«biotexnologiya» kafedrasi
-ma’ruza: Bazidiomitsetlar yoki bazidiyali zamburug‘lar –
Download 0.86 Mb.
|
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo‘yicha tayanch so‘z va iboralar
15-ma’ruza: Bazidiomitsetlar yoki bazidiyali zamburug‘lar – Basidiomycetes ajdodi.
Reja 1. Bazidiyali zamburug‘larning xarakterli xususiyatlari. 2. Kenja ajdodlarga bo‘linish asoslari. 3. Bazidiya va bazidiyasporalarining hosil bo‘lishi. Mavzu bo‘yicha tayanch so‘z va iboralar: Bazidiya,fragmobazidiya, geminofor, geminofor, Polypilus frongosus, Ma’ruza mavzusi bayoni Bazidiomitsetsimonlar yuqori darajali zamburug‘lar bo‘lib, mitseliysi ko‘p hujayrali va to‘siqli bo‘ladi. Jinsiy spora-bazidiya ekzogen yo‘l bilan mitseliy uchlarida hosil bo‘ladi. Bazidiya ikki (qo‘sh) yadroli hujayralardan vujudga keladi. Bularda jinsiy organlar bo‘lmaydi. Jinsiy protsess bazidiyasporalarning o‘sishidan hosil bo‘ladigan gaploidli ikki vegetativ mitseliylarning qo‘shilishi asosida ro‘y beradi. Gomotalizm turlarida, jinsiy sporaning o‘sishidan hosil bo‘lgan giflar bir-biri bilan qo‘shilishadi, ammo bo‘larda geterotalizm ham ko‘rinadi. Sirtdan bir xil bo‘lgan holda fiziologik jihatdan farq qiladigan va (+) hamda (-) belgilari bilan belgilanadigan ikkita gaploid mitseliy bir-biri bilan uchrashgan taqdirdagina diploid miseliy hosil bo‘ladi. Bunday vaqtda hujayraning faqatgina sitoplazmasi qo‘shilib, yadrolar bir-biriga yaqinlashib, dikarionlar (qo‘sh yadrolar) hosil bo‘ladi. Keyinchalik dikarionlar bo‘linadi. Dikariotik mitseliy tuproqda o‘simlik tanasida va bargida o‘zoq vaqt davomida saqlanishi mumkin. Bu zamburug‘larning bazidiyalarining tuzilishiga ko‘ra uch xil bo‘ladi. Bir hujayradan tashkil topgan bo‘lsa, xolobazidiyalar, bir-biridan farq qiladigan ikki qismdan tashkil topsa, gipobazidiya yoki gidrobazidiyalar, to‘rtta hujayra hosil bo‘ladigan bo‘lsa, fragmobazidiyalar deyiladi. Bularning har birida bittadan bazidiyaspora yetiladi. Bunday bazidiya fragmobazidiya deb yuritiladi (grekcha – Phragma - to‘siq degan so‘zdan olingan). Fragmobazidiya tinimdagi qalin devorli hujayradan hosil bo‘ladi, bunday hujayraga teliospora deb ataladi. Shuning uchun ham fragmobazidiyani teliobazidiya deb yuritiladi. Bazidiomitsetlarning ba’zilarida bazidiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri mitseliyda vujudga kelsa, ko‘pchiligida bazidiyalar maxsus dikariotik mitseliydan vujudga kelsa, ko‘pchiligida maxsus dikariotik mitseliydan hosil bo‘lgan mevatanalarida yetiladi. Bazidiyamitsetlarning hayot siklida dikariotik (qo‘sh yadrolik) fazasi gaploid fazaga nisbatan uzoq davom etishi bilan ustun turadi. Bazidiomitsetlarning mevatanasi ko‘pincha shilimshiq yoki yumshoq parenximatik to‘qimalardan tuzilgan bo‘lib, shakli ham har xil, qo‘zidumbada qalpoqsimon, pupaklarda tuyoqsimon, uy zamburug‘larida pardasimon va hokazo bo‘ladi. Mevatana bazidiya va parafizlardan iborat geminiy qatlamini hosil qiladi. Bu qatlam primitiv tuzilgan vakillaridan mevatananing ustki qismida, rivojlangan vakillarida esa, ostki yoki ichki sathidan chiqqan turli tikanakli o‘simtalar, burmachalar va naychalar ichida joylashadi. Mevatananing geminial qatlam joylashgan satxiga geminofor deyiladi. Geminiy - bazidiya va bazidial qismdan iborat bo‘lib, ularning o‘rtasida katta hujayradan tashkil topgan sistidlar bo‘ladi. Sistidlar geminial qatlamni himoya qilish vazifasini bajaradi. Sistidlarning shakli har xil bo‘lganligi uchun sistematik ahamiyatga ega. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling