«biotexnologiya» kafedrasi


-amaliy mashg‘ulot: Volvoksning tuzilishi va ko‘payishi


Download 0.86 Mb.
bet69/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

6-amaliy mashg‘ulot: Volvoksning tuzilishi va ko‘payishi.
Qabila: Volvoksnamolar - Volvocales
Turkum: Xlamidomonada - Chlamydomonas
Turkum: Volvoks – Volvox
Volvoksnamolar tartibining keyingi evolyutsiyasida sharsimon koloniya vujudga kelgan. Bularni, tipik vakili sifatida volvoks (Volvox) bilan tanishamiz. Uning koloniyasi nihoyatda murakkab tuzilgan, organik moddalarga boy bo‘lib, yozda iliq ko‘lmak hamda xalqop suvlarda, mayda hovuzchalarda o‘sadi. Volvoksning koloniyasi sharsimon yoki ellipsimon bo‘lib, diametri 2-3 mm. Bitta koloniyadagi hujayralar soni 500-600 mingga etadi. Volvoksni har bir hujayrasi gematokokk hujayrasini eslatadi. Koloniya markazi shilimshiq suyuqlik bilan to‘lgan, ust tomonida gematokokkga o‘xshash ikki xivchin, yadrosi, xromatoforasi, ko‘zchasi, tebranuvchan vakuolalari bo‘ladi. Hujayra po‘sti yarim shilimshiq bo‘lib, xivchini tomoni tashqariga, dum tomoni markazga tomon bir qator bo‘lib joylashgan. Koloniyadagi hujayralar ingichka plazmasimon iplar (plazmodezmalar) yordamida o‘zaro birlashadi. Volvox globator degan turda bu iplar ancha dag‘al, yo‘g‘onlashgan hamda xromatofor bilan tutashgan bo‘lib, mikroskop ostida qaralsa senobiy xloroplasti yulduzsimon shaklda ko‘rinadi. Volvoksnamolar tartibining vakillari jinssiz ko‘paygan vaqtda qiz koloniyalar hosil qiladi. Masalan, Gonium jinssiz ko‘paygan vaqtda harakatdan to‘xtab, hujayra protoplasti eniga va bo‘yiga bir necha marta bo‘linib, oxirida 16 plastinkasimon hujayralar hosil qiladi. Natijada ona hujayra (senobiy) ichida yangi senobiy paydo bo‘ladi. Ular kichikligi bilan ona senobiydan farq qiladi. Bu yosh senobiy ona senobiysi ichida harakat qilib o‘sadi. Ma’lum vaqt o‘tgach bola senobiy ona senobiy devorchasini yirtib, suvga chiqib, mustaqil o‘sadi va jinssiz ko‘payadi. Pandarina, Eudorina va Volvoks turkumlarining turlari ham jinssiz ko‘paygan vaqtda hujayra protoplasti ko‘ndalang 2, 4, 8, 16 bo‘laklarga bo‘linadi. Natijada goniumnikiga o‘xshash ko‘p hujayrali plastinka vujudga keladi, keyin uni chetlari bukilib, xivchinlar chiqarib, kichik senobiy hosil bo‘ladi. Volvoks senobiysida vegetativ va 8-10 reproduktiv hujayralar bo‘lib, ular qiz koloniya hosil qilish xususiyatiga ega. Bunday hujayralar gonidiy hujayralar deb ataladi. Gonium va pandarinaning jinsiy ko‘payishi izogamiya, evdorinada - geterogamiya, volvoksda esa oogomiya.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling