Endogonnamolar qabilasi – Endogoniales
Bular tuproqdagi o‘simlik qoldiqlarida yashab saprotrof oziqlanadi. Zamburug‘ning hujayrasiz mitseliysi yuksak o‘simliklarning ildiziga qo‘shilib simbioz bo‘lib yashaydi va endotrof mikoriza hosil kiladi. Endotrof mikorizada zamburug‘ giflari o‘simlik ildizining ichki qismida o‘ralib, ildiz tukchalari vazifasini o‘taydi.
Entomoftoranamolar qabilasi – Entomophthorales
Yer yuzida entomoftoranamolarning taxminan 50 turi uchraydi. Asosan hasharotlar, suvo‘tlari hamda qurbaqa va kalta kesaklarning ekskprementlarida yashab parazitlik qiladi. Mitseliysi bo‘g‘inli bir yoki ko‘p yadrolidir. Jinssiz ko‘payishi otiluvchan konidiyalar bilan bo‘ladi. Jinsiy ko‘payishi esa izogamiya. Ammo qo‘shiladigan hujayralar ko‘pincha bir yadroli (gametogamiya)ga o‘xshash bo‘ladi.
Zoopagnamolar qabilasi - Zoopagales
Bu zamburug‘lar tuproqdagi chirigan o‘simlik barglarida, go‘ng ustida joylashgan amyoba, nematod va hashoratlarda doimiy parazitlik qiladi. Zamburug‘ning mitseliysi ko‘p hujayrali va ko‘p yadroli bo‘lib, juda ham ingichka. Gifning usti yopishqoq, shuning uchun hasharotlarni osonlik bilan ushlaydi va gaustoriyalari bilan xo‘jayin organizmga yopishadi. Jinssiz ko‘payishi konidiylar vositasida bo‘ladi. Konidiy mitseliyning yon tomonida yoki uzun zanjir shaklida hosil bo‘ladi. Jinsiy ko‘payishi – izogamiya. Endokoxlus (Endosochlus) turkumining vakillari amyobada uchraydi.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari?
1. Oomitsetsimonlar zamburug‘lari qanday umumiy xususiyatlarga ega?
2. Qanday qabilalariga bo‘linadi?
14-ma’ruza:Askomitsetlar yoki Xaltachali zamburug‘lar – Ascomycetes ajdodi.
Reja
1.Xaltachali zamburug‘larning umumiy tavsifi.
2.Yalong‘och xaltachalilar kenja ajdodi, vakillari, klassifikatsiyasi, tuzilishi, ko‘payishi.
3.Mevatanasining hosil bo‘lishi va xillari.
Do'stlaringiz bilan baham: |