Mevatanasining xillari:
1. Kleystokarpiy, ya’ni yopiq meva tana. Xaltachalari sharsimon, dumaloq bo‘lib, meva tana ichida joylashadi, meva tananing po‘sti chirib yirtilgandan keyin tashqariga chiqadi.
2. Peritetsiy, ya’ni chala ochiq meva tana. Bu tipdagi tanalar ko‘zasimon shaklda bo‘lib, uchi ochiq bo‘ladi. Xaltachalar meva tananing ichkarisida to‘p bo‘lib, vertikal joylashadi, yetilgandan so‘ng, sporalar teshikcha orqali birin-ketin tashqariga otilib chiqadi.
3. Apotetsiy, ya’ni ochiq meva tana. Bu xildagi meva tanalar ko‘pincha tarelkasimon shaklda bo‘lib, xaltachalar betida keng qatlam hosil qilib, erkin joylashadi va osonlik bilan tarqaladi.Haqiqiy meva tana mitseliy yoki gifalarning chalkash-chulkash bo‘lib, zich joylashishidan har xil kattalikda va konsistensiyalik stromalarda hosil bo‘ladi. Spora ichida peridiy joylashadi. Stromalarning rivoj topishi boshqacharoq. Avvalo stroma taraqqiy etadi, keyin bir necha juft jinsiy organlar to‘da-to‘da bo‘lib vujudga keladi. Bu jinsiy organlarning paydo bo‘lishi meva tananing boshlanishi hisoblanadi. Askogen giflar stromaning plektenxima qavatini yemirib, bo‘shliq (lokula) hosil qiladi. Har qaysi (lokula) bo‘shliqda bir necha xaltacha bo‘ladi. Askosporalar yetilgandan so‘ng, lokula usti yoriladi va askosporalar tarqaladi.
Askomitsetsimonlarda meva tana bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga qarab, ular uchta kenja ajdodchaga:
1. Yalang‘och xaltachakabilar - Hemiascomycetidae
2. Euaskamitsetkabilar - Euascomycetidae
3. Lokuloakomitsetkabilar - Loculoascomycetidae ajdodchalarga bo‘linadi.
Yalong‘och xaltachakabilar yoki Hemiaskomitsetkabilar kenja ajdodchasi - Hemiascomycetidae
Klassifikatsiya:
Ajdod: Askomitsetsimonlar – Ascomysetes
Kenja ajdod: Yalong‘och xaltachakabilar yoki Gemiaskomitsetkabilar – Hemiascomycetidae
Do'stlaringiz bilan baham: |