Sfaselyariyanamolar qabilasi – Sphaselariales
Sfaselariya (Sphaselaria), turkumi vakillari, ektokarpus singari hamma dengizlarda keng tarqalgan bo‘lib, uncha yirik bo‘lmagan geterotrixmal tallomga ega. Ammo, bularni cho‘zilib ketgan va tik turuvchi iplarida o‘sish faqat apikal (tepa) hujayralar hisobidan bo‘ladi. Apekal (tepa) hujayra ko‘ndalangiga bir nechataga bo‘linib, ost tomonga sigment hujayra ajratadi. Sigment hujayralar bir marta uzunasiga bo‘linib, ikkita hujayralar hosil qiladi. Bu qiz hujayralar o‘z navbatida radial va tangental bo‘linadi va tallomni qari hujayralari parenximatoz shakliga ega bo‘ladi. Sfatselariyani ko‘payishi va taraqqiyot sikli yuqorida ko‘rsatilgan ektokarpusnikiga o‘xshash. Jinssiz nasl beruvchi bitta diploid individ bir uyali va ko‘p uyali xolis sporangiy hosil qiladi.
Kutleriyanamolar qabilasi – Cutleriales
Bu qabila faqat ikkita: kutleriya (Cutleria) va zanardiniya (Zanardinia)turkumiga bo‘linadi.
Kutleriya butun Yevropa qirg‘oqlarida, Zanardiniya esa O‘rta yer dengizi, shuningdek Qora dengizda ko‘p tarqalgan. Ikkala turkum vakillarida ham nasllar gallanishi ko‘zatiladi: kutleriyada nasl gallanishi-geteromorf, zanardiniyada-izomorf ko‘rinishida bo‘ladi. Kutleriya (Cutleria multifida)ni gaploid gametofit tallomi 20 sm uzunlikda bo‘lib, tikka o‘sadi. Tallomi birikadi. Tallomi ikki marta dixotamik shoxlangan bo‘lib, uni lentasimon shoxchalari tukchalar bilan qoplangan. Tukchalarni hujayrasida juda ko‘p miqdorda xromatofora to‘planadi.
Klassifikatsiya:
Bo‘lim: Qo‘ng‘ir suvo‘tlar – Phaeophyta
Ajdod: Izogeneratsimonlar – Isogeneratopsida
Qabila: Diktiotanamolar – Dictyotales
Turkum: Diktiota – Dictyota
Ajdod: Geterogeneratsimonlar – Geterogeneratopsida
Qabila: Laminariyanamolar – Laminariales
Turkum: Laminariya – Laminaria
Do'stlaringiz bilan baham: |