«biotexnologiya» kafedrasi


Download 0.86 Mb.
bet56/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Achitqidoshlar oilasi - Saccharomycetaceae
Bu oilaning vakillari diqqatga sazovordir. Bularda haqiqiy mitseliy yo‘q. Hujayra bir yadroli, yakka-yakka yoki oval shaklda. Shakarli muhitda kurtaklanib ko‘payadi. Ba’zan hosil bo‘lgan kurtaklar uzulmasdan qisqa shoxli “zanjir” soxta mitseliy hosil qiladi. Jinsiy ko‘payishi ikki vegetativ hujayraning qushilishi vositasida bo‘ladi. Zigotaning o‘sishidan xalta ichida sakkizta spora yetiladi . Achitqidoshlar oilasining taraqqiyot siklida gaploidli va diploidli davrlar har xil bo‘ladi. Masalan, non xamirturush achitqisi (Saccharomyces cerevisiae) zamburug‘ida sodir bo‘ladi, shundan keyin somatik hujayralirning qo‘shilishi natijasida jinsiy ko‘payadi. Hosil bo‘lgan hujayralar diploidli bo‘lib, keyinchalik kurtaklanish boshlanadi. Qo‘lay sharoitda yaxshi aeratsiyali muhitda, ovqat kamayganda diploidli hujayralar xaltachaga aylanadi. Tabiatda achitqi zamburug‘lari orasida shunday turlar borki, ularda gaploidli davr qisqarib ketgan. Ba’zan xaltacha ichida askosporalar bir-biri bilan qo‘shiladi. Bunday hodisa Saxoromikodes lyudvigda uchraydi. Achitqi zamburug‘lar tabiatda qandga boy bo‘lgan muhitda ko‘proq tarqalgan. Ular mevalarning ustida, gulning nektarida, daraxtlardan oqib chiqadigan shiralarda yashaydi. Bunday muhitda achitqi zamburug‘ amilaza fermenti ta’sirida kraxmalni shakarga aylantiradi, keyin spirtli bijg‘ish sodir bo‘lib, shakar etil spirti, karbonat angidridga aylanadi. Shuning uchun ham zamburug‘lardan spirt, vino, pivo, va non tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Vino achitqisi (Saccharomycetes ellipsoideus) tabiatda uzum, anjir singari sershira mevalar ustida yashaydi. Sof vinolarda spirtning miqdori 10-19% ga oshmaydi. Pivoda esa 6% spirt bo‘ladi. Achitqi zamburug‘lar sun’iy sharoitda juda tez o‘sib, ko‘paya oladi. Shuning uchun biologiya, genetika va bioximiya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishda foydalaniladi.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari?

  1. Xaltachali zamburug‘lari qanday umumiy xususiyatlarga ega?

  2. Qanday qabilalariga bo‘linadi?

  3. Qanday ular bilan ko‘payadi?

  4. Qaysi muhim vakillarini bilasiz?



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling