«biotexnologiya» kafedrasi


Bug‘doy chang qorakuyasi –


Download 0.86 Mb.
bet63/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Bug‘doy chang qorakuyasi – Ustilago tritici.
Bu zamburug‘ bahori bug‘doyni zararlantiradi. Chang qorakuyasi bilan kasalangan bug‘doy faqat bosh tortish paytida ma’lum bo‘ladi. Boshoqda don o‘rniga qora to‘zondek chang qorakuya sporalari - teliosporalari (xlamidospora) lar vujudga keladi. Qorakuyaga qarshi kurash uchun, ekiladigan urug‘ni dezinfeksiya qilishdan-dorilashdan, ya’ni ekiladigan don yuzasiga ilashgan teliosporalarni o‘ldirgan holda, o‘ziga zarar yetkazmaydigan zaharli moddalar bilan ishlashdan iboratdir. Bug‘doy tosh kuyasi bilan zararlangan bug‘doy to‘pguli lupa ostida qaralganda, teliosporalar bilan tulgan donlarni ko‘rish mumkin. Ular sog‘lom boshoqdan tashqi ko‘rinishdan kam farq qiladi. Bir nechta zararlangan boshoqchalarni ajratib olib, mikroskop ostida uning tashqi ko‘rinishiga e’tibor beriladi. Ularning meva yoki qoramtir bo‘lib, uzunchoq yoriqlari mavjud. Meva yoni sekingina yorib ko‘rilganda, ichi qora rangli teliosporalar bilan to‘lib turgani ko‘rinadi. Undan «aynigan baliq» hidi kelib turadi. Shuning uchun ham u «sassiq kuya» deb ham nomlanadi.
Mikroskopda bug‘doy tosh qorakuyasi va chang qorakuyasini teliosporalarini bir preparatda qaralganda tosh qorakuyaning teliosporalari nisbatan yirikligi aniq namoyon bo‘ladi. Undan tashqari tosh qorakuya teliosporasini yuzasida katakchali naqshlari bor. O‘sgan sporalarida qo‘shiladigan uzunchoq bazidisporali bazidiyalari ko‘rinadi. Bug‘doy chang qora kuyasi va tosh qorakuyasi qishloq xo‘jaligida ziyon keltiradi. Shuning uchun ularga qarshi ommaviy kurash olib borish zarur. Shunday usullardan biri ekiladigan urug‘ yaxshilab yuviladi.
Makkajo‘xori qorakuyasi – Ustilago zeae.Makkajuxorining bo‘rtgan qorakuyasi o‘simlikning to‘p gulida, so‘tasida, poya bo‘g‘imlarida, barg va boshqa qismlarida yashab, oqimtir kumush rangli yoki pushti, keyinchalik jigar rang qora tusga kiradigan bo‘rtmalar hosil qiladi.
Zangnamolar qabilasi – Uredinales
Klassifikatsiya:

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling