq qiladi. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan to‘rt qatlam ko‘k-yashil suvo‘ttoifalari hujayra po‘stining uzunasiga kesimidan ko‘riladi. Ipsimon ko‘k-yashil suvo‘ttoifalarning hujayra po‘stining ko‘ndalang kesmasi tekshirilganda faqat va qatlamlaridan tashkil topganligini ko‘ramiz. Sitoplazmaning periferik - (tashqi) qavati xromotoplazmada tilakoid joylashadi (tilakoidlar membranasi - xlorofill va karotinoidlar molekulasidan tuzilgan) va hujayraning hamma qismlariga tarqaladi. Ko‘k-yashil suvo‘ttoifalarida tilakoidlar to‘p-to‘p bo‘lib joylashmasdan, alohida ya’ni, bitta-bitta joy oladi. Bu suvo‘ttoifalarning hujayrasida yana qo‘shimcha pigmentlardan (fikotsian, allofikotsianin va fikoeritrin), granula shaklida fikobilisom bo‘lib, tilakoidlarni tashqarisida joylashadi. Hujayra markazida sitoplazmadan alohida qobiq bilan ajralmagan nukleoplazma bo‘lib, unda DNK fibrillari joylashadi va yadro vazifasini bajaradi.
Sitoplazmada tilakoidlar va nukleoplazmadan tashqari ribosoma hamda zapas oziq moddalar: glikogen, valyutin (metaxromatin), sianofisen granullari uchraydi.Ko‘k-yashil suvo‘ttoifalar hujayrasining bo‘linishi, yon devorlarida halqasimon qatlamlarning hosil bo‘lishidan boshlanadi. Bu qatlam sitoplazma membranasi va po‘stining ichki qavatlaridan yuzaga keladi. Hujayra bo‘linishidan oldin DNK miqdori ikki marotaba oshadi, hujayra bo‘linganda bu DNK ham ikkiga bo‘linadi. Ko‘pgina ko‘k-yashil suvo‘ttoifalarining hujayra po‘sti tashqi tomonidan shilimshiq qatlam bilan (g‘ilof singari) o‘rab olingan bo‘ladi. Bu qatlam ancha qalin va mustahkam bo‘lib, bir nechta hujayralarni birgalikda o‘rab turadi. Mana shu shilimshiq qatlam hujayralarni qurib qolishidan saqlaydi va (egri-bugri) harakat qilishga yordam beradi. Shilimshiq qavatlar tarkibini fibrin ipchalar tashkil etadi.Ba’zi bir ipsimon ko‘k-yashil suvo‘ttoifalarda hamma hujayralari bir xil bo‘lib, gomotsit tallom deyiladi. Boshqa turlarida ipsimon tallomlari turli vegetativ hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, geterotsit tallom deyiladi. Ba’zi vegetativ hujayralarda sporalar (akinet)lar hosil bo‘ladi, bularga akinet hujayralar hisoblanadi. Bunday hujayralar tallomdagi vegetativ hujayralarning differensiyasi natijasida hosil bo‘ladigan maxsus hujayralardir. Geterotsist hujayrasining asosiy xususiyatlaridan biri hujayra po‘stining qalinlashganligi va o‘lik ya’ni hayotchanligni yo‘qotgan hujayra ichi yoki bo‘shlig‘i havo bilan to‘lgan bo‘ladi. Geterotsistlar hujayraning vegetativ ko‘payishida ishtirok etadi, ya’ni tallomlar, geterotsist bor joydan o‘ziladi va yangi tallomlarni hosil qiladi ba’zan ipsimon tallomning bir bo‘lakchasi ajralib, gormogonlarga aylanadi. Ayrim vaqtlarda geterotsistlarning ichki qismlari bo‘linib, yangi yosh hujayra vujudga keladi. Geterotsist kislorodli sharoitda atmosfera azotini fiksasiya qilish qobiliyatiga ega.Vegetativ hujayralarning differensialanishidan mutaxassislashgan ikkinchi xil hujayra – spora hosil qiluvchi bo‘ladi, bunga akinet spora deyiladi. Akinet spora odatda vegetativ hujayraga nisbatan ancha katta, qalin devorli bo‘lib, geterotsistlardan farq qiladi. Vegetativ hujayralarning differensialashganidan hosil bo‘lgan sporaning rivojlanishida murein qavat qalinlashadi, bundan tashqari hujayra po‘stining tashqarisida yo‘g‘on enli o‘ram hosil bo‘ladi. Akinet spora geterotsistdan farq qiladi, uning zapas granulasi tarkibida sianofisin ko‘p bo‘ladi. Spora ichida tilakoidlarning joylanishi vegetativ hujayranikiga o‘xshaydi. Sporada DNK miqdori vegetativ hujayranikidan 20 - 30 marta ko‘p bo‘ladi. Sporalar quruqlikka anchagina chidamli bo‘lib, tinchlik davrini o‘tgandan keyin uning hujayra po‘sti yorilib har qaysidan yangi individ o‘sib chiqadi. Ko‘k-yashil suvo‘ttoifalarda jinsiy protsess kuzatilmaydi. Bir hujayrali kolonial formalarda ko‘payishi hujayralarning teng bo‘laklarga bo‘linishi bilan sodir bo‘ladi, ba’zan bir turlarning hujayrasi endospora yoki ekzospora hosil qilish yo‘li bilan ko‘payadi. Ko‘pchilik ipsimon formalar gormogonlar hosil qilish, ya’ni iplarning alohida bo‘laklarga bo‘linishi bilan ko‘payadi. Bu gormogonlar bir muncha vaqt harakatlanadi, keyin o‘sib yangi individga aylanadi. Ipsimon (geterotsist) ko‘k-yashil suvo‘ttoifalari akinet spora hosil qiladi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling