«biotexnologiya» kafedrasi
Download 0.86 Mb.
|
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Patsimonlar ajdodi – Pennatopsida
Sentriksimonlar ajdodi - Centropsida
Bu ajdod vakillari dengiz va okeanlarda juda keng tarqalgan bo‘lib, plankton holda hayot kechiradi va organik modda hosil qilishda asosiy manba hisoblanadi. Bular bir hujayrali va koloniyali organizmlar bo‘lib, hujayrasi radial simmetrik tuzilishligi bilan xarakterlanadi. Ularda chok, tuguncha bo‘lmasligi uchun, aktiv harakat qilaolmaydi. Jinsiy ko‘payishi oogamiya yo‘li bilan boradi. Bu ajdod vakillari bir-biri bilan sovutini shakli va tavaqalarni maxsus belgilari bilan farq qiladigan beshta qabilaga bo‘linadi. Bu ajdodga kiradigan suvo‘tlarni vegetativ hujayralari harakatsiz, bunga asosiy sabab, ularni plankton tarzda hayot kechirishidadir. Ammo, shunga qaramasdan ularni evolyutsiyasi hujayrani murakkablashishi yo‘li bilan borgan. Masalan, hujayra ustida har xil o‘siqlar, yupqa belbog‘ paydo bo‘lgan. Shu bilan bir qatorda hujayra yuzasi kattalashgan va qalinlashib borgan, bundan tashqari hujayra shilimshiq modda bilan qoplangan, sovutda esa oz miqdorda kremnezem to‘plangan. Sovutda kremnezemni oz miqdorda uchrashi ularni dengiz va okean suvlarini yuza qismida tarqalganligi bilan bog‘liq. Patsimonlar ajdodi – Pennatopsida Bularni tallomi bir hujayrali yoki kolonial shaklda bo‘lib, ko‘pincha chuchuk suv havzalarida, ayrim vakillari dengizlarda tarqalgan. Hujayralari cho‘ziq yoki lentasimon, ellipsimon, duksimon yoki tug‘nog‘ichsimon bo‘lib, ikki tomoni simmetrik tuzilgan. Sovuti patsimon shaklda. Bularni orasida choklilari bo‘lib, harakat qiladi, choksiz vakillari harakatsiz. Jinsiy ko‘payishi konyugatsiyaga o‘xshash. Bu ajdod vakillari choklarini tuzilish xususiyatiga qarab to‘rtta qabilaga bo‘linadi. Choknomalar (Raphinales) qabilasining tipik vakili sifatida pinnulariya (Pinnularia) turkumi bilan tanishamiz. Bular ko‘pincha chuchuk suv havzalarini ostida va qirg‘oqlarda keng tarqalgan. Ohak moddasi ko‘p bo‘lgan suvlarda ko‘proq o‘sadi. Pinnulariya bir hujayrali suvo‘t bo‘lib, tavaqa tomonidan qaraganda ellips yoki cho‘zinchoq shaklda ko‘rinadi. Sovut tomoni o‘rtasidan uzunasiga ketgan chok o‘tadi. Bu chok ingichka, bukilgan chiziq ko‘rinishida. Hujayrani ikki uchida va markazida tugunchalar joylashadi. Sovutlarini chetlarida parallel joylashgan qavurg‘achalar bo‘lib, ular choklarga etmasdan tavaqalarni ichki tomondan ko‘ndalangiga ketgan xonalarga ajratadi. Sovutning ikki tomonida uzunasiga joylashgan sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangli ikkita plastinkasimon xromatofor joylashadi. Hujayra markazida sitoplazmadan hosil bo‘lgan ko‘prikcha bo‘lib, unda yadro osilib turadi. Ko‘prikchani ikki tomonida vakuola, yog‘ tomchilari va volyutin donachalari bo‘ladi. Hujayra mikroskopda qaralsa, undagi hamma organellalar ko‘rinadi. Tugunchalari sovutning qalinlashidan so‘rg‘ichsimon shaklda ko‘rinadi. Ko‘payishi vegetativ yo‘l bilan boradi. Navikula (Navikula lot. qayiqcha) turkum turlari xuddi pinnulariaga o‘xshash turli chuchuk suv havzalarini xilma-xil joylarida, ayniqsa dengiz suvlarida ko‘p tarqalgan. Bularni ko‘pchiligi tuzilishi jihatidan, pinnulyariya turlariga o‘xshab ketadi, lekin sovutlarida xonalarni bo‘lmasligi, hujayrasining uch tomonlari ingichkalanishi bilan farq qiladi. Hujayrasini uchlari ingichkalashib qayiqchaga o‘xshaydi. Navikulaning ba’zi bir turlari suvo‘tlari yoki yuksak o‘simliklarni ustida epifit tarzida yashaydi. Ular yuzasida shilimshiq moddadan tashkil topgan ichi bo‘sh naychalar hosil bo‘ladi va shu naychalar vositasida erkin harakatlanib, yorug‘lik ko‘p tushadigan joyga o‘tadi. Diatom suvo‘ttoifalarni tarqalishiga suv tarkibidagi azot va fosfor tuzlari muhim ahamiyatga ega. Suvo‘tlar o‘sadigan havzalarga qo‘shimcha oziqa tariqasida suvga azot yoki fosfor tuzlari qo‘shilsa, ularni rivojlanishi tezlashadi. Daryo suvlari qo‘yiladigan dengiz qirg‘oqlaridagi suvlarda, hamisha, plankton diatomlar juda ko‘p miqdorda to‘planadi. Buni boisi shundan iboratki, daryolardan oqib keladigan suvlarni tarkibida azot va fosfor tuzlari ko‘p bo‘ladi. Tropik iqlim zonasidagi o‘rmon daraxtlari bargi ustida diatom suvo‘ttoifalari bilan birgalikda ko‘k yashil suvo‘ttoifalari yashaydi va atmosfera tarkibidagi azotni assimilyatsiya qilishda qatnashadi. Chuchuk suvlarda tarqalgan diatom suvo‘tlarni temir moddasiga ehtiyoji ancha baland bo‘ladi, agar shunday suvlarni1 litriga 2-3 mg FeO qo‘shilsa, ularni rivojlanishi tezlashadi. Diatom suvo‘ttoifalardan suv havzalarini tarkibini aniqlashda ulardan indikator sifatida foydalanish mumkin, xuddi shunday indikator sifatida Sentriksimonlar ajdodining vakillaridan planktonella (Planktoniella sol) yordamida Golfstrim suv oqimi aniqlanadi. Tabiatda asosan plankton h olda tarqalgan diatom suvuttoifalarni ahamiyati juda katta. Planktonda diatom suvo‘ttoifalari o‘simlik biomassasini tashkil etib, oziqlanish zanjirini boshlanishi hisoblanadi. Ularni suvdagi juda kichkina umurtqasiz hayvonlar ist’mol qiladi. Diatom suvo‘ttoifalaridan seld, xamsa, sardina kabi bir qancha baliqlar oziqlanadi. Baliqchilik xo‘jaligini to‘g‘ri tashkil etishda diatom suvo‘ttoifalari alohida ahamiyatga ega, chunki ular juda ko‘p biomassa hosil qiladi. Xuddi plankton suvo‘tlari singari bentos suvo‘tlari ham, suv havzalari mikroorganizmlar uchun oziqa manbai hisoblanadi. Masalan, infuzoriya, xilodon, oksixitriya kabi umurtqasiz hayvonlar asosan navikula, nisiziya kabi diatom suvo‘ttoifalari hisoblanadi har kun 30-40 donasini istemol qiladi. Suv havzalarida diatom suvo‘ttoifalari haddan ziyod ko‘payib ketsa, ular aksincha salbiy ravishda ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi diatom suvo‘ttoifalari baliq lichinkasining jabrasiga o‘rnashib uning o‘lishiga olib keladi. Bu bo‘lim suvo‘tlarining eng xarakterli xususiyatlaridan biri, xromatoforalarining qo‘ng‘ir rangda bo‘lishidadir. Qo‘ng‘ir rangda bo‘lishining asosiy sababi, xromatofora tarkibida xlorofill "a" va "s" dan tashqari V-karotin hamda qo‘ng‘ir rang beruvchi pigmentlardan fukoksantin juda ham ko‘p miqdorda bo‘ladi. Xloroplastlari, yoki xromatoforalari po‘stdan tashqari, murakkab to‘zilishga ega bo‘lgan membranalar sistemasi bilan o‘ralib, yadro va "xloroplastlar endoplazmatik turi" bilan bog‘lanadi. Xloroplast matriksi, parallel joylashgan uch tilakoidli lamellalarni o‘rtasidan o‘tib, belbog‘simon lamellalar bilan o‘raladi. Xloroplastda buyraksimon pirenoid bo‘lib, tilakoidlardan ajralib erkin holda joylashadi. Genofor halqasimon bo‘lib, chetdagi lamellalari ostida joylashadi. Assimiliyatsiya mahsuloti laminarin sitoplazmada to‘planadi. Laminarindan tashqari, olti atomli spirt, manit va yog‘ tomchilari to‘planadi. Monad shakldagi hujayra (zoospora va gameta)larda ko‘zcha va xivchinlari bo‘ladi. Ko‘zcha - plastidlarni bir qismi bo‘lib, xivchin apparati bilan bog‘liq. Ko‘pchilik vakillarida xivchin ikkita (faqat diktiotanamolarda bitta) bo‘lib, katta - kichikligi va morfologik ko‘rinishi jihatdan geterokont va geteromorf shaklda bo‘ladi. Old tomoniga yo‘nalgan uzun xivchin membranasi, ancha murakkab tuzilishga ega bo‘lgan mastegonema hosil qiladi. Mastigonema uch qismdan iborat: 1) bazal qismi- bu qism xivchin membranasiga mustahkam birikadi; 2) kichkina naychasimon qismdan iborat bo‘lib, globulyar ipchalardan tashkil topgan. 3) mazkur qism uchta terminal ipchalarni bittasidan hosil bo‘ladi. Mastigonema pufakchalar ichidagi hujayra ichida shakllanadi. Hosil bo‘lgan mastigonema xivchin birikadigan membranaga yaqin joyda hujayralar hosil qiladi. Hozirgacha mastigonemani vazifasi noma’lum. Ikkinchi orqa tomonga qayrilgan xivchin odatda juda kalta va silliq bo‘lib, uni asosi (o‘zagi) bo‘rtgan va ko‘zcha bilan tutashgan. Ektokarpusnamolar qabilaning vakillarida gameta ikki xivchinli bo‘lib, old qismidagi xivchin naychasimon mastigonemaga ega. Ikkinchi xivchin silliq va spiralsimon qayrilgan. Uni terminal o‘simtasidan akronema hosil bo‘ladi. Bularda xivchin asosan (o‘zagidan) ikkita markaziy mayda naycha o‘tadi. Erkak gametaning old qismidagi xivchin akronemasi yordamida, xivchinlarini tortib harakatdan to‘xtagan urg‘ochi jinsiy gameta bilan aloqa qiladi. Diktiotanamolar qabilasining vakillarida spermatazoid bir xivchinli bo‘lib, xivchin old tomonda joylashgan. Qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalari asosan dengiz suvo‘ti bo‘lib, ular sovo‘q suvli shimoliy va janubiy sharlari dengizlarida keng tarqalgan. Tallomi morfologik va anatomik tuzilishi jihatdan differensiallangan bo‘lib, ko‘rib o‘tilgan boshqa suvo‘tlardan ustun turadi. Bularni orasida bir hujayrali, koloniyali va oddiy shoxlanmagan ipsimon tallom bo‘lmaydi. Hozirgi vaqtda yashaydigan eng sodda tuzilgan qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalarini tallomi geterotrixial tuzilishda, aksariyat vakillarida tallom yirik bo‘lib, ancha murakkab tuzilishga ega. Tallomini anatomik soxta yoki haqiqiy to‘qimalarga o‘xshashligini ko‘rish mumkin. Hujayra devori kuchli shilimshiqlangan, bitta yadro, bitta yoki ko‘p sonli vakuolaga ega. Hujayra devori atrofida joylashgan har xil shakldagi xromatoforalari bo‘ladi. Bular vegetativ, jinsiy va jinssiz yo‘l bilan ko‘payadi. Vegetativ ko‘payishi tallomni teng bo‘laklarga ajralishi bilan sodir bo‘ladi. Ba’zi bir xil turlarida maxsus shoxchalar bo‘lib, ana shu shoxchalardan tashqariga kurtakchalar ajratiladi va bu kurtakchalar uzilgandan keyin o‘sib yangi individga aylanadi. Jinssiz ko‘payish ko‘pchilik qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalarda zoosporalar vositasi bilan sodir bo‘ladi. Zoosporalar diploid xromosomali o‘simlik (sporofit) da hosil bo‘ladi. Zoosporalar hosil bo‘lishdan avval bir xonali (kamerali)sporangiy ichidagi diploid yadro reduksion bo‘linadi va ikki xivchinli zoosporaga aylanadi. Diktiotanomalar qabilasi vakillarida bir uyali sporangiy (tetrosporangiy) da zoospora o‘rniga reduksion bo‘linishdan to‘rtta harakatsiz aplanospora - tetrospora hosil bo‘ladi. Gaploid fazali zoospora va tetrosporalarning o‘sishidan gaploid - gametofit deb ataladigan o‘simlik rivojlanadi, ularda esa jinsiy organlar taraqqiy etadi. Primitiv (sodda) tuzilgan qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalarida jinsiy protsess izogamiya usulida boradi. Gametalar ko‘p uyali yoki ko‘p kamerali sporangiy (gametangiy) deb ataladigan hujayra ichida juda ko‘p miqdorda (ba’zan bir necha yuz) kubiksimon hujayralar yetiladi. Har qaysi hujayra protoplastidan bittadan gameta taraqqiy etadi. Ba’zi bir qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalarida jinsiy ko‘payish geterogamiya usuli bilan boradi. Geterogametalar ko‘p kamerali sporangiy (gametangiy) da yetiladi. Sporangiylari ikki xil bo‘lib, birida juda ko‘p mayda hujayralar, ikkinchisida esa soni kam lekin yirik bo‘lgan hujayralardan tashkil topadi. Kichik hujayrali sporangiydan mikrogameta, yirik hujayrali sporangiydan makrogametalar yetiladi. Murakkab tuzilishga ega bo‘lgan ko‘pchilik qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalarda jinsiy protsess oogomiya yo‘li bilan boradi. Ularda oogomiya ichida bitta tuxum hujayra yetishadi, anteridiydan ham faqat bitta spermatozoid taraqqiy etadi. Faqat fukusnamolar qabilasining vakillarida anteridiydan 64 ta spermatazoid, oogomiyadan esa bitta, ba’zilarida ikkita, to‘rtta, sakkiztagacha tuxum hujayra hosil bo‘ladi. Masalan, fukusnamolar vakillari oogomiyasida sakkizta tuxum hujayra yetiladi. Diktiotanamolar qabilasining vakillarida anteridiy ko‘p kamerali bo‘lib, har bir kameradan bittadan spermatazoidlar rivojlanadi, bu spermatozoidlar bir xivchinligi bilan boshqa qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalarining monad shaklidagi hujayrasidan farq qiladi. Bularda tuxum hujayra hamma vaqt oogomiyadan tashqarida urug‘lanadi. Zigota tinchlik davrini o‘tmasdan o‘sib diploid o‘simlikka aylanadi. Fukus (Fucus) turkumi vakillaridan tashqari qolgan hamma qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalarida nasillarni gallanishi yaqqol ko‘rinadi. Fukus turkum vakillarida jinssiz ko‘payish bo‘lmaydi. Nasllarni gallanishi ba’zilarida izomorf (teng shaklli), boshqalarda esa geteromorf (har xil shaklli) bo‘ladi. Qo‘ng‘ir suvo‘toifalarni ajdodlarga bo‘lishda, ularni hayotiy siklida ro‘y beradigan belgilar asos qilib olinadi va shu belgilarga asosalanib, ularni uchta ajdodga yoki qabilalar guruhiga bo‘lish mumkin: teng generasiyasimonlar (Isogeneratopsida)nasllar gallanishi teng bo‘lishligi bilan xarakterlanadi. Har xil generasiyasimonlar (Heterogeneratopsida) bularda nasllarni gallanishi har xil, siklosporasimonlar (Cyclosporeae)-nasllarni gallanishi umuman bo‘lmaydi, faqat bitta fukusnomalar (Fucales) qabilasiga ega. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling