«biotexnologiya» kafedrasi


Mavzu bo‘yicha tayanch so‘z va iboralar


Download 0.86 Mb.
bet53/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Mavzu bo‘yicha tayanch so‘z va iboralar: sporodoxiya, loje, piknidiya,gametangiya gametangiogamiya,kariogamiya, prototunikat, eutunikatlar.
Ma’ruza mavzusi bayoni.


Askomitsetsimonlar ajdodi, zamburug‘lar bo‘limining eng katta ajdodi bo‘lib, uning tarkibiga tuzilishi va hayot sharoiti xilma-xil bo‘lgan 30. 000 ga yaqin turi kiradi. Bu ajdodga kiruvchi zamburug‘larning xususiyati shundan iboratki, jinsiy ko‘payishi vaqtida hosil bo‘ladigan sporalar alohida xaltacha (ask) ichida hosil bo‘ladi. Xaltacha ichida sakkizta askospora etiladi. Askomitsetsimonlarning vegetativ tanasi shoxlangan gaploidli mitseliydan iborat, mitseliy bir yoki ko‘p yadroli va to‘siqli (bo‘g‘imli) bo‘ladi. To‘siq mitseliy devorlardan markazga tomon o‘sib, o‘rtacha ochiq joy qoladi, bunga pora deyiladi. Pora orqali hujayraning yadro, sitoplazma va uning organoidlari harakat qiladi. Bundan tashqari, pora orqali moddalar giflardan o‘tib, o‘sish zonasiga etib boradi. Tuban taraqqiy etgan askomitsetsimonlarning ayrim vakillarida mitseliy bo‘lmaydi. Vegetativ tana bir hujayrali kurtaklardan tashkil topadi. Bunday vegetativ tanaga soxta tana deyiladi. Masalan, xamirturush zamburug‘lari. Vegetativ tanada haqiqiy to‘qima faqatgina parazitlikka mutaxassislashgan labulbennamolarda uchraydi. Askomitsetsimonlar zamburug‘larning hujayra devorida 20-25% xitin bo‘ladi. Xamirturush zamburug‘larida xitin juda oz bo‘lib, 1% tashkil etadi. Hujayra devorining 80-90% glyukan moddasi egallaydi. Askomitsetsimonlarning taraqqiyot siklida jinssiz ko‘payish muhim ahamiyatga ega. Jinssiz ko‘paygan vaqtda hosil bo‘ladigan spora konidiy hisoblanadi. Konidiy gaploidli mitseliylarning sirtida (ekzogen) hosil bo‘ladi. Mitseliy uchidagi konidiyalarda zich qo‘shilgan bog‘lam hosil bo‘ladi, bunga koremiya yoki sporodoxiya deyiladi. Mitseliy uchidagi giflar o‘ram hosil qilsa - loje, kuzacha ichida joylashsa piknidiya diyiladi. Konidiylar zamburug‘ning vegetativ davrida hosil bo‘lib, tez tarqaladi. Tuban taraqqiy etgan askomitsetsimonlarning jinssiy ko‘payishi gametalarga ajralmagan ikki mitseliyning uchlari bilan qo‘shilishi vaqtida sodir bo‘ladi. Bunday hujayralarni gametangiya deyiladi. Jinsiy ko‘payishga esa gametangiogamiya deyiladi. Askomitsetsimonlarning gametangiylari ko‘p yadroli, lekin kariogamiya vaqtida faqatgina ikkita yadro qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan zigota tinchlik davrini o‘tkazmasdan o‘sib, xalta hosil qiladi. Tuban askomitsetlarning taraqqiyotida ikki faza - gaplofaza va diplofaza bo‘ladi. Euaskomitset va lokuloaskomitsetlarning jinsiz organlari tabaqalarga bo‘linadi. Urg‘ochi gametangiy ikki qismdan iborat bo‘lib, ostki sharsimon shakldagisi askogon, ustki ipsimoni esa trixogina deb ataladi. Erkak gametangiy bir hujayrali bo‘lib, anteridiy deb ataladi. Anteridiy trixoginaning uchi bilan qo‘shilib, ichidagi sitoplazmasi va yadrolarini unga qo‘yadi. Trixoginaning tagidagi teshikchadan anteridiy yadrolari askogenga o‘tib, u erdagi askogen yadrosi bilan juftlashadi-yu, lekin o‘zaro qo‘shilmaydi. Bu qo‘sh yadro yoki dikarion deb ataladi. Ularning sitoplazmalari birlashadi, bunga plazmogamiya deyiladi. Askogendan giflar deb ataladigan shoxlangan, bo‘g‘inli ikki yadroli o‘simtalar hosil bo‘ladi. Askomisetsimonlar zamburug‘larning ko‘pchilik turlarida jinsiy organlarning qo‘shilishi reduksiyalangan. Ba’zan anteridiy o‘smay qoladi, bunday hollarda anteridiy vazifasi (funksiyasi)ni konidiy, vegetativ gif yoki juda mayda hujayralar (spermatsiya) bajaradi. Ba’zan ikki jinsli gametangiyalari rivojlanmasdan qolsa, u vaqtda mitseliyning somatik hujayralari qo‘shiladi, bunga somatogamiya deyiladi.
Xaltachaning tuzilishi va funksiyasiga qarab askomitsetsimonlar ikkita katta guruhga bo‘linadi:
1) Prototunikat.
2) Eutunikatlar.
Askosporalarning shakli har xil sharsimon, ellepsoid yoki ipsimon bo‘ladi. Bunday sporalar bir hujayrali yoki bo‘g‘inli bo‘lishi ham mumkin. Ba’zan askosporalar popukli bo‘lib, tarqalishga yordam beradi. Tuban askomitsetsimonlar xaltachasi to‘pa-to‘g‘ri mitseliyda hosil bo‘ladi, lekin yuqori askomitsetsimonlarda xalta meva tanalarida - askostromada vujudga keladi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling