«biotexnologiya» kafedrasi


Plastinkanamolar qabilasi -


Download 0.86 Mb.
bet60/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Plastinkanamolar qabilasi - Agaricales
Bu qabilaga kiruvchi zamburug‘larning mevatanasi yumshoq, go‘shtdor bo‘lib, yon oyoqcha va qalpoqchaga ega, ayrim turlarida mevatana bandsiz bo‘lib, muhitga yopishadi. Qalpoqchaning ostki tomonida tik yo‘nalishli giminofor plastinkalari joylashgan. Bu qabilaning faqatgina boletusdoshlar - Boletaceae oilasida gimenoforalar naycha shaklida bo‘lib, meva tanadan gimeniy bilan qoplangan bo‘lib, konusga o‘xshaydi. Plastinkaning markaziy qismi trama deb ataladi. Trama to‘rt xil tuzilishda bo‘lib, plastinkanomalarni sistemaga solishda muhim belgi hisoblanadi.
Faksilladoshlar oilasi - Paxillaceae
O‘z ichiga besh turkum va 20 turni oladi. Bu oilaning gimenofori plastinkasimon, plastinka uchlari bir necha marta shoxlangan bo‘lib, bir-biri bilan qo‘shilgan. Sporalari silliq, sporasiz, oq yoki sarg‘ish poroshok shaklida. Eng muhim vakillari Paxullus hisoblanadi.
Agariknamolar tartibi – Agaricalas
Muxomordoshlar oilasi – Amanitaceae
Plastinkalari erkin joylashgan, sporalari silliq, poroshoksimon, oq yoki pushti rang. Oilaning hamma turlarida oq, pardasimon umumiy o‘rama hosil bo‘ladi. Ko‘pchilik vakillari daraxtlarning ildizida o‘sib, mikoriza hosil qiladi, ba’zi turlari esa organik moddalarning chirishida ishtirok etadi. Bu oila o‘z ichiga besh turkumni olib, ular orasida muxomor (Amanita) muhim ahamiyatga ega. Qizil muxomor (A. muscaria) ham shularga kiradi. Ularning mevatanasida fallidin va atonitin degan zaharli modda bo‘ladi. Bu modda odam organizmni zaharlashi va o‘ldirishi mumkin. Ayniqsa, oq poganka juda xavfli bo‘lib, odamni zaharlashi mumkin. Bunday zaharli zamburug‘lar o‘rmonlarda ko‘p uchraydi. Bularni eb bo‘lmaydi (87-rasm). Muxomorning qalpoqchasi sharsimon yoki yassi, och, qizil, sarg‘ish rangli. O‘ramaning qoldiqlari oq, mayda sochilgan.
Agarikdoshlar oilasi –Agaricaceae.
Bu oila g‘oyat katta bo‘lib, 13 turkumga bo‘linadi. Asosan gumusga boy bo‘lgan to‘proqlarda saprotrof oziqlanadi. Plastinkalari ozod joylashgan, ayrim turlarida plastinka birlashgan bo‘lib, gimenoforlari maxsus oq pardadan o‘rama hosil qiladi. Sporalari silliq yoki tukli oq qo‘ng‘ir yoki qoramtir rangda bo‘ladi. Bu oilaga iste’mol qilinadigan zamburug‘lardan shampinon - Agaricus turlari kiradi: ikki sporali – Agaricus bisporus shampinonning bazidiyalarida faqat ikkitadan bazidiosporalar hosil bo‘ladi. Bu zamburug‘ ovqatga ishlatiladigan bo‘lib, parniklarda ham o‘stiriladi. Shampinon O‘rta Osiyo respublikalarining bog‘larida, ariq bo‘ylarida, to‘qayzorlarda va tog‘li rayyonlarida keng tarqalgan.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling