«biotexnologiya» kafedrasi


Zigomitsetsimonlar ajdodi –


Download 0.86 Mb.
bet51/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Zigomitsetsimonlar ajdodi – Zygomycetes
Klassifikatsiya:
Ajdod: Zigomitsetsimonlar– Zygomycetes
Qabila: Mukornamolar – Mucorales
Turkum: Mukor - Mucor
Tur: Oq pupanak - Mucor mucedo
Bu ajdodga zamburug‘larning 500 turi kiradi. Bular asosan quruqlikda yashashga moslashgan. Ayrim turlari o‘simlik chirindilarida, hayvon qoldiqlarida saprotrof oziqlanadi. Ba’zi turlari esa yuksak o‘simliklarda, umurtqasiz hayvon va odam tanasida parazitlik qiladi. Bo‘larning shoxlangan, bo‘g‘insiz (to‘siqsiz), yaxlit hujayrasiz mitseliylari ko‘p yadroli. Mitseliyning hujayra devorida xitin va xitozan moddasi bo‘ladi. Jinssiz ko‘payishi sporangiy va sporalar yoki konidiyalar hosil qilish vositasida bo‘ladi. Bu esa zigomitsetsimonlarning suv muhitidan chiqib, quruqlikda yer betidan yashashga moslashganligidan dalolat beradi. Jinsiy ko‘payishi izogamiya. Gametalarga differensiyalashmagan ikkita teng hujayra moddasining biridan ikkinchisiga o‘tib, o‘zaro qo‘shilish natijasida ko‘p yadroli gametangiya yoki tinimdagi zigospora hosil bo‘ladi. Ba’zan hujayralar qo‘shilmasdan tinimdagi spora ham hosil bo‘ladi. Bunday sporaga azigospora deyiladi. Tinimdagi sporalarning o‘sishidan jinsiy ko‘payishda geterotallizm ham ko‘riladi. Bu hodisa 1904 yili A. Bleksli tamonidan mukor zamburug‘ida aniqlangan. Bu ajdod qo‘yidagi qabilalarga bo‘linadi: 1. Mukornamolar (Mucorales) 2. Entomoftoranamolar (Entomophthorales) 3. Endogonnamolar (Endogoniales) 4. Zoopagnamolar (Zoopagales).
Mukornamolar qabilasi - Mucorales
Zigomitsetsimonlar ajdodining eng katta qabilasi bo‘lib, u 400 ga yaqin turini birlashtiradi. Ular saprotrof bo‘lib, tuproqdagi o‘simlik qoldiqlarida, o‘simliklar bilan oziqlanadigan hayvon go‘ngida, turib qolgan ovqat qoldiqlarida va meva hamda unayotgan urug‘lar sirtida yashab oq pupanak hosil qiladi. Zamburug‘ning mitseliysi shoxlangan bo‘g‘insiz oq giflardan iboratdir. Bularni sun’iy sharoitda o‘stirilganda mitseliy bo‘g‘inlar bilan ajraladi. Ok pupanakning mitseliysi muhit (substrat) ning ichida yoki ustida taraqqiy etadi. Mitseliy giflarning uchlarida sporangiy bandlari tik ko‘tarilib chiqadi. Sporangiy bandlarning uchlarida to‘siq (bo‘g‘in) bilan ajralib turgan sharsimon burtma - sporangiy 100 - 200 mmk. kattalikda bo‘ladi. To‘siq ustuncha shaklida bo‘lib, sporangiy bo‘shlig‘i ichiga kiradi va kolonka hosil qiladi. Sporangiy ichidagi ko‘p yadroli sitoplazma bir qancha bo‘laklarga bo‘linib, bir yadroli do‘maloq va po‘st bilan o‘ralgan harakatsiz sporalarga aylanadi. Bu sporalar sporangiy ichida hosil bo‘lganligi uchun sporangiospora deyiladi. Sporangiy yetilgandan keyin dastavval sariq, keyinchalik qoramtir rangga kiradi. Uning usti juda mayda to‘kchalar bilan qoplangan bo‘lib, kalsiy oksalat kislota hosil qiladi. Sporangiy po‘sti suvda yoki nam havoda yoriladi va ichidan chiqqan sporangiosporalar shamol oqimida tarqaladi. Ba’zi mukorli zamburug‘larda juda kichkina sporangiy hosil bo‘ladiki, uning ichida bitta yoki bir necha spora yetilishi mumkin. Bunday sporangiyga sporangiola deyiladi. Nihoyat, mukorli zamburug‘larning jinssiz ko‘payishi sporalar hosil qilishdan tashqari konidiyasporalar vositasida ham bo‘ladi. Jinsiy ko‘payishi - gametangiogamiya. Jinsiy ko‘payish vaqtida har xil tupdan chiqqan giflar uchlari bir-biriga qarab o‘sadi va uchi burtib shishadi. Uchlarning tutashgan joyida ularni bir-biridan ajratuvchi to‘siqlar hosil bo‘ladi, keyin bu to‘siq eriydi, ko‘p yadroli sitoplazma birlashib, ularning yadrolari juft bo‘lib qo‘shilishadi. Bunga kariogamiya deyiladi. Hosil bo‘lgan zigotali giflarning qoldiqlari saqlanadi. Bunga popuk yoki shaldiroq deyiladi. Popuklardan har xil shakldagi o‘simtalar o‘sib chiqib, zigotani o‘rab oladi. Zigota tinimdan so‘ng o‘sib, shoxlangan qisqa sporangiy band uchida yosh sporangiyga aylanadi. Bunga «embrion sporangiy» deyiladi. Zigota qo‘sh yadroli bo‘lgani uchun o‘sgan vaktida reduksion bo‘linadi. Hosil bo‘lgan sporalar gaploidli nasldir. Mukornamolar qabilasi jinssiz ko‘payish xususiyatiga qarab oilalarga bo‘linadi. Eng muhim oilalardan biri mukordoshlar oilasi hisoblanadi. Bularning eng harakterli belgilari shundan iboratki, jinssiz ko‘paygan vaqtda hosil bo‘ladiga sporangi ko‘p sporali bo‘ladi. Sporangiy bo‘shlig‘idagi kolonka har xil shaklda (sharsimon, noksimon, konussimon) bo‘ladi. Bu oilaning eng muhim turkumlaridan biri oq pupanak (Mucor) zamburug‘idir. Bu turkumning turlari tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, tuproqda, go‘ngda va boshqa muhitlarda yashab oq pupanak hosil qiladi. Oq pupanak zamburug‘ining mitseliysi bo‘lib, undan shoxlanmagan sporangiybandlar tik bo‘lib o‘sib chiqadi. Sporangiobandlar uchida sharsimon sporangiylar yetiladi. Bu sporangilar dastavval qo‘ng‘ir to‘sda bo‘lib, sporalar yetilgandan so‘ng, qoramtir rangga kiradi. Oq pupanak zamburug‘lar tuproqda organik moddalarni parchalashda faol ishtirok etadi. Masalan, M. huemalis pektin moddalarni yemirishda qatnashadi. M. javahisus Sharqda, xususan Yaponiyada spirtli ichimliklar tayyorlashda achituvchi sifatida ishlatiladi. Mukor zamburug‘lari orasida parazitlari ham bor: chunonchi: M. rasemosus qushlarning o‘pkasini kasallantiradi. M. paronychia odamlarda dermatamikoz kasalligini to‘g‘diradi. Ba’zi turlari esa odamning markaziy nerv sistemasini hamda eshitish organlarini kasallantiradi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling