«biotexnologiya» kafedrasi


Qabila: Endomitsetnamolar –


Download 0.86 Mb.
bet55/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Qabila: Endomitsetnamolar – Endomycetales
Oila: Achitqidoshlar - Saccharomycetaceae
Turkum: Achitqisi – Saccharomyces
Tur: Non achitqisi – Saccharomyces cerivisiae
Qabila: Tafrinanamolar – Taphrinales
Turkum: Tafrina – Taphrina
Tur: Tafrina deformans – Taphrina deformans
Bu uncha katta bo‘lmagan ajdodcha, meva tana yo‘qligi va xaltachalarning bevosita mitseliyda hosil bo‘lishligi hamda xaltachaning protunikat tuzilganligi bilan ajralib turadi. Yalang‘och xaltachakabilar 4 qabilaga bo‘linadi. Eng muhimlaridan - endomitsetnamolar (Endomycetales) qabilasi bo‘lib, xaltachalilar bevosita mitseliyda, askogen iplari ishtirok etmagan holda, zigotadan vujudga keladi. Ba’zi vakillari, masalan, achitqi zamburug‘larda mitseliy yo‘q, xaltacha hujayrada yakka-yakka hosil bo‘ladi. Endomitsetnomalarda yadroning gaploidli va diploidli davr (faza) lari bo‘ladi.
Endomitsetnamolar qabilasi - Endomycetales
Bu qabilaga kiruvchi zamburug‘larning xaltachalari to‘ppa-to‘g‘ri miseliydan hosil bo‘ladi. Achitqi zamburug‘larda haqiqiy mitseliy yo‘q. Hujayra kurtaklanib shoxlangan "zanjir" hosil qiladi. Ba’zan hujayra bo‘linib, yakka-yakka haltachalarga aylanadi. Endomitsetnamolarning deyarli hammasi o‘simliklarning meva va vegetativ qismlarida hamda gulning nektarida yashab saprotrof oziqlanadi. Faqatgina g‘o‘za spermoftorasi (Spermophtora gossipii) g‘o‘zaning ko‘saklarida parazitlik qiladi. Endomitsetnamolarning ayrim turlari muhim ahamiyatga ega. Masalan, achitqi zamburug‘lar konditerlik sanoatida, bundan tashqari oqsil va vitaminlarni olishda foydalaniladi. Endomitsetnamolarni o‘rganish nazariy jihatdan ham katta ahamiyatga ega. Bu qabila vakillari ba’zi belgilari bilan askomitsetsimonlarning genetik avlodlarini hozirgi zigomitsetsimonlar bilan aloqador ekanligidan dalolat beradi. Bu qabila bir necha oilalarga bo‘linadi. Shulardan eng muhimlari bilan tanishamiz.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling