«biotexnologiya» kafedrasi


-amaliy mashg‘ulot:Ko‘k - yashil suvo‘tlari bo‘limi. Nostokning tuzilishi va ko‘payishi


Download 0.86 Mb.
bet66/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

2-amaliy mashg‘ulot:Ko‘k - yashil suvo‘tlari bo‘limi. Nostokning tuzilishi va ko‘payishi
Gormogonsimonlar ajdodi – Hormogoniopsida
Klassifikatsiya:
Bo‘lim: Ko‘k – yashil suvo‘ttoifalar – Cyanophyta
Ajdod: Gormogonsimonlar – Hormogoniopsida
Qabila: Ossillatoriyanamolar - Oscillatoriales
Turkum: Ossillatoriya – Oscillatoria
Qabila: Nostoknamolar - Nostocales
Turkum: Nostok –Nostoc
Bu ajdodga kiradigan suvo‘tlar, ko‘p hujayrali ipsimon shaklda bo‘lib, har bir hujayra qo‘shni hujayra protoplazmasi bilan plazmodesma ipchalar vositasida birikadi. Ko‘payish gormogoniyalar va sporalar vositasida bo‘ladi va bu ajdod bir nechta qabilalarga bo‘linadi. Shulardan ossillatoriyanamolar (Oscillatoriales), nostoknamolar (Nostocales) va stigonemanamolar (Stigonematales) qabila vakillari bilan tanishamiz. Nostok (Nostoc) bu turkumning vakillari xilma – xil shaklda va kattalikda bo‘lib, shilimshiqli koloniya hosil qilish bilan harakterlanadi. Koloniya shilimshiq po‘st bilan qoplangan, shaklli ellipssimon va ipsimon ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Shilimshiq ichida nostok iplari turlicha joylashadi, ya’ni, tartibsiz chalkashgan, markazdan radikal holatda yoki uzoqlashgan holatda bo‘ladi. Nostokni ipida anabena ipiga o‘xshash vegetativ hujayralar bilan bir qatorda, interkolyar geterotsistlar ham joylashadi. Geterosistlar bor joydan uzilib, gormogonlar hosil qilish yo‘li bilan ko‘payadi. Gormogonlarning hosil bo‘lish davrida hujayra shakli o‘zgaradi. Bentos holda o‘sadigan formalardagi vegetativ hujayralarda gaz vakuolalari bulmaydi, bu vakuola faqatgina gormogoniy hujayralarida yuzaga keladi. Gormogoniy harakat qilish hususiyatiga ega bo‘lib, qalqib turgan ona koloniyadan chiqadi. Nostoknamolarning ba’zi turlarida vegetativ ip asimmetrik tuzilgan. Masalan, kolotriks (Colothrix) turkumi vakillarining ipi qamchisimon, ancha kengaygan bazal qismida geterotsist differensiyallashadi, qarama-qarshi tomonida ipi ingichkalashadi va o‘lkan hujayralardan hosil bo‘lgan hujayrali tukchalar bilan qoplanadi. Ip g‘ilof ichida bo‘lib shoxlanishi mo‘mkin. Rivulyariya (Rivularia) va gleotrixiya (Gloeotrichia) turkumiga mansub suvo‘tlarning tallomi xuddi nostoklarnikiga o‘xshash dildiroq modda ko‘rinishida bo‘lib, ipi asimmetrik, markazida radius bo‘ylab tarqaladigan shilimshiq bilan qoplangan. Koloniya markazga kengaygan geterotsistidli bazal qismi bilan joylashib, tashqi tomonidan tukchalar joylashadi. Kolotriks, rivulyariya va gleotrixiyalar gormogonlar vositasida ko‘payadi. Gormogonlar hosil bo‘lish vaqtida tukchalar to‘kiladi, hujayrasining shakli, katta-kichikligi o‘zgaradi va gaz vakuolalari hosil bo‘ladi. Gormogonlar to‘g‘ri va simmetrik bo‘lib, asosiy ipdan ba’zi hujayralarning o‘lishi natijasida uziladi hamda bir qancha vaqt suzib yuradi, shundan keyin harakatdan to‘xtaydi va o‘sib asimmetrik ipga aylanadi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling