«biotexnologiya» kafedrasi


Afilloforanamolar qabilasi –


Download 0.86 Mb.
bet59/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Afilloforanamolar qabilasi – Aphyllophorales
Klassifikatsiya:
Ajdod: Bazidiomitsetsimonlar–Basidiomysteses
Kenja ajdod: Xolobazidiomitsetkabilar – Holobasidiomysetidae
Qabila: Afilloforanamolar– Aphyllophorales
Oila: Pukakdoshlar - Poriaceae (Polyporaceae)
Turkum: Fomesdir - Fomes
Qabila: Plastinkanamolar - Agaricales
Oila: Faksilladoshlar- Paxillaceae
Turkum: Paksulus - Paxullus
Tartib:Agariknamolar –Agaricalas
Oila: Muxomordoshlar– Amanitaceae
Turkum: Qizil muxomor - Amanita muscaria
Turkum: Muxomor– Amanita mappa
Oila: Agarikdoshlar – Agaricaceae
Turkum: Shampinon - Agaricus
Tur: Ikki sporali shampinon – Agaricus bisporus
Bu qabilaga kiruvchi zamburug‘lar mevatanasining shakli va konsistensiyasi har xildir. Bularning gimenoforlari silliq, g‘adir - budur, qat-qat, naychali va ba’zan plastinkasimon bo‘ladi. Naychali va platinkali gimenofor meva tanaga yopishgan bo‘ladi. Geminiy qatlami - bazidiy, bazidial, parafiz va sistidga ega bo‘lib, muhofaza vazifasini bajaradi. Afillofornamolar yer yuzining hamma tabiiy zonalarida, ayniqsa o‘rmonlarda keng tarqalgan.
Pukakdoshlar oilasi - Poriaceae (Polyporaceae).
Bu oilaga kiradigan zamburug‘larning ko‘pchilik turlari saprotrof, ayrim turlari parazit bo‘lib, tirik daraxt tanalarida o‘sadi va o‘zidan fermentlar chiqaradi. Shu fermentlar ta’sirida daraxtlarining lignin va sellyulozasini chiritadi va kukun qilib yuboradi. Po‘kak zamburug‘larning mevatanalari daraxtlarining tanasida o‘sadi, tuzilishi jihatidan yumshoq yoki yog‘ochlangan. Shakli har xil: buyraksimon, qalpoqsimon, taqasimon. Mevatananing ostki tomonida bir-biri bilan tutashib, qatma-qat bo‘lib ketgan naychalardan tashkil topgan gimenofori bor, shu naychalar yonlari bilan bir-biriga birikkan va ichki yuzasi giminiy bilan qoplangan bo‘ladi. Gimenoforlarning ko‘ndalang kesimi naycha yoki katakcha shaklida ko‘rinadi. Bazidiosporalar bazidiyalardan otilib, naychalar bo‘shlig‘iga tushadi va u yerdan pastga tushib, tashqariga chiqadi hamda shamol vositasida daraxtlarning tanasiga tarqaladi. Bazidiospora daraxtlarning yog‘och qismida endogen o‘sib mitseliy hosil qiladi. Mevatana bir yillik yoki ko‘p yillik bo‘ladi. Ko‘p yillik meva tananing eski naychalar qatlami ustida har yil bahorda yangi gimenofora qatlami hosil bo‘ladi. Bu oilaning eng muhim turkumlaridan biri Fomes - Fomesdir. Fomes turlari daraxtlarda parazitlik qilib, ko‘p yillik meva tana hosil qiladi. Meva tanasi sariq-qo‘ng‘ir rangda. Gimenofori naycha shaklida bo‘lib, meva tananing ostida joylashadi va qatma-qat qatlam vujudga keladi. Shu qatlamlar soniga qarab meva tananing yoshini aniqlash mumkin.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling